Og‘ir aqli zaiflik. Og‘ir aqli zaiflikda ong rivojlanmagan bo‘ladi, bemor hech kim bilan muomala qilolmaydi. Aqliy rivojlanish koeffisienti 35 dan 20 gacha bunday insonlarda hara - kat organlari rivojlanmagan darajada, markaziy nerv sistemasida patologiya mavjud bo‘ladi. Bu toifadagi insonlarning ko‘pchiligi o‘z-o‘ziga xizmat qilishda ham orqada, hattoki tugma qadash, botinkaning ipini taqishni ham eplay olmaydilar. Ular maktab dasturida ham oddiy bilimlarni egallaydilar, ya’ni o‘z-o‘ziga xizmat qilish, atrof-muhitda orientir olish – shular jumlasidandir. Og‘ir aqli zaif insonlar mustaqil harakatlanadilar, nutqlari faqat oddiy muomala doirasida, o‘zlariga yaxshi munosabatda bo‘ladigan insonlarni ular juda yaxshi ajrata oladilar. Balog‘at yoshiga etganda ham ular oddiy, elementar mehnat jarayonlarini bajaraveradilar. Rivojlanishidagi nuqsonlar yaqqol ko‘zga tashlana boradi: skelet, bosh miya, qo‘l-oyoq, teri qatlami, ichki a’zolar, tana tuzilishidagi patologiya va boshqalar. Yuqorida ko‘rsatilganlarga ko‘ra, og‘ir aqli zaif insonlar hayotda mustaqil yashay olmaydilar, ular doimo yordamga muhtojdirlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |