Faoliyat orqali yondashuv tamoyili. Tekshiruv bolaning yetakchi faoliyati hisobga olingan holda amalga oshirilishi lozim. Agar bu maktabgacha yoshdagi bola bo'Isa, o'yin faoliyati kontekstida, maktab bolasi bo'Isa, o'quv faoliyatida. Ayrim hollarda, agar rivojlanishda, shu jumladan nutq rivojlanishida orqada qolish kuzatilsa, o'yin metodikalari maktab yoshida ham o'z ahamiyatini saqlab qoladi. Bundan tashqari bola va o'sm ir uchun shaxsan tanish bo'lgan faoliyat turlarini tanlash tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |