Nutq buzilishining patogenezi – bu nutqiy faoliyatda buzilishlarning paydo bo‘lishi va rivojlanmay qolishiga sabab bo‘luvchi patologik mexanizmdir. Nutq buzilishlarini bartaraf etishda shunday tushunchalar qo‘llaniladi: «logopedik ta’sir etish», «tuzatish», «o‘rnini to‘ldirish», «rivojlantirish», «o‘qitish», «tarbiyalash», «qayta tarbiyalash», «tuzatish tarbiyalash orqali o‘qitish» va boshqalar.
Logoped – bolalar va kattalar nuqtidagi kamchiliklarni bartaraf etish bilan shug‘ullanadigan pedagog. Logopedning vazifasi nutqida nuqsonlari bor kishilarni aniqlash, nutqdagi nuqsonlarni bartaraf etish, nuqsonlarning oldini olish, logopediya bilimlarini aholi va o‘qituvchilar o‘rtasida tashviq qilishdan iborat. Oliy defektologiya ma’lumotiga ega bo‘lganlargina logoped bo‘lib ishlashlari mumkin. Toshkent Davlat pedagogika universitetining defektologiya fakultetlari logopedlarni tayyorlaydi. Logoped umumta’lim maktablari qoshidagi logopedik punktlarda, maxsus nutq o‘stirish maktablarida va bog‘chalarda, poliklinika, psixonevrologik dispanserlar qoshidagi logopedik kabinetlarda ishlashlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |