Педагогик технология – таълим шаклларини такомиллаштириш
вазифасини кўзлаган ўқитиш ва бошқаларни ўзлаштиришнинг барча
жараёнларини техника ва инсон омилларида, уларнинг биргаликдаги
ҳаракатлари воситасида яратиш, тадбиқ этиш ва аниқлашнинг изчил методи
(ЮНЕСКО).
Технология (юнон. “techne” – маҳорат, санъат, “logos” – тушунча,
таълимот) – муайян (ишлаб чиқариш, ижтимоий, иқтисодий ва б.)
жараёнларнинг юксак маҳорат, санъат даражасида ташкил этилиши
Таълим технологияси (ингл. “an educational technology”) – таълим
(ўқитиш) жараёнининг юксак маҳорат, санъат даражасида ташкил этилиши
Таълим технологияси – таълим мақсадига эришиш жараёнининг
умумий мазмуни, яъни, аввалдан лойищалаштирилган таълим жараёнини
яхлит тизим асосида, босқичма-босқич амалга ошириш, аниқ мақсадга
эришиш йўлида муайян метод, усул ва воситалар тизимини ишлаб чиқиш,
улардан самарали, унумли фойдаланиш ҳамда таълим жараёнини юқори
даражада бошқариш
Таълим методи – ўқув жараёнининг мажмуавий вазифаларини
ечишга йўналтирилган ўқитувчи ва талабаларнинг биргаликдаги фаолияти
усули бўлса, таълим методикаси эса муайян ўқув предметини ўқитишнинг
илмий асосланган метод, қоида ва усуллар тизими.
O‘quv vaziyatlarining barcha qirralarini qamrab olgan, aniq maqsadni ko‘zlab, oldindan o‘ylab, qat’iy ketma-ketlikda, axborot kommunikatsion texnologiyalar vositalari va interfaol usullardan me’yorida va o‘rnida kompleks foydalanishni, o‘qituvchi-o‘quvchi , o‘quvchi -o‘quvchilarning hamkorlikda faol ishlashlari natijasida, har bir o‘quvchining eng yaqin intelliktual rivojlanish darajasida kafolatlangan bilimlarga ega bo‘lishini ta’minlashni nazarga olgan holda tuzilgan dars loyihasi va uning tatbiqidir (prof.Davronov P.Z.).
Davlat ta’lim standartlari — davlat tomonidan ta’limning mazmuni va sifatiga nisbatan belgilanadigan talablar majmui.
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6-apreldagi 187-qarori bilan tasdiqlangan.
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti DTSning maqsad va vazifalarini, asosiy prinsiplarini, tarkibiy qismlarini, davlat ta’lim standartlarini joriy etish hamda davlat ta’lim standartlari talablariga rioya etilishini nazorat qilish tartibini belgilaydi.
DTS quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
umumiy o‘rta ta’limning tayanch o‘quv rejasi;
umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturi;
umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari;
baholash tizimi.
Davlat ta’lim standartining vazifalari quyidagilardan iborat:
umumiy o‘rta ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida o‘quvchilarni tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
o‘quv-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘quvchilari va bitiruvchilarining malakasiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;
ta’lim va uning pirovard natijalari, o‘quvchilarning malaka talablarini egallaganlik darajasini tizimli baholash tartibini, shuningdek ta’lim-tarbiya faoliyati sifatini nazorat qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish;
davlat ta’lim standartlari talablarining ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash.
Ta’lim to’g’risidagi Qonun (2020-yil 23-sentabr, O‘RQ-637-son). 34-modda. Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari
Davlat ta’lim standartlari umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional hamda oliy ta’lim mazmuni va sifatiga oid talablarni belgilaydi.
Davlat ta’lim talablari:
maktabdan tashqari ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, shuningdek kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mazmunini;
ta’lim tuzilmasini va ta’limni amalga oshirish shartlarini;
ta’lim oluvchilarning jismoniy, shaxsiy, intellektual, ilmiy va kasbga oid sifatlari to‘g‘risidagi normalarni belgilaydi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti qo‘llaniladi.
Davlat ta’lim standartlarini va (yoki) davlat ta’lim talablarini bajarish barcha ta’lim tashkilotlari uchun majburiydir, bundan ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari umumta’lim fanlari bo‘yicha quyidagilardan tashkil topadi:
bilim — o‘rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish;
ko‘nikma — o‘rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo‘llay olish;
malaka — o‘rganilgan bilim va shakllangan ko‘nikmalarni notanish vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qilish;
kompetensiya — mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo‘llay olish qobiliyati.
Umumiy o‘rta ta’lim sifatini nazorat qilishning turlari quyidagilardan iborat:
ichki nazorat — O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartib asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasasining monitoring guruhi tomonidan amalga oshiriladi;
tashqi nazorat — ta’lim sohasidagi vakolatli davlat organlari, hududiy xalq ta’limi boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladi;
davlat-jamoatchilik nazorati — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hududiy xalq ta’limi boshqaruvi organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar hamkorligida amalga oshiriladi;
milliy va xalqaro darajada baholash — Hukumatning tegishli qarori hamda xalqaro shartnomalar asosida xalq ta’limi boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va xalqaro tashkilotlar hamkorligida amalga oshiriladi.
Mahorat so’zi – arabcha: “Mohirlik” “Ustalik” “Epchillik” ma’nolarini anglatadi.
Pedagogik mahorat
1) biror ish, kasb uchun zarur yoki shu sohada orttirilgan ustalik, san’at, mohirlik;
2) bir ish yoki faoliyatni yuksak darajada, hech bir qiyinchiliksiz, o‘ta mohirlik bilan bajarish;
3) muayyan ish, xatti-harakat yoki kasbiy faoliyatning ustalik, mohirlik bilan, san’atkorona tashkil etilishiga imkon beradigan bilim, ko‘nikma va malakalar majmui.
Педагогик маҳорат бу – фаҳм-фаросат ва чинаккам илмий билимларнинг, тарбиядаги қийинчиликларни енгишга қодир бўлган обрўли раҳбарликнинг, ўқувчилар қалбининг қандайлигини ҳис қилиш маҳорати (емпатия), ички дунёси, нозик ва заиф бўлган бола шахсига моҳирона, авайлаб ёндашиш, донолик ва ижодий дадиллик, илмий таҳлил, хаёл ва фантазияга бой бўлган қобилият мажмуасидир.
Pedagogik mahoratning tarkibiy qsimlari:
Pedagogik muomila
Pedagogik odob
Pedagogik nazokat
Pedagogik qobiliyat
Pedagogik texnika
Pedagogik madaniyat
Педагогик маҳоратнинг тузилиши
Педагогик маҳорат қуйидаги таркибий қисмларни ўз ичига олади:
1. Ўқитувчи фаолиятида инсонпарварликнинг устунлиги.
2. Педагогик истеъдод, қобилият.
3. Педагогик техника (санъат).
4.Ўқитувчининг шахсий интилиши.
Педагогнинг ўз устида ишлаши. Педагогнинг ўз устида ишлаш босқичлари. Педагогнинг ўз устида ишлаш модели. Ўзини ўзи таҳлил қилиш. Ўзини ўзи баҳолаш. Ўзини ўзи самарали баҳолаш омиллари. Ўз-ўзини баҳолаш формуласи. Ўзини-ўзи баҳолаш модели.
Педагогнинг ўз-ўзини ривожлантириши. Ўз-ўзини ривожлантириш вазифалари. “Индивидуал ривожланиш дастури”. Педагогнинг индивидуал ривожланиш дастури. Педагог “Индивидуал ривожланиш дастури”нинг таркибий элементлари. Касбий ривожланиш шкаласи.
Do'stlaringiz bilan baham: |