Daromadlarni tengsizligi va kambag’allikni qisqartirish
Reja
Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash
Davlatning ijtimoiy siyosati
Mamlakatimizda kambag’allikni qisqartirish borasida olib borilayotgan ishlar
Dunyodagi barcha mamlakatlar aholi jon boshiga to’g’ri keladigan o’rtacha daromadlar darajasi bilan bir-biridan keskin farqlanadi. Bu turli mamlakatlar aholisining daromadlari darajasi o’rtasida tengsizlik mavjudligini bildiradi. Shu bilan birga alohida olingan mamlakatlar aholisining turli qatlam va guruhlari o’rtacha daromadlari darajasida ham farq mavjud bo’ladi. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi darajasi ham daromadlaridagi farqlarni bartaraf qilmaydi. O’z-o’zidan aniqki, ihtisodiy o’sish daromadlarning ko’payishiga olib keladi. Bunda butun aholi daromadlari mutloq miqdorda asta-sekin o’sib boradi. Daromadlarning mutloq miqdori qo’payib borsada, har doim ham daromadlar tengsizligi darajasiga ta’sir ko’rsatmasligi mumkin.
D aromadlar tengligi darajasini miqdoriy aniqlash uchun jahon amaliyotida Lorens egri chizig’idan foydalaniladi. “Oilalar ulushi” yotiq chiziqda, “daromadlar ulushi” esa tik chiziqda joylashgan. Nazariy jihatdan daromadlarning mutloq teng taqsimlash imkoniyati burchakni teng ikkiga bo’luvchi chiziqda ifodalangan bo’lib, u oilalarning har qanday tegishli foizi daromadlarning mos keluvchi foizini olishini ko’rsatadi.20% oilalarning barcha daromadlarning 20%, 40%-40%, 60%-60% daromadlarni olishini bildiradi.
Mutloq tengliish ifodayaovchi chiziq va Lorens egri chizig’i o’rtasidaga tafovut daromadlar tengsizlik darajasini aks ettiradi. Bu farq qanchalik katta bo’lsa, daromadlar tengsizligi darajasi ham shunchalik katta bo’ladi. Agar daromadlariga haqiqiy taqsimlanishi mutloq teng bo’lsa, bunda Lorens egri chizig’i va bissektrisa o’qi bir-biriga mos kelib farq yo’qoladi.
Daromadlar tabaqalanishini aniqlashning ko’proq qo’llaniladigan ko’rsatkichlaridan bir didel koeffitsenti hisoblanadi. Bu qo’rsatkich 10% ancha yuqori ta’minlangan aholi o’rtacha daromadlari va 10% eng kam ta’minlanganlar o’rtacha daromadi o’rtasidash nisbatni ifodalaydi.
Yashi daromadning aholi guruhlari o’rtasida taqsimlanishini xarakterlash uchun aholi daromadlari tengsizligi indeksi (Djini koeffitsiyenti) ko’rsatkich qo’llaniladi. Bu ko’rsatkich qanchalik katta bo’lsa, (ya’ni 1,0 ga yaqinlashsa) tengsizlik shuncha kuchli bo’ladi. Jamiyat a’zolari daromadlari tenglashib borganda bu ko’rsatkich 0 (nol)ga intiladi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida iqtisodiy beqarorlik tufayli qarab chiqilgan bu ko’rsatkich o’sish tamoyiliga ega bo’ladi. Umumiy daromadning tabaqalanishi alohida tarmoqlar va faoliyat sohalarida ish haqi darajasidagi farqlarning ortishi bilan birga boradi. Milliy iqtisodiyotda o’rtacha ish xaqining tarmoqlar, korxonalar va ishlovchilar kategoriyasi bo’yicha yuqori tengsizligi tarkib topadi.
Daromadlar tengsizligida katta farqlari mavjud bo’lishining asosiy sababi bozor tizimiga asoslangan iqtisodiyotning o’z xususiyatlaridan kelib chiqadi. Bizning respublikada ham bozor iqtisodiyotiga o’tish daromadlar tengsizligi muammosini keskinlashtiradi. Bu yerda asosiy rolni mol-mulkka uy-joy, ko’chmas mulk, aksiya va boshqalar ega bo’lish omili o’ynay boshlaydi. Daromadlarning tabaqalanish jarayoni yetarli darajada tez boradi, minimal darajadan bir necha o’n baravar yuqori daromadga ega bo’lgan ijtimoiy qatlam shakllanadi. Daromadlarning tabaqalanishi mulkiy tabaqalanishni keltirib chiqaradi. Vaqg o’tishi bilan oilalarning to’plagan mol-mulki meros qoldirishi sababli daromadlar tabaqalanishining kuchayishi ro'y beradi. Har xil oilalar uchun turlicha iste’mol muhit yaratiladi. Ijtimoiy tenglik va daromadlar taqsimotida adolatlikni ta’minlab berishning muhim muammolari kelib chiqadi.
Bunday sharoitda davlatning daromadlarni qayta taqsimlash vazifasi daromadlar tengsizligidagi farqlarni kamaytirish va jamiyat barcha a’zolari uchun ancha qulay moddiy hayot sharoitini ta’minlashga qaratiladi.
Daromadlar tengsizligi kamayishining taxminan foizini asosan transfert to’lovlari taqazo qiladi. Aniqroq aytganda davlat transfert to’lovlari eng past daromad oluvchi kishilar guruhi daromadining asosiy qismi 70-75% ni tashkil qiladi va qashshoqlikni yumshatishning eng muhim vositasi hisoblanadi.
O’zbekistonda ijtimoiy siyosatniig asosiy yo’nalishlari davlatning ijtimoiy siyosati tegishli markazlashgan daromadlarni tabaqalashgan soliq solish yo’li bilan shakllantirish va uni budjet orqali aholi turli guruhdagi o’rtasida qayta taqsimlashdan iborat. Davlat daromadlarni qayta taqsimlashda ijtimoiy to’lovlar bilan birga bozor narxlarini o’zgartirish (masalan, fermerlarga narxlarni kafolatlash) va ish haqining eng kam darajasini belgilash usullaridan foydalanadi.
Ijtimoiy to’lovlar – kam ta’minlanganlarga pul yoki natural yordam ko’rsatishga qaratilgan tadbirlari tizimi bo’lib, bu ularning iqtisodiy faoliyatda qatnashishi bilan bog’liq bo’lmaydi. Ijtimoiy to’lovlarning maqsadi jamiyatdagi munosabatlarni insonparvarlashtirish hamda ichki talabni ushlab turish hisoblanadi.
Aholi real daromadlari darajasiga inflatsiya sezilarli ta’sir ko’rsatishi sababli daromadlarni davlat tomonidan tartibga solishning muhim vazifasi iste’molchilik tovarlariga narxning o’sishini hisobga olish va daromadlarni indeksatsiyalash, ya’ni nominal daromadlarni narxlar o’sishiga bog’liqlikda oshirib borish hisoblanadi.
Shaxsiy daromadni himoya qilishga ijtimoiy siyosatning muhim yo’nalish aholi kambag’al qatlamini qo’llab-quvvatlash hisoblanadi.
Amaliy hayotda qashshoqlikning o’zi hayot kechirish minimumi yordamida aniqlanadi. Bu ijtimoiy va fiziologik (jismoniy) minimumda ifodalanadi. Ijtimoiy minimum jismoniy ehtiyojlarni qondkoishning minimal normasi (me’yori) bilan birga ijtimoiy talablarning minimal xarajatlarini ham o’z ichiga oladi. Fiziologik minimum esa faqat asosiy jismoniy ehtiyojlarni qondirishni ko’zda tutadi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda aholining ijtimoiy yordamiga muhtoj qismini aniqlashda turli xil mezonlar asos qilib olinadi. Ular jumlasiga daromad darajasi, shaxsiy mol-mulki miqdori, oilaviy ahvoli va shu kabilar kiritiladi.
Ijtimoiy siyosat — bu daklatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni yumshatishga va bozor iqtisodiyoti qatnashchilari o’rtasidaga ziddiyatlarni bartaraf qilishga yo’naltirilgan siyosatdir.
Respublikada bozor munosabatlariga o’tish davrida ijtimoiy siyosat aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va himoya qilishga qaratiladi hamda alohida yirik yo’nalishlarda amalga oshiriladi. Bu yo’nalishlar I.A. Karimovning “O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida” kitobidida to’liq bayon qilib berilgan.
Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng asosiy yo’nalish bu narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o’rtacha darajasini muntazam oshirib borish hisoblashdi. Bunda respublikaning o’ziga xos yondashuvi ishlab chiqilib, daromadlar nisbatini o’zgartirish, ish haqi, pensiyalar, stipendiyalarning, jamg’arma banklardagi aholi omonatlari stavkalarining eng oz miqdorini bir vaqtning o’zida qayta ko’rib chiqish yo’li bilan amalga oshiriladi. Daromadlar nisbatini o’zgartirishda 1993 yil joriy etilgan yangi yagona ta’rif setkasi katta ahamiyatga ega bo’ldi. Bu barcha toifadagi xodimlarning mehnat haqi miqdorlarini tarif koeffitsiyentlari orqali, eng kam ish haqi vositasi bilan bevosita o’zaro bog’lash imkonini berdi.
Aholini ijtimoiy himoyalashning ikkinchi yo’nalishi – ichki iste’mol bozorini himoya qilish, hamda oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat mollari asosiy turlari iste’molini muayyan darajada saqlab turish bo’ldi. Bunga erishishda muhimi mahsulotlar eksporti bojxona tizimi orqali nazorat qilish va ularga yuqori boj to’lovlari joriy etish, kundalik zarur tovarlarni me’yorlangan tarzda sotishni tashkil qilish kabi tadbirlar katta ahamiyatga ega bo’ldi. Milliy valuta joriy etilishi bilan oziq-ovqat mahsulotlarini me’yorlangan tarzda sotishdan voz kechish erkin narxlarga o’tish imkoniyatini yaratadi.
Iqtisodiy islohotlarning ilk bosqichida ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning uchinchi yo’naltii – aholining kam ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash va qo’llab – quvvatlash borasida kuchli chora-tadbirlar o’tkazilgan bo’ldi. Bu yo’nalishlar aholining ijtimoiy jihatdan nochor qatlamlari – pensionerlar, nogironlar, ko’p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o’quvchi yoshlar hamda qayd etilgan miqdorda daromad oluvchi kishilar turli xil yo’llar bilan himoya qilib borildi.
Yalpi ijtimoiy himoyalash tizimidan ishonchli ijtimoiy kafolatlar va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlsh tizimiga izchillik bilan o’tish – ijtimoiy siyosatni amalga oshirishga, ijtimoiy himoya vositasini kuchaytirishda sifat jihatdan yangi bosqich boshlashini bildiradi.
Yangilangan ijtimoiy siyosat adolat tamoyillariga izchillik bilan rioya qilishga asoslanib, ijtimoiy ko’maklashishning mavjud usullarini va pul bilan ta’minlash manbalarini tubdan o’zgartirishni taqozo qiladi. Bu siyosat ijtimoiy maqsadi va aholining aniq tabaqalarini qamrab olishni ko’zda tutadi. Yordam tizimi faqat kam ta’millangan va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nisbagan qo’llanilib, shu maqsad uchun davlat manbalari bilan bir qatorda mehnat jamoalari turli tashkilot, hamda jamg’armalarning mablag’laridan ham foydalaniladi.
Ijtimoiy ko’maklashishning yangi tizimida bolalar va kam daromadli oilalar yordamdan bahramand bo’luvchi asosiy kishilar hisoblanib, ular uchun hamma nafaqa va moddiy yordamlar faqat mahalla orqali yetkazib beriladi. Bu tizimda kam daromadli oilalarga beriladigan moddiy yordam mahalla orqali yetkaziladi. Shu maqsadda mahallalarda budjet mablag’lari korhona va tashkilotlar, tadbirkorlik tuzilmalari va ayrim fuqarolarning ixtiyoriy o’tkazgan mablag’lari hisobidan maxsus jamg’armalar hosil qiiindi.
Ijtimoiy ko’maklashishning yangi tizimi mehnatga rag’batlantiradigan omillar va vositalar yangi tuzilmasi paydo bo’lishini ham taqazo qiladi.
Shunday qalib, islohotlar davrida davlat aholining muxtoj tabaqalarini qo’llab-quvvatlash bilan birga mehnat faoliyati orqali oilasining farovonligini ta’minlashga intiluvchi qishilar uchun teng sharoit va qulay imkoniyat yaratishga harakat qiladi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2020-yilni “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nomlash taklif etilishida uzoq muddatli barqarorlikni taʼminlash nazarda tutildi. Ushbu gʻoyaning tub mohiyati mamlakatni ilgʻor tajribalar asosida rivojlantirish va aholi daromadlari tengsizligini bartaraf etishdir. Bu esa kambagʻallikni qisqartirishning bosh omili, desak, xato boʻlmaydi. Binobarin, davlatimiz rahbari 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida “Hududlarda, ayniqsa, qishloqlarda aholining aksariyat qismi yetarli daromad manbaiga ega emasligi sir emas. Har qanday mamlakatda boʻlgani kabi bizda ham kam taʼminlangan aholi qatlamlari mavjud. Turli hisob-kitoblarga koʻra, ular taxminan 12 — 15 foizni tashkil etadi. Bu oʻrinda gap kichkina raqamlar emas, balki aholimizning 4-5 millionlik vakillari haqida bormoqda”, deya alohida taʼkidladi.
Oʻzbekistonda mazkur kategoriyaga nisbatan yondashuvning yuzaga kelishi va unga doir islohotlarni amalga oshirish juda muhim masala. Chunki shu paytgacha unga, umuman, eʼtibor berilmagan, raqamlar ochiqlanmagan edi. Shu maʼnoda, Prezidentimizning 2020-yil 26-martdagi “Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambagʻallikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan bu borada koʻplab vazifalar belgilab berildi hamda kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha yangi yoʻnalishlar shakllantirildi. Xususan, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi qilib qayta tashkil etilishi ushbu yoʻnalishdagi islohotlarning yangi bosqichini boshlab berdi.
Olimlar nima deydi?
Misol uchun, pokistonlik olimlar — Tariq Majid va Noʻmon Malik tomonidan 2015-yilda amalga oshirilgan tadqiqotda kambagʻallikni keltirib chiqaruvchi omillar sirasiga savodxonlik darajasi ham kiritiladi. Bunda oila xoʻjaligining kambagʻallikka tushib qolishiga oila boshligʻining tajribasi, yoshi, jinsi va bandligi kabi omillar taʼsir qilishini keltirib oʻtadi. Shuningdek, oila boshligʻi sifatida ayol kishi boʻlishi kambagʻallikni keltirib chiqarishga koʻproq taʼsir qiladi, degan gʻoya ilgari suriladi. Bu ayollarning taʼlim olish va daromad topishdagi imkoniyatlari yuqori emasligi bilan izohlanadi. Tadqiqotlar asosida, birinchidan, taʼlim olganlik darajasi bilan kambagʻallik teskari proporsional ekanligi, ikkinchidan, qishloq joylarda pul oʻtkazmalariga ega boʻlganlar kambagʻallikka kamroq tushishayotganligi, uchinchidan, shaharlashib borish kambagʻallikni pasaytirishini va qishloq hududlarida esa oshishiga olib kelishini qayd etib oʻtadi. Oʻz navbatida, tajriba, yosh va qishloq xoʻjaligida band boʻlish kambagʻallikni keltirib chiqarmasligini asoslab beradi.
AQSHda monetar siyosatning samarali amalga oshirilishi asoschilaridan biri M. Fridmen daromadlar notengligi statistik taqsimotni aniq koʻrsatmasligini taʼkidlaydi. Uning fikricha, isteʼmol jihatidan daromadlarning taqsimoti ularni yuzaga keltiruvchi sabablarga bogʻliq. Daromadlarning notengligiga sabablardan biri esa insonlarning qobiliyati teng taqsimlanmaganligi bilan bogʻliq. Ushbu tendensiyani olim H. Stakle ham taʼkidlasa, J. Minser inson kapitaliga investitsiyalar hamda daromadlarning tengsizligi omillarini aniqlagan va ularni baholagan. Insonlar daromadining notengligi inson kapitaliga qilingan investitsiyalarga bogʻliq ekanligi, investitsiya jarayoni erkin tanlovga asoslanishini qayd etib oʻtadi. Minser fikriga koʻra, katta maosh koʻp oʻrganishni talab etadi. Shu bois kasblararo farq ularni oʻrganishdagi farqlar bilan izohlanadi va oʻrganish muddatlaridagi oʻzaro absolyut farq yillik daromaddagi foizli farqlarni keltirib chiqaradi. Bir kasbning bir necha egalari daromadlari oʻrtasidagi farq inson kapitali tajribasiga qilingan investitsiya muddatining uzaytirilganligi bilan bogʻliq. Umuman olganda, taʼlim, yosh va kasb kabi omillar insonlar daromadlari tabaqalanishida asosiy sabab ekanligi asoslab beriladi.
S. Peng va boshqalar oʻzlarining tadqiqotlarida kambagʻallikni keltirib chiqaruvchi omillarni tahlil etib chiqadi. Ular kambagʻallik ehtimolini keltirib chiqaruvchi omillar sifatida quyidagilarni sanab oʻtadi: keksalik, ayol kishi boʻlish, turmush oʻrtogʻining boʻlmasligi, ota yoki ona boʻlmagan oilada katta boʻlish, ishsizlik, davlat uyida ijarada turish, past savodxonlik va sogʻliq darajasi. Shuningdek, oilada nogiron yoki surunkali kasallikka chalingan odamning boʻlishi. Taʼkidlash lozimki, oliy taʼlim olganlik kambagʻallik va minimal qashshoqlikdan saqlanishga yordam berishi aytiladi.
Fikrimizcha, kambagʻallikni aniqlashga yordam beradigan omil sifatida daromadlarning shakllanishiga eʼtibor qaratish muhim hisoblanadi. Bunda daromad shakllanishiga asos boʻlib xizmat qiluvchi sabablar va omillarni rivojlantirish yana-da muhim. Bu esa kambagʻallikni bartaraf etishda asosiy rol oʻynaydi. Jumladan, taʼlim tizimi va insonlar qiziqishi doirasida kasbga yoʻnaltirishni rivojlantirish.
Xalqaro tashkilotlar yondashuvi ham oʻziga xos
Ushbu masalada xalqaro tashkilotlarning yondashuv va mezonlari ham qiziq. Xususan, Jahon banki tomonidan kambagʻallikni aniqlash boʻyicha kunlik daromadning hajmiga nisbatan mezon sifatida milliy daromadning kishi boshiga toʻgʻri kelishi hajmi quyidagicha belgilangan:
Xalqaro kambagʻallik chizigʻi 1,9 AQSH dollari;
Oʻrtacha daromaddan past (2020-yil uchun kishi boshiga YAIM 1026 — 3995 AQSH dollari) boʻlgan mamlakat uchun 3,2 AQSH dollari;
Oʻrtacha daromaddan yuqori (2020-yil uchun kishi boshiga YAIM 3995 — 12375 AQSH dollari) boʻlgan mamlakat uchun 5,5 AQSH dollari.
Mazkur mezon 2013-yilda eʼlon qilingan boʻlib, oʻsha davrda 1,25 AQSH dollarini tashkil etgan boʻlsa, 2015-yilga kelib 1,9 AQSH dollariga koʻtarilgan. Oʻz navbatida, mazkur koʻrsatkichlar mos ravishda 2005 va 2011-yillardagi bazis narxlar bilan kishi boshiga daromad hisoblanishi orqali tatbiq etiladi. 2017-yildan boshlab esa qoʻshimcha ravishda keyingi ikkita koʻrsatkich ham kiritilgan. Kambagʻallikning xalqaro meʼyori minimal isteʼmolni nazarda tutadi va u keyingi ikkita mezon bilan almashtirilmaydi. Ushbu koʻrsatkich oʻta kambagʻallikni aks ettiradi. Oʻzbekiston oʻrtacha daromaddan past daromadga ega boʻlganligi uchun 3,2 AQSH dollari tavsiya etiladi.
2015-yilda BMT Bosh Assambleyasining 70-sessiyasida 2030-yilgacha Barqaror rivojlanishning 17 maqsadi qabul qilindi. Ushbu maqsadlarning birinchisi — “Kambagʻallikni yoʻqotish” (No Poverty) deb nomlangan boʻlib, dunyo mamlakatlari ushbu omilga qarshi ommaviy kurashga chaqiriladi. Mazkur maqsadlardan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktyabrdagi “2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Qaror ilovasining 1-bandida “1-maqsad. Barcha joylarda aholining kam taʼminlanganlik darajasini pasaytirish” deb nomlangan. Ushbu bandning vazifalari sifatida belgilangan 7-yoʻnalishda asosiy eʼtibor ijtimoiy himoyaga va gender tengligini taʼminlash hamda mikrokreditlash amaliyotlaridan foydalanish koʻzda tutilgan.
Bizningcha, ushbu qarorda keltirilgan vazifalarning bir qator yoʻnalishida taʼlim tizimini rivojlantirishga qaratilgan, ayniqsa, oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasini kengaytirish boʻyicha ustuvorliklar keltirilmagan. Bu esa jahon olimlari tomonidan asoslangan ilmiy xulosalar inobatga olinmaganligini anglatadi. Sababi daromadlar tengsizligini keltirib chiqaruvchi kam sonli omillarning asosiysi, bu, taʼlim ekanligi taʼkidlab oʻtilgan.
Taʼkidlash joizki, mamlakatimizda aholi daromadlarining ¼ qismi 10 foiz aholi qoʻlida toʻplanganligi ham daromadlar tengligini taʼminlash zaruratini keltirib chiqaradi. Shundan kelib chiqib aytadigan boʻlsak, aholi asosiy qatlamining daromadlari vaqtinchalik uzilishga uchragan davrda jamgʻarma kategoriyasi muhim ahamiyatga ega. Bu davlatning zimmasiga katta moliyaviy yukni keltirib chiqarishi, byudjet defitsitini oshirishi mumkin.
Sinovli davrdagi tadbirlar
Pandemiya sharoitida daromadlar pasayishi va jamgʻarmalarning uzoq muddatga yetmaslik ehtimoli davlat tomonidan qoʻshimcha mablagʻlarni safarbar etishni taqozo qiladi. Bu esa byudjet daromadlari qisqargan sharoitda qarz mablagʻlarini jalb etish zaruratini keltirib chiqaradi. Shu maʼnoda, Prezidentimizning 2020-yil 19-martdagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilinganini alohida qayd etish joiz. Chunki ushbu hujjat asosida hukumat tomonidan xalqaro moliya institutlaridan 1 milliard AQSH dollari miqdorida tashqi qarz jalb etilishi belgilab berildi. 2019-yilda iqtisodiyot sohasida Nobel mukofotini qoʻlga kiritgan A. Banerji, E. Dyuflo va M. Kramer tomonidan davlatlar hamda xalqaro tashkilotlar amalga oshirayotgan islohotlarning nechogʻliq natija berayotganligi tahlil etildi. Nafaqat Oʻzbekiston, balki jahon mamlakatlarida amalga oshirilgan kambagʻallikka qarshi kurash natijalari tahlili bu boradagi tadbirlarni tubdan oʻzgartirish zaruratini koʻrsatdi. Yaʼni tadqiqotlarga koʻra, maktab taʼlimida ikki omil — oʻquvchilar qiziqishi va oʻqituvchilar bilan maʼlum muddatli shartnomalar muhim ekanligi isbotlandi.
Aytish kerakki, maktab taʼlimidagi muammolar nafaqat kambagʻallikka doir, balki boshqa ijtimoiy-huquqiy masalalarni ham keltirib chiqarishi koʻplab tadqiqotlarda isbotlangan. Masalan, 2020-yil 3-mart kuni Toshkent shahrida “Suriya va Iroqdan qaytarib olib kelinganlarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish boʻyicha Markaziy Osiyo muloqoti: Oʻzbekiston tajribasi” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi. Unda “Mehr-1” va “Mehr-2” operatsiyalari natijalari tahlil qilindi. Jumladan, Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti vakili, professor Baxtiyor Bobojonov oʻzbek ayollarining Iroq hamda Suriyaga ketgani sabablari haqida toʻxtalib, “Eng katta sabab — ularning bilimsizligidir. Ayollarning shahodatnomasiga qarasak, hammasi qoniqarsiz taʼlim olishgan”, deb taʼkidlab oʻtdi.
Ikkinchi omil sifatida sogʻliqni saqlash tizimida odamlarning farzandlari sogʻligʻi uchun investitsiya qilmasligi yoki uni ortga surib kelishi salbiy taʼsirga ega ekanligi koʻrsatiladi. Shu bois bolalarni infeksiyalarga qarshi emlashda vaqtinchalik subsidiyalar doimiylaridan koʻra samarali ekanligi qayd etiladi. Shu nuqtayi nazardan olib qaraganda, davlatimiz rahbari taʼkidlab oʻtgan “...bir oilada mashina ham, chorva ham boʻlishi mumkin, lekin bir kishi ogʻir kasal boʻlsa, oila daromadining kamida 70 foizi uni davolatishga ketadi” degan soʻzlarining qanchalik ahamiyatga ega ekanligini anglash qiyin emas.
Bundan tashqari, mikrokreditlash mexanizmini ham yana bir omil sifatida keltirish mumkin. Nega deganda, mazkur usul kambagʻallikka qarshi kurashishda kutilgan natijalarni bermasligi aniqlangan. Oʻzbekistonda kambagʻallikni keltirib chiqaruvchi muhim sabablar nimalar? Quyida shularning ayrimlarini keltirib oʻtamiz.
Ijtimoiy sohaning nobarqarorlashuviga olib kelgan jihatlar:
Sogʻliqni saqlash tizimida davlat xarajatlarining, ayniqsa, birlamchi tibbiy xizmatlar taqdim etishda yetarli emasligi;
Maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish qamrovi pastligi;
Maktab taʼlimida oʻquv muassasalaridan “rezina” kabi foydalanish bazaviy taʼlimning natijadorligini tushirib yuborishi;
Mehnatga haq toʻlash kasbga emas, balki lavozimga biriktirilishi, yuqori bilim talab qiluvchi kasblar jozibadorligini yoʻqotdi. Masalan, shifokor va serjant unvonidagi harbiy xizmatchining ish haqidagi sezilarli tafovut.
Elektr taʼminotidagi uzilishlar davomiyligi quyidagi nobarqarorlikni keltirib chiqardi:
Taʼlimning uyda bajariladigan vazifalar qismi oʻzlashtirilmasligiga taʼsir koʻrsatdi;
Biznes yuritishga jiddiy taʼsir koʻrsatdi. Masalan, jahon bankining hisobotida, biznes subyekti kichiklashib borgani sari elektr taʼminotidan uzilishi kuchayib borishi qayd etilgan.
Iqtisodiyotning norasmiy qismi kuchayishi aholi daromadlari hisobini va statistikasini yuritishga salbiy taʼsir koʻrsatdi.
Qanday choralar koʻrmoq kerak?
Koʻrinib turibdiki, kambagʻallikni kamaytirish, bu borada yuzaga keladigan muammolardan kelib chiqadigan omillar yoʻq emas. Shunday ekan, nima qilmoq kerak?
Tadqiqotlarda ayon boʻlayotgan ushbu masalalardan kelib chiqib, quyidagilarga eʼtibor qaratish maqsadga muvofiq, deb oʻylaymiz. Avvalo, aholining kambagʻallik darajasini aniqlash uchun demografik jihatdan guruhlarga ajratish nuqtayi nazaridan aniq statistikani shakllantirish va shunga mos tadqiqotlarni amalga oshirish. Bunda oila aʼzolari soni, savodxonligi, sogʻligʻi, yoshi, jinsi, tanlagan kasbi kabilarni inobatga olishga imkon yaratish.
Shuningdek, qisqa muddatli davrda eʼtibor berilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar ham talaygina. Xususan, iqtisodiyotdagi ixtisoslashuv nazariyasining (D. Rikardo) odamlar qobiliyatiga uygʻunlashuvini joriy etish. Buning uchun ularning qanday mehnat qilishga imkoniyat va xohishlari yuqori boʻlishini inobatga olish orqali qiymat yaratish (YAIM)ni yoʻlga qoʻyish. Masalan, pichoq yasaydigan (hunarmand ota-bobosidan oʻrgangan va shu ishni sevib qiladigan) insonga mehnat qilishi uchun barcha sharoitni yaratish mexanizmini joriy etish. Agar biz undan boshqa turdagi mehnat qilishni talab etsak yoki u shunga majbur boʻlsa iqtisodiy oʻsish va kambagʻallikdan chiqish tendensiyasi yuzaga kelmasligi mumkin.
Aholining isteʼmolini arzonlashtirish, yaʼni davlat va “ayrim” tadbirkorlarning monopoliyasini favqulodda tugatish. Buning uchun iqtisodiyotda raqobat muhitini yaratish lozim boʻladi. Ushbu jarayonda ikki jihatga eʼtibor qaratish zarur. Birinchidan, milliy (davlat yoki xususiy) ishlab chiqaruvchilar monopoliyasi shakllanishini kamaytirish. Ikkinchidan, turli iqtisodiy ittifoqlar, jumladan, Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlishni jadallashtirish kerak.
Elektr taʼminoti uzluksizligini taʼminlash, muqobil energiyadan foydalanishni jadallashtirish. Buning uchun muqobil (quyosh, shamol kabilar) energiya manbalarini rivojlantirishga eʼtibor qaratish. Shuningdek, ushbu turdagi energiya isteʼmoliga oʻtishda davlat subsidiyalarini joriy etishni rivojlantirish maqsadga muvofiq.
Xarajatlarni qisqartirish, yaʼni koʻp daromadga ega boʻlmagan sharoitda jamiyatda tejamkorlik tamoyilini joriy etish. Masalan, turli milliy qadriyatlarga asoslangan marosimlarga xarajatlarni kamaytirish, shuningdek, norasmiy iqtisodiyotni qisqartirish talab etiladi.
Uchinchidan, bu jarayonda uzoq davrga moʻljallangan dasturlarning ham ahamiyati katta. Shu nuqtayi nazardan bu kabi dasturlarni amalga oshirishda profilaktika tibbiy xizmatlarni moliyalashtirish hajmi va samaradorligini oshirish darkor. Bu orqali yosh bolalarni emlash ishlariga eʼtibor berilib, aktiv umr faoliyatini rivojlantirish orqali passiv umr koʻrishni qisqartirishga sharoit yaratiladi.
Maktab taʼlimida oʻquvchilar qiziqishlarini inobatga olgan holda, guruhlarga ajratib taʼlim berish ham yaxshi natijani yuzaga chiqaradi. Bunda oʻqish, yozish, matematika va tabiiy fanlar kesimida guruhlarni tashkil etishni oʻquvchilarning qanday kasbga (lavozimga emas) qiziqishlari doirasida sinflarga ajratishni joriy qilish lozim.
Shuningdek, oliy taʼlim qamrovini oshirish, yaʼni bir turdagi mutaxassislikni tayyorlash bir nechta oliy taʼlim muassasalarida amalga oshirilishi orqali raqobat muhitini yaratish, oliy taʼlimda shartnoma toʻlovlarini darsga qatnashish uchun emas, balki fan boʻyicha yakuniy imtihonlarda qatnashish huquqini belgilash tamoyili asosida oʻquv yurtlarida mustaqil joriy etishga imkon berish lozim. Qolaversa, qabul kvotalari muassasa sigʻimkorligi asosida mustaqil belgilanishi kerak.
“Kichik biznesdan — yirik biznesga”. Bu gʻoya ham odamlar bandligini taʼminlash, demakki, kambagʻallikdan chiqarishda ayni muddao. Faqat bunda bir ishchi oʻrin uchun xarajatlar hajmi yirik biznesda kichik biznesga nisbatan kam ekanligi inobatga olinadi. Shu bilan birga, yirik biznes mamlakat eksport salohiyatini oshirishning eng samarali vositalaridan biri hisoblanadi.
Bundan tashqari, yuqori ilmiy sigʻimkor mahsulotlarni rivojlantirish, yaʼni tadqiqotlar natijalarini ishlab chiqarishga, ayniqsa, xususiy sektorning tadqiqotlarini moliyalashtirishni joriy etish uchun venchur fondlarini shakllantirish zarur, deb oʻylaymiz.
Va nihoyat, mehnat migrantlarini emas, balki mehnat mahsulini eksport qilish tamoyilini rivojlantirmoq zarur. Binobarin, inson kapitaliga investitsiyalar jalb etish uzoq davrda barqaror natijalarni berishi muqarrar.
Yurtimizda inson manfaati yoʻlida amalga oshirilayotgan ishlar, saʼy-harakatlar koʻlami tobora kengayib bormoqda. Soʻnggi paytlarda uzoq yillar davomida yashirib kelingan holat — kambagʻallik xususida, ayniqsa, koʻp gapirilmoqda. Muhimi, bu gap boʻlib qolib ketayotgani yoʻq. Amaliy harakatlar boshlab yuborilgan. Kambagʻal insonlar soni aniqlashtirilib, kam taʼminlangan oilalar roʻyxati shakllantirilyapti. Yaʼni jarayon boshlangan. Oʻylaymizki, biz bergan taklif va fikrlar ham ayni shu jarayonda asqatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |