«عروسی» “TO‘Y” HIKOYASI
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
Sharq filalogiyasi va tarjimashunoslik fakulteti
Dariy ingliz III kurs talabasi.
Maksudova Durdona Abror qizi
+998998210705
Ilmiy rahbar: TDSHU o‘qituvchi-stajori
Hamdamov Firdavs Ahmadovich
Hozirgi kunga kelib Afg‘oniston adabiyoti har taraflama o‘rganilmagan bo‘lsa-da, sharq xalqlari orasida o‘ziga xos o‘rni bor. Bunga sabab esa mamlakatdagi ko‘p yillardan beri uzluksiz davom etayotgan notinchlik desak xato bo‘lmaydi. Shunga qaramasdan XX asrda yashab ijod etgan bir qancha adabiyot namoyondalari Afg‘oniston adabiyoti tarixiga o‘zlarining katta hissalarini qo‘shishgan. Bunga misol qilib esa ularning dariyzabon adabiyotiga zamonaviy realistik yo‘nalishni nasr orqali olib kirganliklari manbalarda ta’kidlanishi bizga ma’lum. Bu tamoyil shu davrda yashab ijod etgan adabiyotshunoslar – Asadullo Habib, Abdulkarim Misoq, Muhammad Akram Usmon, Muhammad Olim Zaryob, Spujmay Zaryob, Babrak Arg‘and, Muhammad Olim Iftixor1 kabi bir qator yozuvchilar ijodida o‘z ifodasini topti. Bu maqolada anashu hikoyanavislardan biri bo‘lmish Muhammad Akram Usmon va uning «عروسی» “To‘y” hikoyasining qisqacha tahlilini ilm ahli va kitobxonga yetqazishni o’zimizga vazifa qilib oldik.
Akram Usmon bugungi kunga qadar mahoratli yozuvchi deb ta’riflanadi. XX asrda yashab ijod etgan yozuvchining to‘liq ismi Muhammad Akram Usmon bo‘lib, ko‘p asarlarini Akram Usmon imzosi bilan, ba’zilarini esa “Ko‘zagar” taxallusi bilan e’lon qilgan.2
A. Usmon 1937-yilda Hirotda tavallud topgan. Uning otasi G‘ulom Faruq Usmon asli Kobullik yuqori martabali amaldor bo‘lib (manbalarda uni Nangarhor viloyati voliysi vazifasida ishlagani ham aytiladi), onasi Sakina Balx viloyatining Mozori Sharif shahridan edi. Akram Usmonning millati pashtun bo‘lsa-da, ona tili dariy tili edi3.
Yoshligidan ilm-fanga qobiliyatli bo‘lgan hikoyanavis dastlab o‘qishni Kobuldagi “Istiqlol” litseyida boshladi, keyin esa “Habibiya” litseyida davom etirdi. Litseyni tamomlagach Kobul universitetining huquqshunoslik va siyosatshunoslik yo‘nalishida o‘qidi va uni 1962-yilda muvaffaqiyatli tamomladi. Ijodkor ilmiy salohiyatini yanada oshirish uchun universitetni bitirib Tehronga ketadi, asperanturani u yerda tamomlagach 1971-yilda huquqshunoslik bo‘yicha doktorlik ilmiy darajasini oladi.4
Adibning sevikli ayoli Maliha tojik millatiga mansub bo‘lib, u bog‘cha tarbiyachisi bo‘lganligi, ularning ikki o‘g‘illari, Mayvand va Umid, hamda bir qiz, Orzuni o‘zlari singari ziyoli qilib tarbiya berganliklari manbalarda keltirilgan.
Akram Usmon umri davomida bir qancha lavozimlarda ishladi. Dastlab Kobul radiosi va televideniyasining ijtimoiy hamda adabiyot va san’at bo‘limida barnomaga materiallar tayyorlovchi, diktor bo‘lib ishladi. U yerdagi muvaffaqiyatli ish faoliyatidan so‘ng, Afg‘oniston FA tarix va huquqshunoslik institutini boshqardi, Afg‘onistonning Dushanbedagi elchixonasida konsul, Eronning Tehrondagi elchixonasida maslahatchi bo‘lib xizmat qildi. Ijodkor 1992 - yilda Afg‘onistondagi fuqorolik urushi avjiga chiqgan paytda Shvetsiyaga muhojirat qiladi va shu yerda umrining oxirigacha yashab 2016-yil 16-avgustda vafot etdi.
Adib umri davomida adabiyotga o‘zgacha mehr va zavq bilan yondoshgan. U hikoyalar yozishni 4-sinfdanoq boshlagan.5 Uning ilk asari esa “Oyoqlari zanjirlangan qiz” deb nomlangan va “Juvandun” gazetasida bosib chiqarilgan. Shundan so‘ng yozuvchining birinchi hikoyalar to‘plami “Qamishlar gullaganda” nomi bilan 1985-yilda nashr qilinadi.6
Akram Usmonni boshqa yozuvchilardan farqi shunda ediki, u zodagon oilasiga mansub bolishiga qaramay asarlarini oddiy xalq tilidan yozar edi. Bu esa uning hikoyalarida hayotga sodda ko‘z bilan qarash, ijtimoiy tengsizlik, turmush mashaqqatlari, muhojirlik va boshqa shu kabi mavzular yetakchilik qilganini ko‘rishimiz mumkin.
Hozirgi zamon afg‘on yozuvchisi Dastagir Noyil Akram Usmon hikoyalarini ta’riflab shunday deydi: “Bu hikoyalar inson qalbida hayotga shaydolik, kelajakka umid, oʻqish va yozish istagini uygʻotar edi. Uning sodda, tanti, mardonavor, vafodor va oshiq qahramonlari kitoblari sahifalari uzra tiriklardek qadam bosardilar, nafas olardilar. Ularning ruhlari uygʻoq edi hissiyotlari taftini odam sezar edi.”7.
Akram Usmonning hikoyalari sarasidan joy olgan «عروسی» “To‘y” nomli asari yuqoridagi fikrimizga misol bo‘la oladi. Hikoya 2005-yilda «دروازهٔ کابل» “Kobul darvozasi” jurnalida bosib chiqarilgan.
Akram Usmon «عروسی» “To‘y” deb nomlangan birgina hikoya orqali ko‘plab turmushdagi qiyinchiliklarni o‘zida jamlagan. Bilamizki to‘y deganda avvalo xayolimizga xursandchilik, ikki yoshning baxt-saodati ko‘z oldimizga kelishi tabiiydir, biroq bu hikoyada bir insonning taqdirida ko‘plab hayotiy mashaqqatlar va burilishlar bo‘lishi mumkin bo‘lsa, bularning barchasi tushunarli, dariy so‘zlashuv tiliga xos ravishda, turli obrazlar yordamida tasvirlangan.
Akram Usmoning bu hikoyasi romantik va realistik hikoyalar janriga mansubdir, chunki bosh qahramonning ichki kechinmalari, boshidan kechirgan g‘am va qayg‘uli kunlar, sevgan insoniga yetisha olmagani real hayotiy voqea hisoblanib, bunday taqdirlar har bir insonning peshonasida bitilgan bo‘lishi hech gap emas.
Hikoyaning ta’sirchanligini oshirish maqsadida ijodkor asosan diolog, monolog, ikkiliklar va to‘rtliklardan unumli foydalangan. Sujetdagi voqealar rivoji bosh qahramon Habib va uning onasi o‘rtasidagi diologlar yordamida tasvirlanadi.
Hikoya yozuvchi tilidan so‘zlab berilgan bo‘lib, unda ikki asosiy qahramon ishtirok etadi. Ularning biri bosh qahramon, Habib ismli yigit va uning onasi. Hikoyadagi voqealar ular yashab kelayotgan hovlida bo‘lib o‘tadi. Hikoya juda tabiiy va afg‘onlarning qishloq joylarda yashovchi qatlam ishlatadigan shevaga xos yozilgan. Hikoya boshidanoq tasvirlanayotgan muhit, biroz g‘amgin va qayg‘uli bo‘lgani sabab Akram Usmon voqealar rivojini uy hayvonlari yordamida o‘ziga xos tarzda aks ettirganini ko‘rishimiz mumkin.
هوا گرگ و میش بود. چند تا خروس و ماکیان سیاه و سفید در یک صف روی زینه خوابیده بودند و گربهء سیاهی ملال آور و غمناک میومیو میکرد و شیشهء سکوت ژرف و سنگین را می شکست.
“Shomning g‘ira-shira payti edi. Bir nechta qora va oq xo‘roz-u to‘vuqlar bir qator bo‘lib zina ustida uxlab yotishardi. G‘amga botgan Qora mushuk sog‘inch bilan miyovlashi og‘ir va chuqur sukunatni (sokin jimjitlikni) buzardi”.
Habib kunning g‘ira-shira paytida uyga qaytadi va yuz-qo‘lini yuvgach onasi bir tarafda boshiga bir kulfat tushgandek parishon holda ekanligiga ko‘zi tushdi.
Ijodkor onai zorning holati qay holda ekanligini tasvirlash uchun quyidagi diologdan foydalanadi:
حبیب صدایش زد مادر!
مادرش گیچ و هوایی جواب داد: جان مادر
حبیب پرسید امشو چی پختی؟ نان خشک داریم یا بیارم؟
مادر باز تکرار کرد: جان مادر
حبیب کنایه آمیز شکوه کرد: مادر، مه از ده می پرسم تو از درخت ها جواب میتی!
Habib “oyi” dedi! Onasi bir qad uchib javob berdi: “ha jon bolam!”
Habib so‘radi: “bugun kechga nima pishirdingiz? Yeguligimiz bormi yo olib kelaymi?”
Onasi yana takrorladi: “ha jon bolam”
Habib kinoya qilib dedi: “ona men qishloqdan gapirsam siz daraxtdan aytayapsiz!”
Ona hech narsa demadi va Habib sezdiki onasining kayfiyati boshqacha. Hikoya qahramoni onasining bu holatiga nima sabab bo‘lganini tushunish maqsadida unga yaqin kelib dildan suhbatlashmoqchi bo‘ladi.
Ona nimadir demoqchi bo‘lganida to‘satdan ko‘zi tut daraxtining shoxlari orasidan ko‘rinayotgan oyga tushadi va to‘satdan baqirib Habibga suv olib kelishini buyurdi. Habib shosha-pisha oshxonadan tozza suv keltiradi. Bu epizod orqali ijodkor afg‘onlarga xos bo‘lgan oy to‘lganda suvga qarab fol ochish odatini tasvirlash bilan bir vaqtda Habibning onasi o‘zi va farzandining taqdirida ko‘rgan mashaqqatli onlar yakun topib vanihoyat baxtli-saodatli kunlarning kelishiga umid bog‘layotganligini tasvirlashga harakat qilgan.
حبیب جان روی طالیته وا کدم، ماتوه ده او «آب» دیدم، روشنی میشه، خدا تره عمر و روزی میته و ده مراد می رسانه.
“Habibjon toleyingdan ochdim, suvda seni ko‘rdim, yorug‘lik bo‘ladi, Xudo senga umr va rizqingni beradi va murodingga yetqizadi.”
Shu paytda ona farzandining boshini ko‘ksiga bosib, qo‘llari bilan boshini siladi, ammo nogaxon sochlarining u yer, bu yeridan paydo bo‘lgan oq sochlarga ko‘zi tushti.
Akram Usmon hikoyaning bu qismida farzandning sabru-matonati qanchalik kuchli ekanligini, har qancha dardi va hasrati bor bo‘lmasin, ichiga yutib onani dilini og‘ritmagani va qayg‘uga solmaganligini tasvirlab bergan. Shu tariqa uning sochlariga oq tushganligini tasvirlash yo‘li bilan hikoyaning kitobxonga ta’sirini yanada oshirgan.
Shunday bo’lsa-da, ona qalbi juda sezgir bo‘lib farzandining dardi ichida ekanligini his etadi va nola chekib quyidagilarni xitob qiladi:
نه زن، نه اولاد، ناخورده نابرده بچیم پیرشدی، خاک به سرم شد.
“Na ayoling, na farzanding bor, yemay, ichmay qariding, onaginang o‘lsin...”
So‘ngra ona-bola xomush bo‘lib qolishidi, Habib mavzuni o‘zgartirishga urunib onasidan yana nimalarnidir aytib berishini so‘radi.
Yozuvchi onaning g‘amgin tortib yuragidan uzib javob berganini shunday so‘zlardan foydalanadi:
بچیم از چی گپ بزنم؟ از کنجای خانه؟ مه دگه پوده شدیم، مه مرغ کور استم، مرغ کور او «آب» شور.!
“Bolajonim nimadan gapiray! Uyning to‘rt burchagidan so‘zlaymi? Men bir ko‘zi ko‘rmas parrandaman, sho‘r suvda suzuvchi ko‘zi ko‘r qushman”.
Shu payt qo‘shnisining uyidan musiqa va do‘mbira sadolari eshitildi. Ne sitamlar, ne jafolar bo‘lsin-ki, Habib yoshligidan yoqtirgan, unga oshiq bo‘lgan, lekin oshkor qilishga jazm qila olmagan qo‘shni qizining to‘yi bo‘layotgan edi.
Habibning onasi o‘tmishga nazar tashlab 45-48 yilcha oldingi voqelarni ko‘z oldiga keltiradi. O‘sha vaqtlar o‘g‘lini kuyovlikka qabul qilishlarini orzu qilib sovchilikka kechayu-kunduz yurgan damlari edi. Shundan so‘ng cholg‘u asboblari va musiqa sadolari bilan quyidagi she’r Habibning qulog‘iga chalinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |