Namangan Davlat Universiteti Pedagogika fakulteri 5A110901
Pedagogika nazariyasi va tarixi mutaxasisligi
II bosqich magistranti Raximova Shoxidaxon Adxamjon Qizining
Namangan viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida
__________ dan __________ gacha
Stajirovkasida o’tgan ilmiy amaliyoti
XISOBOTI
Men O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Namangan viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish hududiy markazida 2021 yilning __ fevralidan 2021 yil __ iyungacha ilmiy – texnik amaliyotini o’tkazdim. Amaliyotning dastlabki kuni malaka oshirish hududiy markazining ish faoliyati hamda ishci xodimlari bilan tanishdim. Amaliyot rahbari sifatida falsafa fanlari doktori M. Qo’ldasheva tayinladi. Amaliyotning dastlabki haftasida hududiy markazning ilmiy tadqiqod ishlari yuzasidan olib borilayotgan fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar bilan tanishib chiqildi va amaliyot rahbari bilan me’yoriy hujjatlar taxlili o’tkazildi.
Amaliyot boshlangan kuni Namangan viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish hududiy markazida amaliyot olib borishim uchun alohida alohida ish o’rni ajraib berildi. Ilmiy rahbarim va amaliyot rahbarim bilan birgalikda amaliyot davrida bajarilishi lozim bo’lgan vazifalar rejasi ishlab chiqildi. Butun amaliyot davrida mazkur reja asosida olib borilgan ishlar kundalik daftarimda qayd etib borilgani tasdiqlangan.
Namangan viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish hududiy markazi ichki tartib qoidalari, tashkiliy tuzilmasi, faoliyat yo’nalishlari bilan tanishdim.
Stajirovka rahbarim tomonidan magistrlik dissertatsiya mavzuim bo’yicha qiyosiy taxlil uchun ma’lumotlar bazasini kengaytirdim.
O’quvchilar ta’lim – tarbiyasi rivojlanishi maqsadida professor o’qituvchilar tomonidan olib borilgan seminar treninglarda faol qatnashdim.
O’quvchilarga milliy – ma’naviy qadriyatlarni ta’lim – tarbiya jarayonida qanday qilib qo’llay olish usul va vositalari xaqida ilmiy rahbarim bilan birgalikda o’rganib o’tdik.
Interfaol va zamonaviy pedagogik texnalogiyalar: “two truth + a/ie” , “teach+ok”, “blendr” kabi metodlar yordamida tarbiyasi og’ir kreativ tafakkurini qisman shakllantirish yo’llarini, texnalogiyasini ishlab chiqdik.
Magistrlik dissertatsiyasining tajriba sinov bobiga amaliyot davrida amalga oshirilgan tajriba ishlardan o’rinli tartibda foydalandim.
Ilmiy rahbarim p.f.n. dots B. Madaminov va hududiy markaz hodimlarining ilmiy ishlari (xorijiy va respublika jurnallaridagi maqolalar, xalqaro anjuman tezislari, EHM va ma’lumotlar bazalari uchun olingan guvohnomalar, o’quv qo’llanmalar) bilan tanishib chiqdim. Namangan viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish hududiy markazining uzluksiz ta’lim bo’limida ilmiy ishlar ro’yhatini saqlab borishga mo’ljallangan ma’lumotlar bazasi yaratilgan.
Namangan viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish hududiy markazida pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari kafedrasi professor – o’qituvchilari tomonidan hududiy markazning professor – o’qituvchilari uchun “Jamoada sog’lom muhit yaratish omillari” mavzusida seminar trening bo’lib o’tdi.
Amaliyot davomida hududiy markaz faoliyatida olib borilayotgan ishlar, ilmiy tadqiqot ishiga moslik darajasi bilan tanishib chiqdim. Shu kunlar davomida magistrlik dissertatsiyasiga bog’liq statistic ma’lumotlar to’plab, kerakli qismidan foydalandim. Oldingi qilingan ishlar bilan tanishar ekanman, o’quvchilarni tarbiyaviy tadbirlar orqali milliy qadriyatlarni rivojlantirishda yosh avlodni barkamol avlod qilib tarbiyalashda oila, mahalla hamda ta’lim muassasasining o’rni beqiyosligini shakllantirish bo’yicha masalalarni qaytadan o’rganib chiqdim. Magistrlik dissertatsiyasining birinchi bobi yuzasidan tashkiliy va yozish amaliyotini amalga oshirdim.
Amaliyotning so’ngi haftalarida to’plagan ma’lumotlar bo’yicha takliflar ishlab chiqish va qilingan ishlar yuzasidan hisobotlar tayyorlash bilan shug’ullandim. Tadqiqot olib borayotgan magistrlik dissertatsiyasi bo’yicha amalga oshirilgan ishlarni rasmiylashtirildi. Ilmiy amaliyot bilan bog’liq ishlar yuzasidan tayyorgarlik ishlari olib borildi. Magistrlik dissertatsiyaning nazariy va amaliy qismlarini yakunladim.
Mazkur ilmiy amaliyotni o’tash Namangan Davlat Universitetida olgan nazariy bilimlarimni amaliyotda sinab ko’rishimga imkon yaratildi. Kelgusi pedagogik faoliyatimda Namangan viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish hududiy markazida olgan bilimlarimni ilmiy tajribamda keng foydalanaman. Shu bilan birga ushbu amaliyot o’zimni kelgusidagi ilmiy faoliyatimni rivojlantirishim uchun rejalar tuzishga imkon berdi.
Magistr: Sh. Raximova
Amaliyot rahbari: M. Qo’ldasheva
Do'stlaringiz bilan baham: |