11 tumanning nomlarini keltirib o’tmoqchimiz: 1.Janubiyi-Rud, 2.Kamat(Vobkent), 3.Kami Obi Muslim(Vag’onze), 4.Qorako’l, 5.Pirmast, 6.Somejon(Romitan), 7.Xayrobod, 8.Xarkan Rud (g’ijduvon), 9.Xutfar(Zandani), 10.SHofirkom, 11.SHimoliyi-Rud. Buxoro amirligi hududiga kiruvchi 27 viloyatni (beklik) quyidagi ro’yxatda keltirishga harakat qildik: 1.Boysun, 2.Boljuvon, 3.Burdaliq, 4.Darvoz, 5.Denov, 6.Ziyovuddin, 7.YAkkabog’, 8.Kabodiyon, 9.Qorategin, 10.Karki, 11.Karmana, 12.Qarshi, 13.Kelif, 14.Kitob, 15.Ko’lob, 16.Qo’rg’ontepa, 17.Nurato, 18.Sarijo’y, 19.Usti, 20.Xatirchi, 21.Hisor, 22.g’uzor, 23.CHahor Jo’y, 24.CHiroqchi, 25.SHahrisabz, 26.SHerobod, 27.SHo’g’non.
Undan tashqari Buxoro amirligida 320dan ortiq amlok yerlari va boshqa mayda ma’muriy bo’linmalar mavjud bo’lgan. O’z navbatida aholi punktlari ham 10 mingdan ortiq bo’lgan. Barcha viloyatlarning ma’muriy markazi ham mazkur viloyatning nomi bilan atalar edi. Buxoro amirligida aholi punktlari sonining ko’pligi bilan sharqiy viloyatlar mashhur edi. Masalan, Boljuvonda – 1420, Hisorda – 1200, Qorateginda – 700, Ko’lobda esa – 635 ta aholi punktlari mavjud edi. Turkman viloyatlarining soni uncha ko’p bo’lmasdan, masalan, Usti viloyatida 15 ta, Burdaliq – 14, Kelif viloyatida esa – 24 tadan aholi punktlari mavjud edi. Boshqa viloyatlarda esa 100tadan 400tagacha aholi punktlari mavjud bo’lib, ularning soni Buxoro shahri atrofidagi tumanlar aholi punktlarining soni bilan bir xilda edi.Masalan, 1914 yilda Somejon tumani Xutfar tumaniga, SHofurkom tumani Pirmast tumaniga qo’shib yuborilgan edi. Alohida ma’muriy-birlik hisoblangan uch amlok yerlari: Komi Mig’, YAngi Qo’rg’on hamda Karaman XIX asr oxiriga kelib viloyat hisobiga kiradigan bo’ldi.24 Mahalliy tarixnavis Abdurahmon Tamkin Buxoriyning ko’rsatishicha, faqatgina 1915 yilda Buxoroda shahar atrofida ikki tuman: SHimoli-Rud va Janubi-Rud tashkil etilgan. Ushbu ikki tuman boshqa 9 ta tumandan o’zining ma’muriy markaziga ega bo’lmaganligi bilan farqlanadi. Ushbu tumanlardan soliq va boshqa majburiy to’lovlarni Buxoro shahri Sadr-raisi xizmatchilari yig’ib olar edi. Ko’pgina tumanlar ikki nomga ega bo’lgan. Masalan, g’ijduvon Xarkan Rud, Kamat Vobkent va Somijon Romitan nomlari bilan atalgan. Buxoro amirligida bir tumanni tashkil etish uchun 80 ta aholi punktlarini birlashtirish kerak edi. Lekin ushbu shartga qaramay tumanlarda aholi punktlarining soni 1916 yilga kelib hatto 120dan 340 ta aholi punktlariga ko’paydi. Buxoro amirligida ko’pincha viloyatlar, tumanlar va boshqa amlok yerlarini bir-biriga qo’shish, ajratish yoki bo’lmasa to’g’ridan-to’g’ri Buxoro shahriga buysunadigan butunlay mustaqil bir ma’muriy-hududiy birlik tashkil etilar edi. 25 1916 yilga kelib esa, Komi Mig’, YAngi Qo’rg’on amlok yerlari Karmana viloyati hokimiga buysuna boshladi. Buxoro amirligida viloyatlar va tumanlar turlicha ma’muriy-hududiy jihatdan bo’linib, ularning ko’pchiligi amlok yerlariga, ular esa qishloqlarga bo’lingan edi. O’sha davrda ko’pgina tumanlar va viloyatlar mavzelarga bo’lingan bo’lib, ularning tarkibiga bir qator qishloqlar kirgan. Bizgacha yetib kelgan huquqiy hujjatlarga e’tiborni qaratadigan bo’lsak, amirlikdagi bir qator viloyat va tumanlarda
Do'stlaringiz bilan baham: |