dan foydalanganliklari, sovut – jovshan



Download 75,5 Kb.
bet7/11
Sana01.01.2022
Hajmi75,5 Kb.
#299145
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
guzarlarga, guzarlar esa o’z navbatida qishloqlarga bo’lingan. Qorateginda rabavlar, ular esa mavze va qishloqlarga bo’lingan. Pomir viloyatlari Ro’shon va SHo’g’nonda ma’muriy birliklar oqsoqollik deb ataluvchi hududlarga bo’lingan. Amirlikdagi barcha tumanlar shu hududdan oqib o’tadigan ariq, kanal va anhorlarning nomi bilan birga qo’shib aytilar edi. Masalan, Qorako’l tumani 7ta nahr(irmoq)larga bo’lingan edi. Kamat tumani 5 ta, Pirmast tumani 3 ta irmoqqa bo’lingan edi. Buxoro amirligida aholini, hududlarni markazlashgan tizimda hisob-kitobini olib borilmaganligi CHor Rossiyasining siyosiy agentligiga o’zining Buxoro amirligida amalga oshirilishi lozim bo’lgan iqtisodiy manfaatdorlikka katta ta’sir o’tkazuvchi vazifalarini o’tkazishga tubdan xalaqit bergan. Masalan, 1913 yilning dekabr oyida Samarqand uyezdligiga tegishli bo’lgan yerlarga Qarshi viloyatining Ashurbek qishlog’idan, CHiroqchi viloyatining SHodi Qo’rg’on qishlog’idan, Ziyovuddin viloyatining Jo’yxazarman qishlog’idan chorva mollarining kirib kelishi natijasida ekin maydonlarining ancha qismi ppayhon etilgan. Ushbu masalada Samarqand uyezdligining davlat mulki bo’yicha mudiri siyosiy agentlik orqali jarimani talab qilganda, yuqoridagi viloyatlarning hokimlari ular boshqarayotgan viloyatlarda bu nomdagi qishloqlar mavjud emas deb ma’lumot beradi. 26 Amirlikdagi bekliklar o’z hududi, nufuzi va boshqa ko’pgina jihatlari bilan bir-biridan farqlanar edi.

Bekliklarda ham o’ziga xos ma’muriy boshqaruv apparati tashkil etilgan bo’lib, ularga diniy-huquqiy masalalarni boshqaruvchi qozi, rais, muftiy kabi amaldorlar, soliq yig’uvchi (zakotchi), qo’shinnni boshqaruvchi yasovulboshi, mirshab kabi amaldorlar va boshqalar mavjud bo’lgan. Viloyatlar qozilari to’g’ridan-to’g’ri Buxorodan tayinlangan va o’z faoliyatida bekdan mustaqil bo’lgan. U odatda bekning harakatlari haqida maxfiy ravishda Buxoroga xabar berib turgan. Diniy amaldorlar mamlakatdagi sud hokimiyatini, shuningdek, ta’lim va tarbiya maskanlaribo’lgan madrasalar, boshlang’ich maktablarni, kundaliy hayotda katta o’rin tutgan masjidlar va boshqa shu turdagi ijtimoiy muassasalarni o’z nazoratlari ostiga olgan edilar.

Davlatni boshqarishda amirning asosiy va birinchi yordamchisi qushbegi hisoblangan. Vazirlaning eng ulug’i qushbegi hisolangan. U davlatning tajribali, ishbilarmon, siyosatdon odamlaridan tasdiqlangan. Nomzod avval devonbegi mansabiga musharraf bo’lmog’i lozim, so’ngra qushbegilikka loyiq sanalgan.U saroydagi eng yuqori unvon bo’lib davlatda amirdan so’ng turgan. Turklardagi ulug’ vazir yoki yevropadagi davlat kantsleri singari, qushbegi amirning eng yaqin maslahatchisi va ishonchli odami bo’lgan. “Qushbegi amirning eng yaqin yordamchisi, - deb yozgan olim P.SHubinskiy. – Qushbegi mansabini vitse-kantsler mansabiga tenglashtirish mumkin, bundan tashqari u shuningdek ark begi, Buxoro shahri hokimi davlat xazinasi va muhrining saqlovchisi mansablarini ham o’z ichiga oladi”.27 U amirning shaxsiy muhrini saqlovchi, boshqa davlatlar bilan aloqalarni nazorat qiluvchi va shuningdek moliya ishlarini boshqaruvchidir.

Savdodan olinuvchi barcha bojxona to’lovlari boshqaruvi ham uning qo’lida bo’lishi bilan bir qatorda, u yer solig’ini yig’ish va yer-mulklarni berishni ham nazorat qilgan. Bulardan tashqari unga amir saroyi xavfsizligini nazorat qilish vazifasi ham yuklatilgan. Aynan mana shuning uchun ham amir shahardan boshqa joyga ketgan paytda u saroy darvozaxonasining unga maxsus qurilgan joyida amir shaharga qaytguncha kutib o’tirishga majbur bo’lgan. Har kuni kechqurun shaharning kechasi qulflanadigan darvozasi kaliti qushbegiga olib kelib berilgan va ertasiga ertalab esa kalitlar yana darvozabonlar boshlig’iga qaytarilgan. SHuningdek, qushbegi Buxoro shahar hokimi bo’lib qolmasdan, barcha beklarning oliy boshlig’i ham edi. Uning mahkamasidan eng markaziy hokimiyatning ko’rsatmalari va qarorlari chiqil turgan. Qushbegi barcha ishlarni bevosita amirning roziligi bilan qilgan va har kuni qilingan va qilinayotgan ishlar to’g’risida amirga yozma yoki og’zaki axborot berib turgan. Buxoro bosh qushbegisi


Download 75,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish