- Chuqur o‘rganilayotgan o‘simliklar tavsifiga e’tibor beriladi. Agar chuqur ekinzorda kavlangan bo‘lsa, u holda ekinlarning holati baholanadi, ekinning nomi, gullash fazasi, rivojlanishi, ekinlarning qalinligi, bir tekisligi, zararkunandalar bilan zararlanganlik darajasi kabilar yozib qo‘yiladi. Shuningdek begona o‘tlar bilan ifloslanganlik darajasi va ko‘proq uchraydigan begona o‘tlarning turlari ham ko‘rsatilishi zarur. O‘tloq va yaylovlarda o‘simlik turlarining tarkibi, o‘tlarning qalinligi va balandligi, ularning oziqa sifatidagi afzalliklari, joyning butazorlashgani, botqoqlik darajasi ko‘rsatiladi. Bu o‘rinda o‘simliklar tuproq unumdorligini yaxshi aks ettiruvchi va ko‘p hollarda uning u yoki bu xossalarini tasvirlovchi indikator hisoblanishini esdan chiqarmaslik kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |