Dak ga yuborilsin Dekan dots. T. Jiemuratov 2014 y


O`zbekiston Respublikasida inflyatsiyaning asosiy ko`rsatkichlari, 2010-2013



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/24
Sana02.07.2022
Hajmi0,57 Mb.
#730674
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
Bog'liq
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida inflyatsiyani yuzaga kelish shakllari va uni ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari

O`zbekiston Respublikasida inflyatsiyaning asosiy ko`rsatkichlari, 2010-2013 
y. (o`tgan yilning mos davriga nisbatan baholarning o`sishi, %) 
Yillar 
Iste`mol baholar 
indeksi (IBI), 
jamlangan 
Oziq-ovqat 
tovarlari 
Nooziq-ovqat tovarlari Xizmatlar 
2010 
24,9 
18,9 
36,6 
47,1 
2011 
27,4 
27,9 
21,1 
36,9 
2012 
27,6 
28,0 
19,3 
41,3 
2013 
10,3 
5,4 
13,9 
30,9 


49 
2012 yilda O`zR MB tomonidan respublikada qat`iy pul-kredit siyosatining 
amalga oshirilishi natijasida iste`mol sohasida narxlarning umumiy o`sish sur`ati 
0,5% ni tashkil qildi. 
Umumiy inflyatsiya darajasiga pullik xizmatlar narxlari (20,5% dan 15,5% 
ga) va nooziq-ovqat tovarlari narxlari (6,3% dan 3,6% ga) o`sish sur`atlarining 
pasayishi ma`lum darajada ta`sir ko`rsatdi. Oziq-ovqat mahsulotlariga narxlarning 
pasayishi tendentsiyasi saqlanib qoldi. 
O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotidagi inflyatsiya jarayonlarining omilli 
tahlili 2012 yilda inflyatsiya darajasiga xarajatlar inflyatsiyaning (2,1% daraja) va 
uy-joy kommunal xizmatlari tarifining (4,5% daraja) oshganligi ta`sir qilganini 
ko`rsatdi. 2012 yilda talab inflyatsiyasidan taklif inflyatsiyasining oshib ketishi 
qayd etildi: sanoat mahsuloti ishlab chiqaruvchilarning ulgurji baholari o`rtacha 
oylik hisobida 1,8% ga, iste`mol baholari esa 0,03% ga o`sdi. 
Sanoat mahsuloti ishlab chiqaruvchilarning ulgurji baholari omillarining 
tahlili ko`rsatishicha, 2012 yilda real sektorda inflyatsiya darajasiga energiya 
manbalari baholarining (43,3%), ish haqining (20,3%) va transport xarajatlarining 
(14,0%) oshishi ta`sir qilgan. 
Bugungi kunda sanoat tarmog`ida YaIMning 17% ga yaqini ishlab 
chiqarilmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridan 
sanalgan sanoat tarmog`ini iqtisodiy rivojlantirish uchun sanoat markazlari va 
hududiy joylashtirishni yanada takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. Buning 
uchun quyidagi yo`nalishlarga e`tiborni kuchaytirish zarur: 
kelgusida 
sanoat 
tarmoqlarini 
ijtimoiy–iqtisodiy 
rivojlantirish 
imkoniyatlarini belgilash; 
respublika viloyatlarining tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy ixtisoslashuvi 
xususiyatlarini hisobga olgan holda sanoatda ishlab chiqarish majmuini 
rivojlantirish; 
sanoat uzellari va markazlarini tumanlarda, tuman markazlarida, kichik 
shaharlarda ishlab chiqarishning xududiy majmuini tashkil etish va uning 
rivojlanishini doimo ta`minlash va hokazolar. 


50 
Milliy valyuta kursining kelib chiqishi mamlakat iqtisodiy faoliyati muhim va 
ajralmas tarkibiy qismi bo`lgan savdoni rivojlantirish bilan bog`liq.
Milliy valyuta kursi xalqaro savdoni rivojlanishiga ta`sir ko`rsatishi bilan 
ichki iqtisodiyotga ham ta`sir ko`rsatadi. Bunga sabab, milliy valyuta kursining 
xolati bilan mamlakat iqtisodiyotining barcha soxalarining holati o`rtasidagi o`zaro 
bog`liqligidir. Milliy valyutaning xarid qilish quvvatini pasayishiga va kursining 
pasayishi an`anasiga ega bo`lishiga sabab bo`ladi. 
Milliy valyuta kursi dinamikasini inflyatsiya darajasi bilan o`zaro bog`liqligi 
import baholari orasida kursni hisoblashda namoyon bo`ladi. Jahon bozori narxlari 
o`zida baynalminal qiymatining puldagi ifodasini aks ettiradi. 
Import baholari xam milliy valyuta kursini o`zgarishi bilan bog`liq. Ichki 
savdoda va eksportda ulgurji sotish xajmi yuqori bo`lgan mamlakatda, shu 
jumladan sanoati rivojlangan mamlakatlarda ulgurji baholar indeksi qabul qilingan 
va qo`llaniladi. Boshqa mamlakatlarda esa, bu indeksga ko`pgina eksport 
qilinadigan tovarlar kamayadi.
Inflyatsiyaning holatiga ta`sir etuvchi muhim indikatorlardan biri – bu 
muomaladagi pul massasi (money supply) hisoblanadi. Inflyatsiya nafaqat milliy 
valyuta kursiga, balki aholi bandligiga ham o`z ta`sirini o`tkazadi. Misol uchun
1958 yilda angliyalik iqtisodchi A.Fillips talab inflyatsiyasining grafik modelini 
taqdim etdi, va quyidagi xulosaga keldi: (Fillips egri chizig`i). Aholi ish xaqi va 
nobandligi darajalari stavkalarining o`zgarishi, xususan, butun aholidan 
(Angliyada) 2,5-3 % ishsiz qolishi narxlarning va ish xaqining o`sishini 
sekinlashtiradi. A. Fillips nazariyasiga tayangan holda, R. Lipsi quyidagi fikrni 
oldinga surdi: «Inflyatsiya darajasi qanchalik yuqori bo`lsa, ishsizlik darajasi 
shunchalik past bo`ladi». 
Hozirgi kunda xam, bir qator rivojlangan mamlakatlarda xukumat tomonidan 
ishsizlik darajasi yuqori deb baholansa, ushbu ko`rsatkichni tushirish uchun talabni 
rag`batlantiruvchi byudjet va pul-kredit bo`yicha barcha chora-tadbirlar amalga 
oshiriladi. Bu esa, o`z navbatida ishlab chiqarishning kengayishiga va yangi ish 
o`rinlarini barpo etilishiga sabab bo`ladi. Mazkur davrda ishsizlik normasi tushadi, 


51 
ammo, bunga parallel ravishda inflyatsiyaning o`sish sur`atlari tezlashadi. Bunday 
manipulyatsiyaning o`sish sur`atlari tezlashadi. Buday manipulyatsiyaviy chora-
tadbirlar mamlakat iqtisodiyotiga tushadigan og`irliklarni kuchaytirib, krizis 
holatdiga olib kelishi tabiydir. Mabodo, ushbu iqtisodiy nuqsonlarga yo`l qo`yilgan 
takdirda, xukumat tomonidan kreditga cheklovlar qo`yiladi, mamlakat byudjetidagi 
xarajatlar qisqartiriladi va hokazo. Ushbu xolda, narxlar tushib, ishsizlik darajasi 
ko`tariladi. Shuning uchun xam, ko`pgina davlatlar iqtisodiyotni boshqaruv 
instrumenti bo`lmish pul-kredit siyosatini, uning effektivligini «protektsionizm» 
siyosatini qo`llagan xolda ish yuritadilar. 

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish