Dak ga yuborilsin Dekan dots. T. Jiemuratov 2014 y


III BOB Davlat moliyasini baquvvatlashtirishda inflyatsiyani kamayttirish



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/24
Sana02.07.2022
Hajmi0,57 Mb.
#730674
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
Bog'liq
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida inflyatsiyani yuzaga kelish shakllari va uni ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari

III BOB Davlat moliyasini baquvvatlashtirishda inflyatsiyani kamayttirish 
shakllari 
3.1 O`zbekiston respublikasining moliya siyosatini takomillashtirishdagi 
inflyatsiyaga qarshi istiqbollari 
 
Bizning respublikada kredit va valyuta mablag`lari isrof qilib 
borilayotgani yo`q. Balki, ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirishga 
sarflanmoqda. Asosan, ishlab chiqarish ahamiyatiga molik bo`lgan ob`ektlar 
qurilishi hajmi keskin kengayib borayotganligi fikrimizni tasdikdaydi. 
Moliyaviy resurslar etishmayotgan sharoitda iqtisodiy o`sishni qisqa 
muddatlarda ta`minlash oson vazifa emas. Bu vazifa moliyaviy, shu 
jumladan, valyuta mablag`laridan foydalanishga okilona yondashishni talab 
etadi. Buning uchun pulning iktisodiyot tarkibini yangilash jarayoniga 
ta`sir kiladigan, binobarin, islohotlar muvaffakiyatini ta`minlaydigan ishlab 
chiqarish sohalariga sarflamoq kerak. Bu o`rinda Markaziy bank mablag`lari bir 
erga 
jamlanib, 
tijorat 
banklari 
tomonidan 
ularning 
eksportga 
mo`ljallangan va importning o`rnini bosadigan tarmoqdarga, asosiy 
fondlar va texnologiyalarni yangilashga sarflanishi uchun sharoit yaratishni 
o`zining asosiy vazifasi, deb biladi. 
Mustaqillikka erishilgan dastlabki yillarda bank kreditlarining anchagina 
qismi sanoatdagi ustuvor bir qancha loyihalarni pul bilan ta`minlashga 
sarflandi. Ular orasida «UzDEUavto» qo`shma korxonasi (1843,2 mln. 
so`m), Buxoro neftni qayta ishlash zavodi (1210 mln. so`m), «Kvarts» AJ 
xuzuridagi arxetektura oynasi ishlab chikaradigan liniya qurilishi (610,8 
mln. so`m

va shu kabi yirik boshka ob`ektlar mavjud. Binobarin, iqtisodiy 
usish vazifalarini hal etish uchun tijorat banklari tomonidan investitsiya 
kreditlari ajratilishidan tashqari, valyuta mablag`laridan oqilona foydalanish 
ham kerak bo`ladi. Shu sababli, davlatimiz o`zining valyuta siyosatida ham kredit 
siyosati tamoyiliga amal qiladi. Ya`ni, yuksak texnologiyali ishlab chiqarish 
salohiyatini shakllantirishga ustunlik beradi. O`zbekiston Respublikasi 


44 
iqtisodiyot uchun zarur bulgan valyuta tushumlarini paxta, oltin, tabiiy xom-
ashyo hisobiga olayotganligimiz hech kimga sir emas. 
O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki monetar siyosatining 
ta`sirchanligini oshirish borasida bir qator muammolar mavjud. Bozor 
iqtisodiyoti sharoitida ularni hal kilish dolzarb masalalardan biridir. Mazkur 
muammolar to`liq hal qilinsa, monetar siyosatni takomillashtirish va Markaziy 
bankning pul-kredit siyosati iqtisodiyotni yanada barqarorlashtirish uchun 
ishlashiga zamin yaratadi. 
Davlatimiz monetar siyosatini amalga oshirishda ham kredit siyosatidagi 
tamoyillarga amal kilib, asosiy e`tiborni yuqori texnologiya ishlab chikarish 
saloxiyatini shakllantirishga qaratmokda. 
Shuni ta`kidlash lozimki, Respublika chetdan karzga olayotgan 
mablag`larni birinchi navbatda ishlab chikarish sohasiga va muhim ijtimoiy 
sohalarga yo`naltirmokda. Bozor munosabatlariga o`tish davri iqtisodiyotining
dastlabki yillarida konvertatsiyalashning butun og`irligi ushbu manbalar 
zimmasiga yuklash maqsadga muvofiq emas, chunki hozirgi bozor 
iqtisodiyotida katta valyuta tushumlari asosan yuqori texnologiyali eksportga 
yo`naltirilgan ishlab chiqarishlar hisobiga ta`minlanadi. Shuning uchun, 
hukumat va Markaziy bankning mustaqillik yillari va bugungi kundagi 
siyosati aynan shunday eksport saloxiyatini rivojlantirishga yo`naltirilgan. 
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov o`z nutqdaridan birida: 
«Faqat iktisodiyotimizning asosiy va etakchi tarmoqlarida tarkibiy 
o`zgarishlarni amalga oshirsakgina, mahsulotimiz eksporti o`sishiga erishishimiz, 
to`lov balansining ijobiy sal`dosini t a` mi nl ash i mi z va shu b il an i qtis odi y 
mustaqilligimizni kafolatlashimiz mumkin», deya ta`kidlagan edilar. Masala 
shu tarzda qo`yilganda milliy valyutani konvertatsiyalashda yukori 
texnologiyali ishlab chiqarishni amalga oshirayotgan va eksportdan olgan 
daromadlarning bir qismini mamlakatimiz iktisodiyotiga qayta investitsiya 
kilayotgan qo`shma korxonalarga ustunlik beriladi. Muhim xalq iste`moli 
mollarini va eksportga mo`ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarayotgan, 


45 
respublika iktisodiyotining asosiy va etakchi tarmoqdarida ustuvor loyihalarni 
amalga oshirishda ishtirok etayottan tovar ishlab chiqaruvchilarimiz ham bunday 
huquqdan foydalanadilar. Boshqacha aytganda, valyuta resurslari birinchi 
navbatda ishlab chiqarish va texnologiyalar bilan shug`ullanayotgan 
korxonalarga berilmoqda. 
O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining monetar siyosati o`ziga xos 
xususiyatlarga ega bo`lmoqda. Birinchidan, majburiy rezervlar miqdorining 
yukoriligi /20 foiz/ — tijorat banklarining resurslarini qisqarishiga sabab 
bo`lmoqda. To`g`ri, majburiy rezervlar tijorat banklarining likvidliligini 
ta`minlaydi. Biroq, u tijorat banklari resurslarining kamayishiga sabab
bo`ladi. 
Ikkinchidan, ochiq bozor operatsiyalarini r iv o jl a n ti r is h l o z i m.
C h u nk i , O` z b e k is t o n Respublikasi Markaziy banki shu vosita orkali ham 
muomaladagi pul-massasiga ta`sir o`tkaza olish imkoniyatiga ega bo`ladi. Bu 
orqali Markaziy bankning pul-kredit siyosatini yuritishdagi ta`sirchanligini 
oshirish mumkin bo`ladi. 
Xalqaro valyuta fondining tavsiyalariga binoan, 1994 yildan boshlab, 
hozirgi vaqtgacha pul-kredit siyosati juda qattiqqo`lliq bilan o`tkazilmoqda. 
1996 yilda pul-massasi va inflyatsiyaning o`sish sur`atlari pasayishiga katta 
ta`sir ko`rsatgan omil — pul-kreditni tartibga solishning ilg`or vositalari 
joriy etilishi, byudjet operatsiyalari kamomadini davlat qisqa muddatli 
obligatsiyalari bilan ta`minlash noinflyatsiya usulining qo`llanilishi bo`ldi. Shu 
erdan ko`rinib turibdiki, O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 
monetar pul-kredit siyosati bir butunlikni tashkil etuvchi ikkita murakkab 
vazifani xal etishi — iktisodiy o`sish jarayonlarini rivojlantirishga 
ko`maklashishi va inflyatsiyani nazorat ostida tutib turishi kerak. Iqtisodiy 
o`sish esa bosh vazifadir, albatta. Islohotlarni moliyaviy ta`minlash 
muammolarini muhokama kilish davomida masalalarning ikki yirik bloki 
ko`ndalang bo`lib turibdi. 


46 
O`zining islohot modeliga ega bo`lgan O`zbekiston iqtisodiy o`sish 
sharoitlarini xam, inflyatsiya sur`atlarini keskin kamaytirish vazifasini ham 
nisbatan osonroq, hal etishning uddasidan chiqmoqda, deb aytish uchun barcha 
asoslar bor. 
O`zbek so`mining hozirgi vaqtda cheklangan ichki konvertatsiyaga ega 
ekanligi va respublika valyuta bozorining holati O`zbekiston Respublikasi 
Markaziy b a nki mo n e ta r si yo sa tini ng ma q sa di va yo`nalishlarining 
o`ziga xosligini yuzaga keltiradi. Bu o`ziga xoslik, eng avvalo, so`mning 
AQSh dollariga nisbatan kursini barqarorlashtirish va ichki valyuta bozorini 
rivojlantirish — monetar siyosatning birlamchi vazifalaridan ekanligi 
namoyon bo`ladi. 
Valyutani tartibga solish sohasidagi mavjud chora-tadbirlar ichki bozorni 
jahon bozorlaridagi r a q o b a t g a
b a r d o s h
b e r a
o l ma g a n
x o r i ji y 
mahsulotlarning endigina o`z ishlab chiqarishini qayta qurayotgan o`tish davri 
iqtisodiyotiga ega bo`lgan mamlakatlarga oqib kelishidan himoya kilishga 
karatilgan. Valyutani tartibga solish shartlari, shu jumladan, konvertatsiya tartib-
qoidasi ayni shunday mollarning ko`plab keltirilishiga to`sqinlik qiladi. 
Keyingi yillarda ichki inflyatsiya darajasining pasayishi O`zbekiston 
tovarlarining eksportini importga qaraganda ancha foydali qilib qo`yishi kerak 
edi. Lekin aslida tamoyil shuning teskarisini ko`rsatadi. O`zbekistonda ishlab 
chiqarilayottan tovar-larning jaxon bozoridagi jozibadorligiga ta`sir ko`rsatishi, 
shu-ningdek, o`zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarning mahsulotni eksport 
qilishdan manfaatdorligini oshirishga ta`sir ko`rsatishi mumkin bo`lgan kuchli 
vosita milliy valyutaning real kursini devalvatsiya qilishdan (devalvatsiya 
sur`atlari inflyatsiya sur`atlaridan yuqori bo`lganida) iboratdir. Shu maqsadda 
so`nggi yillarda O`zbekiston so`mining AQSh dollariga nisbatan silliq, 
deval`vatsiyasi amalga oshirib kelinmoqda. 
So`mni keskin devalvatsiya qilib, ayni vaktda uning ayirboshlash kursini bir 
xillashtirish inflyatsiyaning o`sishiga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga, 
iste`mol bozoridagi ozmi-ko`pmi darajada ayirboshlash kursi bilan bogliq 


47 
bo`lgan bir qancha tovarlarning narxlarini taqqoslash qisqa muddatda narx-
navoning o`sishi unchalik katta bo`lmasligini va uzoq davom etmasligini 
ko`rsatmokda. Dastlabki, sakrashdan keyin narxlar xatto pasayishi, so`ngra 
esa etarli darajada izchil pul-kredit siyosati amalga oshirilsa, barqarorlashuvi 
mumkin. 
Inflyatsiya o`zi bilan birga katta iqtisodiy va ijtimoiy xarajatlarni olib 
keladi. Natijada resurslar noto`g`ri joylashtiriladi va bu o`z navbatida, iqtisodiy 
samaradorlikning pasayishiga olib keladi. Shuningdek, inflyatsiya iktisodiy 
vakillarga o`z faoliyatini kelgusida rejalashtirishga xalaqit beradi, xamda 
ularning olib borilayotgan iqtisodiy siyosatga bo`lgan ishonch darajasini 
pasaytiradi. Bundan tashqari, u milliy daromadni aholining bir qismi 
foydasiga va ikkinchi kismi zarariga qayta taqsimlaydi. Shu boisdan 
inflyatsiyaga qarshi kurash butun dunyoda hukumatning asosiy vazifalaridan 
biri xisoblanadi. O`tish davri iktisodiyotini boshidan kechiraetgan mamlakatlar 
tajribasi shuni ko`rsatadiki, yuqori sur`atdagi inflyatsiya kuzatilgan hamma 
joylarda u aholining turmush darajasiga yomon ta`sir ko`rsatgan. Bunday 
mamlakatlarda barqarorlashtirishga doir barcha dasturlarning diqqat 
markazida inflyatsiyaga qarshi kurash masalasi turishi bejiz emas. 
Amaliyotda o`tish davri iktisodiyoti hukm surgan ko`pgina mamlakatlar 
inflyatsiya darajasini bir yilda 20-40 foizga tushirdilar, lekin uni yanada 
pasaytirish hamma vaqt ham kutilgan natijalarni beravermaydi. O`zbekistonda 
eng katta inflyatsiya 1992-1994 yillarda kuzatildi. 2011 yilda inflyatsiyaning 7,2 
foizni tashkil etdi. Inflyatsiyaning yuqori darajada bo`lishiga sharoit yaratgan 
boshqa omil narxlarning dastavval past darajada bo`lganligidir . O`tish 
davri iktisodiyotini boshidan kechiraetgan davlatlarda ishlab chiqarish va milliy 
daromadning pasayishi natijasida to`lov qobiliyatining tushishi respublikalar 
urtasida tovar aylanmasi sezilarli darajada kamayib ketganligining asosiy 
sabablaridan biri bo`ldi. Bundan tashqari, sobiq Sovet Ittifokining boshqa 
davlatlari bilan ilgarigi iqtisodiy aloqalar buzilganligi, ularning o`z valyutalarini 


48 
kiritganliklari, mustahkam to`lov tizimining yo`qligi O`zbekistonning chet 
davlatlar bilan savdo qilishga o`tishiga ob`ektiv ta`sir ko`rsatdi. 
Yuqorida qayd etilgan masalalar to`la hal qilinsa, O`zbekiston 
Respublikasi Markaziy bankining monetar siyosatini yanada takomil-lashtirish, 
d e m a k k i , n a t i j a d a b a n k t i z i m i n i y a n a d a rivojlantirish mumkin. Bu o`z 
navbatida iqtisodiy o`sish sur`atlarini oshirishi va natijada aholining turmush 
darajasini yanada oshirishi mumkin.
Umuman olganda, O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki monetar 
siyosati o`ziga xos xususiyatlardai kelib chiqmokda. Xulosa kilib aytganda, 
Markaziy bankning monetar siyosati ta`sirchanligi qanchalik oshsa, shu 
darajada iqtisodiyotimiz barqarorligi kafolatlanadi. 
O`zbekiston Respublikasi Markaziy Banki pul-kredit siyosati makroiqtisodiy 
barqarorlikni mustahkamlashga, inflyatsiya jarayonlarini ushlab turish, milliy 
valyutamiz kursining barqarorligini ta`minlash, iqtisodiyotning real sektorini 
rivojlantirishni rag`batlantirishga qaratilgan. Byudjet-soliq sohasida ham pul 
muomalasini boshqarish bo`yicha chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish 2012 
yilning 9 oyi mobaynida iste`mol narxlari indeksini, tijorat banklarining foiz 
stavkalarini pastlatish va mos ravishda iqtisodiyotning real sektorini kreditlash 
hajmining sezilarli o`sishiga yordam beruvchi darajada barqarorlashtirishga imkon 
berdi. 
2-jadval 

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish