Namuna:
Jizzax viloyati viloyati
Baxmal tumanidagi 9-sonli maktabning
1-“b” sinf oʻquvchisi Norqulova Nozimaning
Husnixat fanidan tutgan daftari.
3.1-sinf oʻquvchilarining daftari oʻqituvchi tomonidan toʻldirib beriladi.
4. Oʻquvchilarning har bir daftarida hoshiya boʻlishi shart.
5. 2-sinfdan boshlab mashqning tartib raqami, qayerda (sinf yoki uyda) bajarilganligi yozib qoʻyiladi.
Namuna:
Sinf ishi 9, 10, 11- masala.
6. Harf yoki bo'g'in hamda so'zlarning tagiga ehtiyotkorlik bilan chiroyli va tekis qilib chiziladi.
7. Xato yozilgan harf yoki harfiy birikmalarni namuna sifatida daftar hoshiyasiga yozib qo'yiladi.
8. Noto‘g‘ri yozilgan harflarni bo'yash, o'chirish yoki qavs ichiga olib qo'yishga ruxsat berilmaydi.
9. Mashqlarni bajarishda, matn yozishda xatboshidan yozish qoidalariga amal qilish talab qilinadi.
O'qituvchi tomonidan yuqoridagi qoidalarga to'liq amal qilinsa maktab o‘quvchilari har doim daftarlarini yuritishda hech qachon xato qilmaydi va ular kelgusi hayotida ham shunday tartibga amal qilishda davom etadi.
O'qituvchi o'quvchilarning yozuv qurollari va o'quv materiallarini muntazam ravishda tekshirib borishi asosiy vazifa sanaladi.
Dastur talabi bo'yicha 1-sinf o'quvchilari yozuv yo'li 4 mm, bosh harflar uchun 8 mm bo'lgan qiya chiziqlari siyrak bo'lgan 2 chiziqli daftar tavsiya etiladi.
2-4- sinflarda chiziqlari 8 mm bo'lgan 1 chiziqli daftar tutishi lozim. Kichik harflarning bo'yi 3 mm, bosh harflarning bo'yi 6 mm, raqamlarning bo'yi esa harflardan 2 marta qisqa bo'ladi.
1-2-sinflarda husnixat uchun maxsus, alohida daftarlarga, 3-4-sinflarda esa ona tili daftarlariga yozilishi talab etiladi.
1-2-sinflarda foydalaniladigan daftarlarda qiya chiziqlar orasidagi masofa 30 mm va qiya chiziqlarsiz kichik harflar yoziladigan parallel chiziqlar orasidagi masofa 4 mm ga teng bo'lgan ikki chiziqli daftar tavsiya etiladi.
Qiya chiziqlari siyrak bo'lgan ikki chiziqli daftarga yozdirib borish va mashq qildirish orqali 1-sinf o‘quvchilarini mayda harflar bilan tez yoshishga o‘rgatiladi.
Bunday daftarlarda mashq qilish o‘quvchilarga harflarning eni va ularning orasidagi masofani ko'z bilan chamalash, qiyaligiga rioya qilish imkonini beradi.
1-sinf o‘quvchilariga ,, Husnixat'' fani 3-chorakdan ya'ni 2-yarimyillikdan boshlab o‘tiladi. Birinchi o'rinda o'quvchilarga daftarlariga sana va oyni yozish o‘rgatish kerak. Ularga xatboshidan yozish odati shakllanadi.
Daftarga sarlavha yozdirilganda sarlavha va matn orasida joy qoldirmasdan yozishni o‘rgatish kerak.
Daftarga yozish jarayonida o'quvchilarga o'z ustida ishlash va yozuv jaryonida qilingan xatolarni to'g'irlash o'rgatiladi.
Bu holda xato yozilgan harf bo'yalmasdan ustidan chiziq tortib ustiga to'g'ri harfni o'rgatiladi.
Daftarlarni to'g'ri yuritishni qo'yar ekan quyidagilarga amal qilishi kerak:
1. Sana yoki tartib raqami qayerdan yozilishini tushuntirishi kerak.
2. Qatorning qayeridan so'z boshlash lozimligini tushuntirishi kerak.
3. Qatorlardagi so'zlar orasidagi masofa qancha bo'lishi kerakligini tushuntirishi kerak.
4. Avvalgi va keyingi ishlar orasida qancha joy qoldirish kerakligini tushuntirishi kerak.
5. Betni qanday yakunlash kerakligini tushuntirishi kerak.
Har bir o'qituvchi o'quvchilariga yuqoridagi jarayonlarni birma-bir tartib bilan tushuntirishi, ularda estetik madaniyatni bosqichma-boshqich shakllantirib borishi lozim. Ana shundagina biz ko'zlagan maqsadimizga erishgan bo'lamiz.
O'quvchilarda chiroyli yozuv malakalarini shakllantirishning yana bir usuli shundan iboratki, maktablarda o‘quvchilar tomonidan har hafta diktant, insho, bayon va shu kabi chiroyli yozuvni shakllantirishda yordam beradigan yozuv daftarlarini tashkil etish.
Bu jarayonda biz quyidagi ishni amalga oshirishimiz mumkin:
Daftarlarni o'quvchilar yozib bo'lishgandan so'ng yig‘ib olamiz va ularni tekshirib kelamiz. Eng chiroyli va tartibli yozilgan daftarlardan eng kamida 3 tasini tanlaymiz va sinf burchagida tashkil etilgan ,, Kimning xati chiroyli'' doskasiga namuna uchun ilib qo'yamiz va bunda daftarlari namunali deb topilgan har bir o'quvchini mukofotlaymiz. Ana shunda qolgan o'quvchilar ham yanada chiroyli va tartibli qilib yozishga harakat qilishadi.
Biz bu jarayonni nafaqat, o'z sinfimizda, balki, butun maktab miqyosida ham amalga oshirishimiz kerak deb hisoblayman. Chunki, o'quvchi 4 yil bitta o'qituvchidan saboq olib keyingi sinflarda esa turli o'qituvchilar bilan o'z faoliyatini olib borishiga to'g'ri keladi. Bu esa o'quvchilarning yozuvlarida anchagina o'zgarishlarni yuzaga keltirishi mumkin.
Bu jarayonlarni amalga oshirib biz o'quvchilarni tartib-intizomga rioya qilishga, kelajakda ham tartibli inson bo'lishlariga ma'lum darajada turtki va sababchi bo'lamiz deb o'yalayman.
Do'stlaringiz bilan baham: |