D. tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi


§. Dars o‘tish metodlarini tanlash mezonlari



Download 0,89 Mb.
bet8/54
Sana14.03.2020
Hajmi0,89 Mb.
#42489
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   54
Bog'liq
Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi. Tojiboyeva D.

§. Dars o‘tish metodlarini tanlash mezonlari

0‘qituvchi darsni rejalashtirar ekan, albatta, uni qanday metod asosida o'tkazish haqida bosh qotiradi. Yuzaki qaraganda, har bir mavzuni xohlagan metodni qo'llab o'tkazaversa bo'Iadi, lekin amalda buning iloji yo'q. Bunga qator obyektiv va subyektiv sabab- lar, mavjud sharoit salbiy ta’sir ko'rsatadi.

Psixologiya, pedagogika bo'yicha o'quv va ilmiy adabiyotlarda dars o'tish metodini tanlashga ta’sir qiluvchi juda ko'p omillar ko'rsatiladi (I bob, 3-§ ga qarang).

«Metodika prepodavaniya ekonomicheskix dissiplin» kitobi mualliflarining fikricha ta’lim metodini tanlash yoki aniqfashning oltita umumiy shart-sharoitlarini ajratib ko'rsatish mumkin.1

Bular:

  1. O'qitishning qonuniyatlari va tamoyiliari.

  2. Fanning mazmuni va o'rganish metodi, jumladan, uning predmeti va mavzulari.

  3. O'qitishning maqsadi va vazifalari.

  4. Talabalarning o'quv imkoniyatlari (yoshi, tayyorgarlik dara­jasi, guruhning xususiyatlari).

  5. Tashqi sharoitlar (geografik, ishlab chiqarish, atrof-muhit).

  6. O'qituvchilarning imkoniyatlari.

Turli-tuman omillarning dars o'tish metodini tanlashdagi o'rinlarini ierarxik tarzda joylashtiradigan bo'lsak, ko'pchilik psixologlar va pedagog olimlarning fikricha, birinchi o'rinda ta’limning maqsadi turadi. Aynan dars o'tish maqsadida biz nimaga erishishimiz lozimligi ifodalanadi, erishishimiz zaair bo'lgan natija belgilanadi. Ikkinchi o'rinda ta’limning motivatsiya darajasi turadi.

Motivatsiya — bu biologik jihatdan insonning irsiy va to‘plangan tajribasi asosida individual va guruhiy ravishda ehtiyoj- larini qondirishga yo'naltirilgan, undaydigan tuyg‘u. Insonni o‘qishga o‘rganishga ham ana shu tuyg‘u undaydi. Subyektiv nuq- tayi nazardan esa motivatsiya birinchi o'rinda turadi. O'qituvchi dars o'tish metodini tanlar ekan, albatta, o'quvchi, talabalardagi motivatsiya darajasiga e’tibor berish kerak.

Dars o'tish metodini tanlaganda ta’lim qonuniyatlari va prin-


1 Н.Ходжаев, П.З.Хошимов, Т.Т.Джураев, О.Б.Гимранова. Методика препо­давания экономических диссиплин. Т.: 2004, стр. 16.



siplarini1 realizatsiya qilishni nazardan qochirmaslik kerak (qonuni- yat - obyektiv amal qiluvchi hodisalarning muhim aloqadorligi, bog'lanishlari va ularning qonunlari, qonuniy asosda tabiiy ravishda oz-ozidan kelib chiquvchi muqarrar ish, hodisa va boshqa shu kabilar).

Har bir fanni o'rganishda dars o'tish metodlari ta’lim qonuni- yatlaridan, didaktik prinsiplardan kelib chiqqan holda tanlanadi.

XV—XVI asrlarda mashhur olimlar bilishning asosiy qonuni- yatlariga faqat o'qitishning emas, balki axloqiy tarbiyalashning ham yetakchi asosi sifatida qaraganlar.2

Ijtimoiy-pedagogik qonuniyatlar quyidagilarda ifodalanadi:

  • ta’lim jarayoni jamiyat taraqqiyotini aks ettiradi;

  • ta’lim va tarbiya jarayoni hamda o'quvchi — talabalar tafak- kurini rivojlanishi bir-biri bilan uzviy bog'langan;

  • o'qitish va o'rganish jarayonlari yaxlit ta’lim jarayoni, muay­yan ta’lim mazmuni bilan bir-birini taqozo etadi va ikki to- monlama qonuniy aloqani tashkil etadi;

  • o'quvchi, talabani biron-bir faoliyatga o'rgatish uni shu faoli- yatga maqsadga muvofiq jalb etish orqali amalga oshiriladi;

  • o'qitish maqsadi va o’quv yurti ta’lim mazmuni, o'qitish me­todlari va shakllari o'rtnsidagi qonuniy bog'liqlik;

  • o'quv jarayoni o'quvchi - talaba maqsadining o'qituvchi maqsadiga muvofiq bo'lishi tufayli amalga oshadi. Bunda o'qituvchi faoliyati o'/.lashtirishi lozim bo'lgan mazmuniga mos bo'lishi shart;

  • ta’lim mazmunini o'zlashtirish sur’ati va puxtaligi, o'qituvchi tomonidan amalga oshirilishi lozim bo'lgan o'quv faoliyatiga, o'quvchi, talabalarni bilishga bo'lgan qiziqishini ta’minlash;

  • ularning har tomonlama rivojlanishi, kamol topishi uchun o'zlashtirishi mumkin bo'lgan o'quv jarayoniga qay darajada jalb qilinishi;

  • o'zlashtirilgan o'quv materiali mazmunining puxtaligini ta’minlashda mavzuni to'liq yoki qisman takrorlash.

O'quv jarayonida talabalar bilim qonuniyatlaridan qanday foy-


1 Prinsip (lotincha principium — asos, boshlanish):

  • Nazariya, ta'limot, fan, xatti-harakatning asosiy qonun-qoidasi.

  • Kishi qattiq ushlab olgan, og‘ishmay amal qiladigan qoida, nuqtayi nazar, qarash, maslak, yetakchi g‘oya.


2 R. Mavlonova, O.To‘rayeva, K. Xoliqberdiyev. «Pedagogika». Т.: «0‘qituvchi», 2001, 185-bet.



dalanishlari didaktik prinsiplarga amal qilish bilan bog'liqdir.

Albatta, dars o'tish metodlarini tanlayotganiinizda fanni o‘rganishga qo'yilgan talablar va fanning mazmuniga alohida ahamiyat berish lozim. Bir fanni o'zlashtirishda yaxshi natija ber- gan metod boshqa fanga talabalarni chuqur o'zlashtirishlari uchun yaxshi yordam bermasligi mumkin. Shuning uchun ham dars o'tish metodlarini tanlaganda, albatta, fanning xususiyatlariga alohida diqqat qaratish lozim.

Fanni o'rganishda o‘quv materialining murakkabligi va miqdori ham muhim rol o'ynaydi. Demak-; dars o'tish metodini tanlashda fanning bu jihatlarini ham hisobga olish lozim. Masalan, oliy o'quv yurtlarida iqtisodiyot nazariyasi, akademik litsey, kasb-hunar kollej­larida iqtisodiyot asoslari fanini o'rganishda abstrakt tafakkur ni­hoyatda katta rol o'ynaydi. Buxgalteriya hisobi, tahlil, soliq va boshqa shu kabi fanlarda amaliy metodlar fanni o'rganishga katta yordam beradi. Demak, metodlarni muvofiq ravishda tanlash lozim.

Dars o'tishda qanday metodni tanlash o‘rganilayotgan fanga, uning xususiyatlariga, o‘rganiladigan mavzularga bog'liq. Masalan, statistika fanida iqtisodiy ko'rsatkichlarni hisoblash asosiy rol o'ynasa, buxgalteriya hisobi fanida esa hujjatlashtirishga asosiy diqqat qaratiladi. Bir mavzuning mazmuni munozarada chuqur o'zlashtirilsa, ikkinchisiniki, masala-masliq yechishda ko'proq tu- shunarli bo'Iadi.

Dars jarayonini qanday metod asosida tashkil etishda o‘quvchi

  • talabalarning o‘rtacha bilim darajasi ham muhim rol o'ynaydi.

Guruhda talabalarning bilim darajasi yuqori bo'lsa, muvofiq ravishda ijodiy izlanishga undaydigan metodlarni qo'llash zarur. Bu ularni yanada ko'proq o'qishga, izlanishga olib keladi. Bilim dara­jasi past bo'lsa, ularga fanning mazmunini o'zlashtirishga yordam beruvchi metodlarni tanlagan ma’qul.

Dars o‘tish qiyin bo'lgan guruh talabalarning bilim darajasi bir-biridan keskin farq qiladigan guruhdir. Shuning uchun bunday guruhlarda bilimdonlar boshqalarga yordam berishiga erishishga, fanni o'zlashtirishga ko'maklashadigan metodlarni ko'proq tanlashga to'g'ri keladi.

O'qituvchi dars metodini tanlar ekan talabalarning faolligi, qiziqishini ham hisobga olishi zarur. Talabalarning qiziqishi past guruhlarda ularning faolligini oshiruvchi, fanni o'rganishga qiziqish uyg'otuvchi metodlarni qo'llash zarur. Bunda modellashtiruvchi o'yin turli qiziqarli mashqlar, konkurslar o'tkazish, talabalarga in­dividual topshiriqlar berish, aytaylik, biron iqtisodiy ko'rsatkich-



larni o'zgarishidan qanday xulosa chiqishi borasidagi fikrlashlar bi­lan kechadi.

Talabalarning faolligi yuqori guruhlarda ularni o‘z ustida mustaqil ishlashlarini ta’minlovchi, erishgan darajada qotib qolmay, yanada ko'proq bilishga undovchi metodlarni qo'llash muhim.

Dars o‘tish metodining ustun darajada bajaradigan funksiya- lari. Ta’lim berish ko’zda tutilsa bir xil, olingan bilimni nazorat qilish lozim bo’lsa boshqa xil metod qoilash zarur.

Suningdek. olinadigan bilim, malakaning zaruriy manbalariga ko’ra metod tanlash-muhim ahamiyatga ega ( I bob, 3§ga qarang). -

Dars o'tish metodini tanlashda ta’lim berish muddatini ham hisobga olish zarur. Ma’lumki, vaqt inson uchun eng cheklangan resurs. Shuning uchun talabalarni doimo vaqtdan unumli foydala- nishga o'rgatish zarur. Fanni o'rganishga umumiy qancha vaqt ber- ilgani, shulardan mavzularga qancha vaqt ajratilganiga qarab, dars o'tish zarur.

Shubhasiz, dars o'tish metodlarini tanlashda moddiy-texnik baza, o'qitishning tashkiliy shart - sharoitlari ham muhim o'rin tutadi. Shuning uchun o'qituvchi har bir mavzuga ajratilgan vaqt­dan kelib chiqib, maqsadga erishish uchun o'rganilishi zarur bo'lgan asosiy savollarga ko'proq vaqt ajratishi, shunga muvofiq dars o'tish metodini tanlash va uni o'tkazishni rejalashtirishi zarur.

Dars o'tish metodini tanlashga ta’sir etadigan yana bir omil darsning sliakli va tarkibidir. Albatta, nazariy darsda tanlangan me­todni, amaliy darsda ham qo'llash kutilgan natijani bermaydi. O'qitish metodini tanlashda guruhdagi talabalar soni ham katta rol o'ynaydi. Kichik guruhlarda muvaffaqiyat bilan qo'llanilgan metod­lar katta guruhlarda kutilgan natijani bermasligi mumkin yoki umuman qo'llash qiyin bo'Iadi.

Dars jarayonida qo'llaniladigan metodni tanlashda o'qituvchi bilan talabalar o'rtasida o'quv jarayonida shakllanadigan munosa- batlarda o'zaro hamkorlikka diqqat qaratilsa, boshqalarida avtori- tarlik ustun. Dars o'tish metodini tanlashda eng muhim omil bu o'qituvchining darsga tayyorgarligi darajasidir. Chunki qaysi me­todni qo'llash, qanday qilib dars o'tish, darsning mazmuni talabalar ongiga yetkazish o'qituvchiga, uning bilimi, salohiyati, kasbiy ko'nikmasi, mahoratiga bog'liq.

Yuzaki qaraganda dars o'tish metodini tanlash murakkab emas. Ularni qanday qo'llash uchun o'qituvchida tajriba bor. Ulardan bi- rortasini tanlasa bo'ldi, deya fikr yuritamiz. Lekin ko'rib o'tgani- mizdek, dars jarayonini tashkil etishga ko'plab omillar ta’sir qiladi.





Bundan tashqari real jarayonga kutilmagan holatlar, sabablar ta’sir qilishi mumkinki, uni avvaldan ko'rib, hisobga olib bo‘lrnaydi. Dars o‘tishda samarali metodlarni qoilash deganda, mavjud turli-tuman metodlarni orasidan qabul qilingan mezonlar bo‘yicha mavjud sharoitda eng yuqori natijaga erishiladigan metod­larni qoilash tushuniladi. Ular har bir fan, mavzu, savol, guruh uchun turli-tuman boiishi mumkin.

Dars o‘tish metodlarini tanlashda yangi mavzuni, materialni o'rganilishi, uni mustahkamlash, mavzuni umumlashtirish va dars jarayoni bosqichlari ham katta rol o'ynaydi.

Mavzuni o'rganish uchun metod tanlashda komterdan foy­dalanish katta imkoniyatlarga ega. Dars o'tish metodini tanlashning asosi algoritmlar boiib, 0‘qituvchi belgilangan mezonlar orqali mavzu, uzviy savolni o'rganish uchun kompyuter yordamida opti­mal metodlarni tanlaydi. Hozirgi paytda 60 dan ortiq metodlarni 35 ta shartlar asosida tanlaydigan «Metod» dasturlari boiib, ular so'zsiz o'qituvchiga dars o‘tish metodini tanlashda katta yordam beradi.

  1. §. Iqtisodiy fanlarni masofadan o‘qitish metodini qoilashning obyektiv asoslari, afzalliklari va muammolari

Taraqqiyot tufayli hayotimizga kompyuter, internetning kirib kelishi, o‘qish, o‘rganishning muhim metodi sifatida masofadan o'qitishni shakllanishiga, rivojlanib borishiga olib keldi. Yoshlarning chuqur bilim, malaka, ko‘nikmaga ega bolishga ehtiyojlarini qon- dirishi mumkin bolgan yuqori malakali professor-o'qituvchilar bi­lan ta’minlangan bilim maskanlarining markazda va yirik shahar- larda joylashgani masofadan o‘qitish tadbirlarining vujudga kelishiga turtki berdi.

Hayotda shunday kategoriyadagi kishilar borki, ular o‘z bilim­larini oshirishga, tinmay izlanishga ehtiyoj sezadilar. Lekin uni amalga oshirish uchun an’anaviy ta’lim tizimi xizmatlaridan foy- dalanishga imkoniyatlari yo‘q. Ular uchun eng qulayi o‘z xizmat vazifalarini bajargan holda malakalarini oshirishdir. Bunday ehtiyoj- ni masofadan o'qitish yordamida qondirish mumkin.

Masofadan o'qitishni qulayligi shundaki, undan barcha aholi qatlamlari foydalanishi mumkin. Masofadan (distansion) o'qitish talabani mustaqil bilim olishga asoslangan ta’lim jarayonini yangicha tashkil etishdir. Ta’lim olish jarayoni, muhiti shu bilan xarakterlanadiki, bilim olayotganlar o'qituvchidan vaqt va masofa





jihatidan ajralgan holda, uzoqda, lekin telekommunikatsiya vosita­lari yordamida dialog olib borish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Masofadan o'qitish o‘quv materialini xatlar, topshiriqlar yoki audiovizual vositalar orqali mustaqil o‘rganishdir.

Masofadan o'qitish o'ziga xos qator afzalliklarga ega bo'lib, ular quyidagilardir:

  1. Saboq olayotganlar an’anaviy o'qishga o'xshab ma’ruza, seminar darslarga muntazam qatnashmaydilar. Ular o'rganayotgan fanini, kursini o'zlashtirishi uchun, mutaxassislik bo'yicha zarur bilimlarni olishga qaneha vaqt zarur bo'lsa, shuncha o'qiydi.

  2. O'qish jarayonini ishlab chiqarishdan ajralmagan holda, kas- biy faoliyat bilan birgalikda olib borish mumkin.

  3. Respublikamizning eng chekka hududlarida yashayotganlar ham yurtimiz va chet ellik eng taniqli professor-o'qituvchi olimlar- dan saboq olish, jahonning mashhur kutubxonalari fondidagi noyob asarlar bilan tanishish imkoniga ega bo'ladilar. Undan tashqari o'qitish har ikki tomon uchun qulay vaqtda, sur’atda, kelishilgan holda olib borilishi mumkin.

  4. Masofadan o'qitish keng yoyilgan mamlakatlar tajribasi, hi- sob-kitoblari shuni ko'rsatadiki, an'anaviy ta’lim tizimiga qaraganda bu 10—50 foiz arzonga tushadi.

Xarajatlarni pasaytirishga o'quv xonalari, texnik vositalardan samarali foydalanish, o'quv materiallarini konsentratsiyasi va unifi- katsiyasi orqali erishiladi. Shubhasiz, ana shu afzalliklarni hisobga olgan holda respublikamizda ham keyingi paytlarda masofadan o'qitishni yoiga qo'yishga katta e’tibor qaratilmoqda. Lekin maso­fadan o'qitishni respublikamiz miqyosida joriy etish biz xohlagani- mizdek tezda amalga oshirilishi qiyin. Sababi, qator muammolar mavjudki, ularni yechmay turib, qo'yilgan maqsadga erishib bo'lmaydi. Eng awalo, masofadan o'qitishni tashkil etish uchun muvofiq ravishda infratuzilmani yaratishni talab qiladi. Zarur miqdorda dasturlar bilan kompyuterlarga ega bo'lib, ularni umumiy tarmoqqa ulashni tashkil etish kerak. Masofadan o'qitish yangi in- formatsion texnologiya, kompyuter, audio, videotexnika, telekom­munikatsiya vositalari tizimini talab qiladi, uni shakllantirib, xizmat ko'rsatishni yo'lga qo'yish lozim.

Virtual axborotdan foydalanmoqchi bo'lganlar uchun ku- tubxona fondlari kompakt disklar, muvofiq ravishda kataloglar bi­lan ta’minlash, ularni umumiy tarmoqqa birlashtirish zarur. O'quv adabiyotlarining elektron variantlarini kompleks tarzda tayyorla- nishiga ahamiy: t berish zarur. Fanlar, kurslar bo'yicha ta’lim maz-





muni davlat ta’lim standartlari talablariga mos o‘quv komplekslarini yaratish lozim. Bu holda darsliklar, qo'llanmalar o'rganilayotgan fan bo'yicha masala, mashq, testlar, glossariy, o'z-o'zini tekshirish uchun savol-javoblar, ko'rgazmali qurollar hozirlanishi, o'quv me­todik to'plamlarning elektron variantlari yaratilishiga ahamiyat be­rish zarur.

Iqtisodiy fanlarni o'rganish ancha murakkab bo'lib, o'rganuvchidan kuchli iroda va sabr-toqat, tinimsiz izlanislmi, o'z ustida ishlashni talab qiladi.

Ma’Iumotlar, dalillar o'zgarishi qanday natijaga olib kelishi, ular asosida to'g'ri xulosa chiqarishni bilish iqtisodiy fanlarning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi.

Iqtisodiy yo'nalish bo'yicha bilim olayotgan yoshlar uchun, ayniqsa, iqtisodiy fanlarni, awalo, iqtisodiyot nazariyasini chuqur o'rganish muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiyot nazariyasi, boshqa iqtisodiy fanlarni masofadan o'qitish uchun zarur elektron o'quv darsliklari, qoilanma, uslubiy adabiyotlar tayyorlaganda buni al­batta hisobga olish zarur. Lekin hali ana shu talablarga javob bera- digan o'quv, uslubiy adabiyotlar yaratilganicha yo'q. Ularni yaratish mashaqqatli mehnatni, vaqtni talab qiladi.

Bundan tashqari, masofadan o'qitish o'qishni xohlaganlardan o'z ustida tinimsiz ishlash, o'z vaqtini to'g'ri tashkil etish, ma’lum darajada boshlang'ich bilim va ko'nikmaga ega bo'lishni talab qiladi. Bunga, albatta, katta miqdordagi mablag', vaqt, mehnat za­rur.

Qo'yilgan maqsadni qisqa muddatda amalga oshirish uchun esa talabalarga dastlabki bilim beruvchi, o'quv adabiyotlari kompleksini tayyorlovchi professor-o'qituvchilardan boshlab, masofadan o'qitishni tashkil qilishga mas’ul yuqori boshqaruv bo'g'inlari vakil- larigacha o'z ishlariga mas’uliyat bilan yondashishlari talab qilinadi. Bu yerda yana bir narsani unutmaslik kerakki, talaba bilan o'qituvchi o'rtasidagi jonli muloqotni o'z o'rni bor, uni hech narsa bosa olmaydi. Masofadan o'qitish texnologiyasi ko'p miqdordagi talabalarga mo'ljallangan. Agarda ularning soni kam bo'lsa, sarf- xarajatlarni oshib ketishiga olib keladi.

Xulosa



  • Hozirgi zamon talabiga ko'ra maqsad tayyor bilimni o'zlashtirish emas, balki asosiysi o'quvchi-talabalarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishdir. Shu bilan birga ularda mustaqil





tanlash, qaror qabul qilish qo'nikmasini hosil qilish bo'lib, bunday xislatni tarbiyalash ko‘p jihatdan dars o'tishda qo'llaniladigan me- todlarga bog'liq.

Chunki, awalo,. insonning xislatlari bir-biridan farqlanadi, olingan axborotni eslab qolish qobiliyatlari ham. Dars o'tish shakl­lari, ularda qo'llangan turli-tuman metodlar esa ana shu xislatlarga muvofiq ravishda ko'proq axborot olish, uni tushunish, xotirada saqlash taqqoslash, to'g'ri qaror qabul qilishga yordam beradi.

  • Metod bu keng qamrovli, serqirra, murakkab tushuncha. Dars o'tish uchun metod tanlash ko'zlangan maqsad, qo'yilgan vazifalarga, ma’lum bir metodning imkoniyatlari va boshqa qator omillarga ko'ra belgilangan mezonlar asosida amalga oshiriladi. O'qituvchi barcha omillarni hisobga olgan holda mavjud mezonlar yordamida dars o'tish metodini tanlashi lozim.

Asosiy tayanch tushuncha va atamalar

Axborot qabul qilish, tahliliy fikrlash, insonga xos individual xususiyatlar, introvert, ekstrovert, o'qitish piramidasi, interaktiv metodlar, motivatsiya, prinsip, pedagogik qonuniyatlar, masofadan o'qitish.

Takrorlash va munozara uchun savollar



  1. Iqtisodiy fanlarni o'rganishda turli metodlarni qo'llash za- rurligining asosiy sabablari nimada deb o'ylaysiz?

  2. Axborot qanday tarzda qabul qilinsa, uni eslab qolish dara­jasi eng yuqori bo'Iadi? Buning sababi nimada deb o'ylaysiz?

  3. O'quv jarayonini tashkil qilishda qanday qiyinchiliklar bo'lishi mumkin?

  4. Turli metodlarni qo'llab dars o'tishning ijobiy tomonlari ko'pligiga qaramay, nima sababdan hali ham turli interaktiv me­todlarni qo'llash talab darajasida emas?

  5. An’anaviy dars o'tish metodi bilan talabalarni faolligini oshiruvchi (interaktiv) metodlar qaysi jihatlari bilan farqlanadi?

  6. Dars o'tishning asosiy metodlarini sanab bering. Ularni qisqacha tafsilotini ayta olasizmi?

  7. Dars o'tish metodlarini qanday mezonlarga ko'ra tanlaganimiz ma’qul?

  8. Dars o'tish metodlarini tanlash osonmi?





Dars o'tishning tashkil etish, metodlarni tanlashda o'quv jarayonini tashkil etish shakllari muhim o'rin tutadi. O'quv jarayo- nining asosiy bo'g'ini, shakli ma’ruza bo'lib, mazkur bob ma’ruzaga qo'yiladigan asosiy talablar, bayon qilish metodlari, ma’ruza matnini tayyorlash, muammoli izlanish, texnologik yon­dashuvlar asosida ma’ruza darsi o'tishni o'rganishga bag'ishlanadi.

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish