1. Risk menejmentni tashkil etish bosqichlari



Download 46 Kb.
Sana02.12.2022
Hajmi46 Kb.
#877251
Bog'liq
1. Risk menejmentni tashkil etish bosqichlari


1.Risk menejmentni tashkil etish bosqichlari.
Risk menejmentning pirovard maqsadi foyda va xavfni optimal darajada bilish,

maqbul nisbatda foydani qo’lga kiritishdan iborat.

Obektni boshqarish funksiyasi – bu funksiyaning vazifasi riskning yuzaga

kelishini, qo’yilgan kapitalga riskning ta’sirini va ta’sir doirasinikamaytirish,

aniqlashni, riskni sug’urta qilishni, ishlab chiqaruvchilar subektini iqtisodga

munosabati va aloqasini ochib beradi.

Subektni boshqarish funksiyasi – bu riskni tahlil qilish, yo’nalishlarini

aniqlash, boshqarish, kamaytirish va nazorat vazifalarini bajaradi.

Strategik boshqarish – oldiga qo’yilgan maqsadga, yaxshi qaror qabul qilish va

tanlangan qaror asosida maqbul hulosalar chiqarish orqali muhim natijaga erishish


tushuniladi. Maqsadga erishgandan keyin bu strategik boshqarish o’z kuchini

yo’qotadi va stratgik boshqarishni yangi qarorini ishlab chiqishga to’g’ri keladi.

Taktik boshqarish amaliyot usuli hisoblanib, bu menejmentning belgilangan

sharoitda aniq maqsadga erishishi tushuniladi. Taktik boshqarish vazifasi deganda,

biznesda riskni boshqarishni optimal qarorlarini yaratish tushuniladi.
Risk-menejmentining tayor mahsuloti bo’lmaydi, lekin uning uslublari risni

kamaytirishni har hil yo’llari va qo’yilgan topshiriqni zudlik bilan bajaruvchi rejalari

har qanday riskli munosabatlarni oldini olishga yordam beradi. Hosil bo’lgan yoki

yuzaga kelgan risklarni oldini olishda yoki boshqarishda risk-menejmenti aniq va

tezkor bo’lishi muhim rol o’ynaydi.

Tezkorlik - bu yuzaga kelgan hodisalarni risk-menejmenti mantiqiy tomondan

o’ylab o’tirmasdan, qisqa vaqtda shu muammoni yechishni to’g’ri yo’lini topishdir.

Aniqlik – bu riskli munosabatlarda yuzaga kelgan aniq muammolarni yechish

tushuniladi.

Riskning ta’siriga yuqoridagi ikki muhim yo’nalishdagi uslub yordam bermasa,

ya’ni risk darajasi kamaymasa yoki ta’sir doirasi kengayib borsa u holda risk-
menejmenti evristik uslubdan foydalanish mumkin. Bu uslub orqali riskni mantiqiy

jihatdan fikrlash, hayotiy tajribalardan xulosa chiqarish va aniq mezonini ishlab

chiqish mumkin. Evristik uslubda quyidagi fikrlar asos bo’ladi:

1. O’z kapitalingizga nisbatan, ko’p katta riskli munosabatlarga bormang;

2. Kam daromadli, ko’p riskli munosabatga borish mantiqqa mos kelmas;

3. Yuzaga kelgan riskli munosabatlarda doimo to’g’ri uslub tanlash zarur.


Risk menejment asosiy qoidalari

 o’z kapitalidan ortiq risk qilish mumkin emas.

 Risk qilish oqibatlari haqida o’ylash kerak.
Kichik narsa uchun ko’p risk qilish mumkin emas.

 ijobiy qarorlar faqat ikkilanmasadn qabul qilinganda qabul qilinadi.

 Ko’ pikkilangan hollarda salbiy qarorlar qabul qilinadi.

 har doim faqat bir yechim bor, deb o’ylash hato. Balki boshqa yechimlar

ham bor.

 birinchi qoidaga ko’ra investitsiyalar bo’yicha qaror qabul qilishdan oldin

quyidagilarni bajarish kerak:

 Risk bo’yicha maksimal yo’qotishlar miqdorini aniqlash;

 investitsiya qilish miqdori bilan solishtirish:

 barcha moliyaviy resurslarini solishtirish va investorning bankrotlikka yo’l

qo’yilish qo’yolmasliginia niqlash.

 to’g’ridan-to’g’ri investitsiya qilish zarar hajmi, korxona kapitali hajmiga

teng
Risk menejment vazifalari

Risk menejment ikki funksiyadan iborat: ob’ektni boshqarish, sub’ektni

boshqarish.

Risk menejment boshqaruv ob’ekti quyidagilar kiradi:

- risk yechimi

- korxonaning kapital invistitsiyalari

- risk miqdorini kamaytirish uchun qilingan ishlar

- riskni sug’urtalash jarayoni.

Risk menejment boshqaruv sub’ekti vazifalari quyidagilardir:

 prognozlash;

 tashkil etish;
tartibga solish;

 muvofiqlashtirish;

 rag’batlantirish;

 nazoratqilish.

2.Fond bozorini baholashning “Risk qiym ati” (Value at Risk) usulining m ohiyati.
Risklarni baholash usulining hozirgi kundagi eng zamonaviy usullaridan biri

VaR (Value at Risk) orqali amalga oshiriladi. VaR - bu statistik jihatdan yondashuv

bo’lib, bu orqali risklarni baholash jarayonida ehtimolliklar taqsimoti asosiy

tushuncha hisoblanadi. Bu ehtimolliklar bozordagi har qanday iqtisodiy omillarning

qiymatlari bilan bog’liq holda baholanadi. Bu usul orqali moliyaviy risklarni

baholash murakkab matematik formulalar orqali amalga oshiriladi. Sug’urta

faoliyatidan foydalangan holda risklarning oldini olish moliyaviy risklarning olidini

olishning eng asosiy usullaridan biri bo’lib qolmaqda.

So’nggi o’n yilliklar ichida, risk menejmenti moliya nazariyasining alohida

sohasi sifatida tan olinadigan darajaga yetdi. Risk mnejmenti industriyasining

rivojlanishi 70 yillardagi moliya bozoridagi yuqori tebranishlar bilan hamohang

tarzda yuz berdi. VaR risk menejmentida riskni qabul qiluvchilar faoliyati natijasini

baholashda va moliya bozorlarini tartibga solish talablarini ishlab chiqishda

qo’llaniladi. VaR har kanday kompaniyaning faoliyatida qo’llanish imkoniyatiga

egaligiga qaramasdan, u asosan tijorat va investitsiya banklari tomonidan, muayyan

davrda moliya bozorida savdo qilinadigan investitsiya portfelidagi yo’qotishlar

ehtimolini hisoblashda qo’llaniladi. VaR moliyaviy tahlilchilar bozor riskini

baholashda ko’llaydigan standart o’lchovga aylangan. Aniq hisob kitoblarni amalga

oshirish imkoniyatini beradigan metodologiyani ishlab chiqish juda muhim bo’lgani

bois, metodologiyalarni ularning negizini tashkil qiluvchi farazlarni va mantiqiyziddiyatlarni e’tiborga olgan holda hisoblanishini baholash ushbu tadqiqotning bosh

maqsadidir.

Moliya bozori tebranishlari moliyaviy aktivlar taqsimotining, moliyaviy aktivlar

narxlarining aniqlanishining va risk menejmentining nazariyasi va amaliyotida

muhim o’rin tutadi. Ushbu tadqiqot SMA va EWMA modellarining turli ko’rinishlari

va tebranishlariga e’tibor qaratadi. Zamonaviy portfel nazariyasi aktsiyalar bozori va

qaytimni o’zaro bog’laydi.Tebranishlar kaytimning o’zgaruvchanligi orqali

hisoblanadi, lekin investorlar odatda bunday hisoblanishni tan olishmaydi. CHunki,

bu usul o’rtacha qaytimning og’ishlariga bir xil vazn beradi, aslida ba’zi tahlilchilar

riskni kichik yoki salbiy qaytimlarga asoslangan holda hisoblaydilar. So’nggi o’n

yilliklar ichida VaR ning hisoblanishi amaliyotda o’z-o’zini shakllantirib bordi.

SHunga binoan, ushbu tadqiqot VaR ning risk menejmenti instrumenti sifatida

qo’llanishiga doir munozaralarga o’z hissasini qo’shadi. Varning uchta muhim

elementlari bor, ular: yo’qotishning maxsus darajasi, risk baholanadigan davr va

ehtimollik intervali. VaR individual aktivlar uchun ham moliyaviy aktivlar portfeli

uchun ham butun bir firma uchun ham ixtisoslashtirilishi mumkin. VaR SMA va

EWMA modellaridan foydalangan holda 3 ta rivojlangan mamlakatlar( AQSH,

Buyuk Britaniya, Germaniya) va 4 ta rivojlanayotgan mamlakatlar (Serbiya,

Sloveniya, Xorvatiya va Makedoniya) ko’rsatkichlari asosida hisoblangan. Nihoyat,

ushbu tadqiqotning maksadi VaR ni hisoblash metodlarining izchilliginiva aniqligini

ko’rsatish bo’lgani uchun, Binar yo’qotish funksiyasi qo’llangan.

Riskni baholash yoki riskning qiymati (VaR) asosan bozor riski bilan

bog’liq bo’ladi. VaR zaif aktivlar kiymatining o’zgarishi risk darajasini

anglatadi. Ya’ni u aktivlar bahosida noma’lum o’zgarishlar sababli paydo

bo’ladigan yuqotish riskini anglatadi. VaR tartibga soluvchilar va

amaliyotchilar uchun ajoyib yondashuvdir, chunki bu ko’rsatkichni tushunish

oson va ma’lum bir risk darajasini bartaraf etish uchun kerakli bo’lgan

kapital miqdorini taxminan hisoblab beradi. Bu ko’rsatkichning yana boshqa

bir ustunligi portfel diversifikatsiyasi ta’sirini o’z ichiga olish

imkoniyatidir. VaR ning statistik ta’rifi shundan iboratki, u har kun, har
hafta yoki har oyda eng yuqori darajadagi yo’qotishni hisoblab beradi.

Boshqacha aytganda, VaR - bozor riski jihatidan moliyaviy aktivlarning

yoki portfelning statistik yig’indisidir. Ko’zlangan sharoitda VaR muayyan

darajadagi maksimum yo’qotishlarni o’lchaydi. Firmalar ko’plab

risklarning har xil turlari shu jumladan, bozor risklari, kredit

risklari, likvidlilik risklari, operatsion risklar va huquqiy risklar

bilan yuzlashadi. VaR aktivlar qiymatining tebranishi yoki o’zgarish

darajasi sababli bozor risklarini baholash uchun dastlab rivojlandi.

Linsmeir va Pearson VaR uchun quyidagi ta’rifni berishadi: “Ehtimollikni x foiz

va davr t kun deb olsak, kompaniyaning VaR i t kun mobaynidagi yo’qotishning x

foiz ehtimolligiga aytiladi.” Bozor risklari 4 klassga: foiz risklari, aktsiya qiymati

risklari, kurslarni ayirboshlash risklari va tovar qiymati risklariga bo’linadi. VaR

orqali ifodalanadigan asosiy fikr shuki, u portfel riskini oddiy miqdriy jihatdan

baholab beradi.


VaR -juda oson va intiyutiv kontseptsiya bo’lishiga qaramasdan, uning

hisoblanishi juda qiyin statistik muammodir. VaR ni hisoblash usullari odatda

parametrik va noparametrik modellarga bo’linadi. Parametrik modellar risk omili

taqsimlanishining statistik ko’rsatkichlari asosida bo’ladi, noparametrik model esa

simulyatsiya yoki tarixiy modellardir.

Odatda VaR ning hisoblashda qo’llaniladigan metodlar 3 ta kategoriyaga

bo’linadi:

• Tafovut - qoplash metodlari.

• Tasvirlash metodlari.

• Eng ko’p qiymat nazariyasi metodlari.



3.Biznes riskini baholash m aqsadlari va riskni boshqarishda zarur axborotlar.
Xatarlar biznesning ajralmas elementidir va ularning asosiy turlarini bilish va hisoblash imkoniyatiga ega bo'lish muhimdir.
Biznesda qanday xatarlar bor Tadbirkorlik xatarlari tashqi va ichki ko'plab omillarga bog'liq. Tadbirkorlik faoliyati sohasida yuzaga keladigan xatarlarni quyidagilarga bo'lish mumkin: Ishlab chiqarish xatarlari - korxonaning vazifalari va maqsadlarini amalga oshirish bilan bog'liq. Masalan, ishlab chiqarish hajmining pasayishi, etkazib berish rejalarining bajarilmasligi tahdidi; Moliyaviy - kompaniyaning sheriklar oldidagi pul majburiyatlarini bajara olmasligi haqida gapiradi. Ko'pincha moliyaviy xatarlar buxgalteriya hisobi va hujjatlar aylanishidagi xatolar bilan bog'liq. Bunday 10 ta xato va undan qanday qutulish mumkinligi haqida mana bu erda ko'ring.
Tijorat - ko'pincha tashqi sabablarga ko'ra paydo bo'ladi va tovar va xizmatlarni sotish mumkin emasligi yoki uning hajmining pasayishi bilan bog'liq; Sug'urta - bu sug'urta hodisalarining paydo bo'lishi xavfi, ya'ni bashorat qilish va hisoblash mumkin bo'lmagan, ammo ularning pul ekvivalenti o'lchovi mumkin bo'lgan hodisalar. Masalan, mulkni yong'in, toshqin, talonchilik, bosqinchilar tomonidan ataylab etkazilgan zararlardan sug'urta qilish. Ko'pincha xatarlar adolatsiz bilan bog'liq.
Tashkilotning ishbilarmonlik tavakkali Birinchi biznes tavakkalligi tadbirkorni oldida kompaniyani tashkil etish bosqichida yuzaga keladi. Psixologik omil va shaxsiy munosabat katta ahamiyatga ega bo'lishiga qaramay, quyidagilar zarur: kelajakdagi faoliyatning aniq loyihasi yoki sxemasiga ega bo'lish; ushbu sohadagi raqobat darajasini baholash; investitsiya portfelining etarliligini tushunish; o'z imkoniyatlarini ob'ektiv ravishda aniqlash; iqtisodiy sohadagi ushbu sohadagi vaziyatni real baholash. Biznesni rivojlantirishning ushbu bosqichida shaxsiy xavf ham katta ahamiyatga ega. Bo'lajak ishbilarmon o'zining etarli ichki zaxiralariga ega yoki yo'qligini baholashi kerak, ularning asosiylari:
Ajam tadbirkor o'zining barcha loyihalarini amalga oshirishda doimo etishmayotgan vaqt. Biznesni aniq tashkil etish qobiliyati bevosita o'z harakatlarini tanqidiy baholash va oqilona fikrlash qobiliyatiga bog'liqdir. Professional kadrlarni tanlash korxonaning kelgusida muvaffaqiyatli ishlashi uchun muhim shartdir.
Biznes-loyihalar xavfi biznes-loyiha xavfi-bu standart savdo xavfi. Har qanday loyiha uni to'liq yoki qisman amalga oshirishga to'sqinlik qilishi mumkin bo'lgan tahdidlarni baholashga muhtoj. Xavf omillari ikkita katta toifaga bo'linadi: sistematik-bu ko'pincha korxonaning harakatlariga bog'liq bo'lmagan tashqi omillar: siyosiy, iqtisodiy, ekologik, tabiiy va o'z-o'zidan, huquqiy. Sistematik bo'lmagan-tashqi omillarga javob beradigan bo'lsa-da, lekin korxona rahbariyatining muayyan sa'y-harakatlari bilan ta'sirlanib, loyiha doirasida bartaraf etiladi. Tizimli bo'lmagan xatarlar ishlab chiqarish jarayonining o'zi, sanoatning bozor holati, mumkin bo'lgan moliyaviy yo'qotishlar bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Loyihaning tizimli bo'lmagan biznes tavakkalchiliklari, o'z navbatida, guruhlarga bo'linadi: sotishdan olingan daromadning to'liq yoki qisman etishmasligi. Bu tufayli savdo yoki yuqori chiqimlarni qoplash muddati yo'qligi loyihaning samarasizligi bilan belgilanadi.
Bu erda marketing xavfi katta rol o'ynaydi. Bozorni noto'g'ri baholash tufayli loyiha muvaffaqiyatsiz bo'lishi mumkin. Shuning uchun, u, bozor sharoitini o'rganish aniqlash va loyihaga ta'sir qilishi mumkin omillar tasnifi uchun juda muhim ahamiyatga ega (ortib raqobat, bozor cheklash, talabni kamaytirish), salbiy modellarini bartaraf etish yo'llarini aniqlash. Agar rejalashtirish bosqichida kutilgan daromadni noto'g'ri baholash amalga oshirilsa, loyiha xarajatlarining keskin oshishi paydo bo'ladi. Ya'ni, bu holda loyihani amalga oshirish xarajatlari mumkin bo'lgan daromaddan oshib ketishi mumkin va loyiha kompaniyani vayron qilish bilan tahdid qiladi. Bu omillar, masalan, xom ashyo narxlarining kutilmagan o'sishi yoki transport xizmatlari narxining oshishi bilan rejani amalga oshirishning muayyan bosqichlarida yuzaga kelishi mumkin. Bu, shuningdek, texnologik va ma'muriy risklarni o'z ichiga oladi. Bunday omillarning mumkin bo'lgan biznes tavakkalchiliklari uni ishlab chiqish bosqichida loyihaga kiritilishi kerak. Loyihaning etarli likvidligi odatda uni yakunlash bosqichida paydo bo'ladi. Xavf kichik investitsiya miqdori bilan bog'liq bo'lib, xarajatlarni qoplay olmaydi. Ba'zan u investitsiyalar va moliyalashtirishning vaqtinchalik kelishmovchiligi tufayli ham paydo bo'ladi. Loyihani ishga tushirishda etarli investitsiyalar tufayli loyihani bajarmaslik xavfi. Ushbu xatarlar moliyaviy va tashkiliy bo'lishi mumkin.
Moliyaviy biznes xavfi ushbu turdagi tadbirkorlik faoliyatining har qanday sohasi bilan uzviy bog'liqdir va aslida biznes jarayonlarining xavfi hisoblanadi. Biznes-jarayonlar-bir-biriga bog'liq bo'lgan tadbirlar, ishlar, kompaniyaning yakuniy natijasini olishga qaratilgan harakatlar, foyda, tovarlar ishlab chiqarish yoki xizmatlarni bajarish orqali.
Download 46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish