D. tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi


§. Ta’lim texnologiyasida dars o‘tish metodlarining tutgan о‘mi



Download 0,89 Mb.
bet6/54
Sana14.03.2020
Hajmi0,89 Mb.
#42489
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi. Tojiboyeva D.

§. Ta’lim texnologiyasida dars o‘tish metodlarining tutgan о‘mi

Tn'llm tcxnolugiynslnl o'quv jarayonign joriy etishning dolzarb- llgl quyltlngl /nnirlyntdnn kelib chiqadl:

  • (JjjImiI t|llli)gni) Kadrlar tayyorlash milliy dasturida kti'/liiiigim maqsad - va/ilalarni amalga oshirish, ijtimoiy-siyosiy Imyolda ongli ravishda qatnnsha oladigan, ijtimoiy jarayonlarga faol ta'sir eta oladigan, mamlakat taqdiriga javobgar bo'la oladigan, mas’uliyatni his etadigan, mustaqil va erkin flkrlovchi shaxsni shakllantirish.

  • Jahon talablari darajasida raqobatbardosh mutaxassis kadrlar tayyorlash.

  • Bozor talablariga tezda moslashish.

  • Bozor iqtisodiyotiga noaniqlik doimiy yo'ldosh, qaror qabul qilish ning turli variantlari mavjud va risk bilan bog'liq. Har bir ki­shi vaziyatdan kelib chiqib, mustaqil ravishda eng kam talafot kelti- radigan qaror qabul qilishni o'rganishi.

  • Axborotlar nihoyatda ko'p va xilma-xil, o'qituvchi qanchalik bilimdon va mahoratli bo'lmasin, ularni barcha zarurlarini dars jarayonida o'quvchi, talabaga yetkazib beraolmaydi. Yagona to'g'ri yo'l ularning o'zini faolligini oshirish, muntazam ravishda o'z ustida mustaqil ishlashlarini ta’minlashga o'rgatishdir. Ko'p yillik tajriba orqali ilg'or pedagog olimlar bu maqsadga ta’lim texnolo- giyasi orqali erishish mumkinligini isbotladilar.



Ta’lim texnologiyasi o'z ichiga:

  1. 0‘quv predmeti, har bir o‘rganiladigan mavzu bo'yicha maqsad-vazifalar va ularning ro‘yxatini ishlab chiqish.

  2. 0‘quv maqsadiga erishish yo‘llarini — metodlarini tanlash, ishlab chiqish.

  3. Qo'yilgan maqsadni amalga oshirish va uni qay darajada bajarilganini nazorat qilish uchun topshiriqlar tayyorlash va na- zoratni amalga oshirish.

  4. Erishilgan natijani baholash.

  1. xususiy o‘quv maqsad-vazifalarni qayta ko‘rib chiqish va tuzatishlar kiritish;

  2. nazorat natijalarini tahlil qilish, muvofiq ravishda tuzatish­lar kiritish kabilarni oladi.

Ko'p hollarda metodikani ta’lim texnologiyasi, usulni metodlar bilan aralashtirib yuboriladi. Shu bois, bu tushunchalarga aniqlik kiritish zarur. Metodika, ilgarigi bobda aytganimizdek o'quv jarayo­nini tashkil etish va o'tkazish bo'yicha tavsiyalar majmuasi bo'lib, qanday, qay tarzda, nimalar yordamida o'qitishni o'rgatadi.

Ta’lim texnologiyasi esa qo'yilgan maqsadni amalga oshirish va natijasini ma’lum darajada kafolatlash uchun turli metodlar va vosi­talar orqali o‘qitish jarayonini o‘zaro bog'liq qismlarini bir butun qilib birlashtirish va ma’lum tartib, tizim asosida izchil, mantiqiy ketma-ketlikda bajarishni ko'zda tutadi.

Metodika tushunchasi usul, metod tushunchalarini qamrab oladi. Usul va metod tushunchalari o'zaro bog'liq. Metod usulga nisbatan juda keng ma’noga ega. Metodning o'zi bir necha usul- larni o'z ichiga qamrab olishi mumkin. Shu bilan birga, metod usul sifatida, usul metod sifatida ham namoyon bo'lishi mumkin.

Usul — bu metodning bir unsuri, uning tarkibiy qismi, bir martalik faoliyat, metoddagi alohida bir tashlangan qadam.

O'qitish metodi — murakkab, ko'p o'lchovli, serqirra tushun- cha, agar biz uni fazoviy modelini chizishni uddalaganimizda, qar- shimizda qirralari ko'zni qamashtiradigan va rang-barang tovla- nadigan ajoyib billur namoyon bo'lardi.

0‘qitish texnologiyasi va me- T „ . , . . t .

todifcanmg asosiy farqlari ..Ta, ,m ° ««



jihatlan bilan metodikadan

farqlanib, eng awalo, dars jarayonini bir butun holda konstruktiv qurilishini ifodalaydi. Qo'yilgan maqsadga kora butun dars jarayo­nini bosqichma-bosqich bajariladigan ishlar loyihalashtiriladi.





  • Qanday o‘qitish kerak? degan savolga o‘qitish texnologiyasida salmoqli qo‘shimcha bilan qanday qilib ko‘zlangan natijaga erish- gan holda o'qitish kerak, o'quv jarayonini qanday tashkil etish kerak? degan nuqtayi nazardan yondashiladi.

  • Aniq sharoitdan kelib chiqib, taxminiy emas, kafolatlangan, aniq natijaga erishish mo'ljallangan pedagogik jarayon loyiha- lashtiriladi va uni amalga oshirishga yo'naltiriladi.

  • Erishilgan natijani takrorlash mumkinligi bilan farqlanadi.

  • 04]uvchi talabaga yo'naltirilgan va ularning o'qishdagi mu- vaflaqiyati o'z faoJiyati evaziga ta’minlanadi.

  • O'qituvchi eksperiment emas, aniq belgilangan natija uchun harakat qiladi. Qo'yilgan maqsadni yaratilgan sharoit va belgilangan vaqtda amalga oshirishga shubha qoldirmaslikka asoslangan o'qitish modeliga tayanadi.

  • Kutiladigan natijaga aniq o'quv maqsadi qo'yilib, pedagogik va/.ilalar belgilanganda va o'quv jarayonini tashkil etishda zarur shnroit yarutUganda erishiladi.

O'qitish metodlari, bu - pedagogik texnologiyaning nerv lomlrlnrl, clumki, qo'yilgan maqsadni qanday amalga oshirish, qiiiiilny iliitljiign erishish ayiian qaysi metodni qay tarzda qo'llash lirtiiula liilabalai' bilimining nazoratiga bog'liqdir. Nazorat ham me- todga tayanadi.

Ta’lim texnologiyasida ishlab chiqarish natijasi, «mahsuloti», ya'ni ma’lum malakaga ega bo'lgan mutaxassis tayyorlash uchun ko'riladigan uslubiy tadbirlar majmuasi, boshqacha qilib aytganda, maqsad qo'yish va unga qanday tarzda erishish ko'rsatiladi. Uni umumiy tarzda 63-betdagi chizma orqali ifodalash mumkin.

Ta’lim mazmuni o'z ichiga:

  • ta’lim standartlari;

  • o'quv rejasi;

  • o'quv dasturi;

  • o'quv adabiyotlari oladi.

Pedagogik texnologiyaning komponentlari va dars jarayonini tashkil etishning mazmuni quyidagi chizmalarda ko'rsatilgan.



Ta’lim (dars) jarayonini tashkil etish





  1. §. Ta’lim tizimiga yondashuvlar va dars o‘tish metodlari

Ta’lim tizimidagi o‘ziga xos xususiyatlarni baholash mezonlari, dars o‘tishda o'qituvchining alohida urg'u beriladigan roli va bosh- qalarga ko'ra o'qitishga yondashuvni turli guruhlarga bo'Iish mum­kin.

Bugungi kunda ta’limga yondashuvlar nihoyatda turli - tuman. Ularni atroflicha o'rgangan taniqli olim G. K.. Selevko o'zining «Современный образовательный технологии» kitobida peda­gogik texrrologiyalarni turli jihatdan yondashgan holda -eng ko'p (12)ta guruhga ajratadi. Ularni turli jihatdan guruhlarga bo'lib, chuqur o'rganish pedagogik texnologiyalar fanida amalga oshiriladi.

Biz maxsus fanlarni o'qitish metodikasi fani nuqtayi nazaridan yondashib, o'qitish metodlarini qo'llash jihatidan hoziigi paytda kcng loydalanilayotgan yondashuvlar haqida to'xtalib o'tamiz. O'qituvchining tutgan o'mi, qo'yilgan maqsad, o'qitish metodlari va boshqalarga qarab, ta’lim jarayonini tashkil etishni uch guruhga bo'lifil) mumkin: ko'rgazmali — an’anaviy ^tushuntiruv-illyustrativ) ynndnnhuv, texnologik yondashuv, tadqiqiy-ijodiy yondashuv. ()4|lllfthg(l uch xll yoiulashuvni bir-biridan qanday farqlanishini quy- Itlftgl tilnnia herllgnn qlyonly tnvsifi orqali ko'rish mumkin.

Indvnl mn’llimotlarldan ko'rinih turibdiki, o'qitishga uch xil yondiinhuv konscptual jihatdan bir-biridan farq qiladi. Ko'rgazmali- itn’annvly yondashuvga asoslangan dars o'tishda o'qituvchi bilim bcruvchi sifatida tayyor bilimlarni bayon qilish orqali o'quvchi, ta­labalar ongiga yetkazuvchi pedagogik jihatdan majbur qilishga ta- yangan, ko'pincha o'quvchi, talabalarning initsiativasi, mustaqillika intilishi bo'g'ilgan bo'lsa, texnologik yondashuvda ta’lim o'quvchi shaxsiga qaratilgan, ta’limga tizimli 4aoliyat sifatida yondashiladi. O'quvchi, talaba ta’lim markazida turadi. Insonparvarlik, demo­kratik munosabatlar o'rnatilib, ularni majbur qilishdan voz kechi- ladi. O'qitishga o'quvchi, talabalrning intellektual imkoniyatini hi­sobga olib tabaqalashgan holda yondashiladi. O'qish aqdiy jihatdan rivoj-lanish, mustaqil izlanish, ayniqsa, olingan bilimni amalda qo'Ilashga qaratiladi.

Birinchisida ta’lim paradigmasi:1


1 Paradigma (yunoncha paradeigma so'zidan olingan bo'lib, namuna ma’nosini beradi) fals. va sots. — 1) voqyelikni muhim xususiyatlarini ifodalovchi, uni tushun- chalar tizimida mujassamlashtirgan qat’iy ilmiy nazariya; 2) dastlabki konseptual sxema, muainmoning qo'yilishi va yechilishi, ma’lum bir tarixiy davrda ilmiy jamoada muammoning qo‘yish va yechish modeli, tadqiqot metodlari.




Ko'rgazmali an’anaviy (Tushuntiruv — illyustrativ) yondashuv

Texnologik yondashuv

Tadqiqiy-ijodiy yondashuv

  1. O'qituvchi bilimlarni o'tgatuvchi.

  2. 0‘quv maqsad-vazifalari doimo aniq qo'yilavermaydi.

3 Tayyor bilimlar bayon qilinadi.

  1. Ta'lim berisnning ustuvor me­todlari — bayon qilish va suhbat.

  2. Axborotlarni to‘plash, xotiraaa saqlab qolish, mustahkamlashga doimo undash.

  3. Mashg‘ulotlar asosan akademik xarakterga ega bo‘lib, bo'lg'usi mutaxassislik faoliyati bilan yetarlicha bogianmagan.

Ayrim hollarda bilim olish bosqichlarini bir butun tizimga yetarlicha bir-biri bilan bogian­magan fanlar tashkil qiladi.

  1. Qanday natijaga erishish ko‘- pincha noaniq. Mustaqil fikrlash, qaror qabul qilish ko'nikmasini rivojlanishiga imkon yaratilmaydi.

  1. U‘quv jarayonini tizimli yon- dashuvdan loydalangan holda loyihalash.

  2. Ko‘zlanayotgan natijaga ko‘- ra, maksimal darajada o'quv maqsadlarini aniq qo'yilishi.

  3. O'qitish o'quvchi- talabalarning faol qatnashishi orqali amalga oshiriladi.

  4. Ta’lim jarayonida interaktiv metodlar qo'llaniladi, vaziyatga ko'ra tuzatishlar kiritish mumkin.

  5. O'quvchi-talaba faolligini ta’minlash, mustaqil o'qishga o'rgatish.

  6. Qo'yilgan maqsadga erishish uchun bajariladigan amallarni rivojlantirish va malum ketma- ketlikda amalga oshirish.

  7. Rejalashtirilgan natijalarga kafolatli erishish.

  1. Variantlarni baholash va qaror qabul qilish, muammolarni yechishga qaratilgan.

  2. O'quv jarayonini izlanish, tadqiqot o'tkazisli tarzida tashkil qilish.

  3. Malumotlar to'plasli, gipoteza va faraziarni ilgari si Irish va tekshirish

  4. O'quvchi-talabalarni shaxsiy tashabbusi, yangi bilimlarni mustaqil o'rganishlarini qo'llab- quwatiovchi metodlar.

  5. Mustaqil fikrlash, tahliliy fikrlash faoliyatini yuz berishi uchun muhit yaratish.

  6. Ta’limda hamkorlik qilish eksperiment, tajriba - sinov o'tkazish, modellashtirish.

  7. TahliJiy, tanqidiy, ijodiy fikrlay bilish.



«0‘qituvchi — darslik — o‘quvchi» bo‘lsa, ikkinchisida «0‘quvchi — darslik — 0‘qituvchi» bo‘lib, birinchisida o‘quvchi o'qitishga bo'ysindirilgan obyekt sifatida qaralsa, ikkinchisida, ta'lim jarayonining teng huquqli, mustaqil hamda faol ravishda ilm olishga intiluvchi subyekti sifatida ko‘riladi. Birinchisida «bilim ol­ish — yagona maqsad», xato esa jazolansa, ikkinchisida, «bilim ol- isli - shaxsiy muammolarni yechish vositasi», xatoni har kim ham qilishi mumkin, inson xatolari orqali o'rganadi, uni takrorla- maslikka harakat qiladi, degan pozitsiyadan qaraladi.

An’anaviy yondashuvga, odatda, ko'rgazmali-tushuntiruv, ax­borot-ret sept iv, reproduktiv ,kabi usullar kiritiladi. Ularning mmiiniy tomoni tayyor bilimlarni o'quvchi, talabaga yetkazish, bayon qilishga asoslangan bo‘lib, o‘quvchi bilim oluvchi rolini ba- jaradi. An’anaviy o'qitishda:

  1. Yangi materiallaming deyarli hammasi 0‘qituvchi to- monidan og'/aki bayon qilinadi:

-* bilimlar talabalarga tayyor holda taqiim etiladi;

  • o'qlluvchi turli yo'llar bilan bu bilimlaming qabul qilinishini (Mhkll etadi,

  1. O'quvchlUi hillmni qnhul qilndilar (retsepsiya) va ularni ПМ'ПМ1|й yeliulllnr, oV xotimlnrlda snqlab qoladilar.

V Dnmllk аноним miiNtnqil Ish uchun qo'llaniladi.

  1. Ailtlilorlya mashg'ulotlari paytida darsliklar: ayrim hollarda pedagog tushimtlrishlariga xalaqit bermasligi uchun yoki o'quvchi, lnlahalar diqqalini bu/maslik maqsadida qo'llanilmaydi. Ko‘pincha darslik uyda ham qo'llanilmaydi, uning o‘rnini dars paytida tuzil- gan konspekt bosadi.

  1. Bilimlarni tekshirish asosan mashg‘ulot vaqtining sezilarli (|ismini egallaydigan individual og‘zaki so‘rovlar hamda uzoq mud- datlarda o'tkaziladigan nazorat ishlari yordamida amalga oshiriladi;

  2. Mustaqil ishning nisbiy miqdori juda kam.

0‘quvchi, talabalarni olingan bilim, axborotlarni xotirada saqlab qolish, mustahkamlashga undaladi. Ta’limga an’anaviy- ko‘rgazmali yondashuvda asosan dars o‘tishning an’anaviy (ta’lim jarayoni markazida o‘qituvchi bo‘lgan) metodlari qoilaniladi. Bu metodlarda o‘ziga xos afzallik va kamchiliklar bor.

Metodlarning afzalliklari:

  • aniq, ma’lum tushunchalarni bilish, ma’lum ko‘nikmalarga ega bo‘lish;





  • o'qituvchi tomonidan o‘qitish jarayonini va o'qitish muhiti- ni yuqori darajada nazorat qilish;

  • vaqtdan unumli foydalanish;

  • aniq ilmiy bilimlarga tayanish.

Metodlarning kamchiliklari:

  • o'qitishning bunday tizimini eng jiddiy kamchiligi talabalar­ning mashg'ulotlardagi passivligi va bundan kelib chiqib bilim olish samarasi pastligi;

  • o'qituvchining to'la nazorati barcha o'quvchilar uchun moti- vatsiya ishtiyoqini vujudgalxltirmaydi;

  • o'quvchi, talabalar o'qituvchi bilan bevosita muloqotga kirisha olmaydi;

  • eslab qolish darajasi hammada teng bo'lmagani sababli gu­ruhda o'zlashtirish past bo'lishi mumkin;

  • mustaqil o'rganish va yechimlar qabul qilish uchun sharoitlar yaratilmaydi.

XX asrning boshlarida yashagan nemis pedagogi Rudolf an’anaviy dars haqida shunday degan ekan: faqat eshitish va ko'rish metodi bilan ta’lim olgan o'quvchilar juda passiv zotlarga aylanadi- lar. Ular hayotiy haqiqat oldida ojiz boiadilar. Bu fikr hozirgi kun uchun yanada dolzarbdir. Yana bir nemis pedagogi A.F.Disterveg «Noqobil o'qituvchi haqiqatni shunchaki aytadi-qo'yadi, yaxshisi esa uni topishga o'rgatadi» degan. Aynan hozirgi kunning talabi ham o'quvchi-talabalarni mustaqil fikr yuritish, tahlil qilish va ba­holash qaror qabul qilishga o'rgatishdir. Bu maqsadni amalga oshirishga texnologik yondashuv orqali erishiladi.

Texnologik yondashuv ta’lim jarayonini o'zaro uzviy bog'liq bosqichlarga ajratish, qo'yilgan maqsadga erishish uchun belgila- nadigan amallarni bajarish va ma’lum ketma-ketlikda amalga oshirishni loyihalashtirilgan ish va amallarni bir xil talab asosida bajarishni nazarda tutadi. O'quv materiali ta’lim maqsadiga mos tuziladi.

Har ikki yondashuvda ham umumiy jihat: ta’lim jarayoni markazida o'quvchi turadi. O'quvchi, talabalarning mustaqil bilim olishga, o'qishga, mustaqil fikr yuritish, taqqoslash, xulosa chiqa- rishga o'rgatiladi. Darsda faol qatnashishlariga keng inikon beruv- chi, ularni o'ylashga undovchi, hamkorlikda ishlashga o'rgatuvchi metodlar qo'llaniladi. Bu metodlarni qisqacha noan’anaviy yoki interaktiv (interfaol) metodlar deb yuritiladi. Bu metodlar ham o'ziga xos afzallik va kamchiliklarga ega.



Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish