D. R. Babayeva



Download 0,9 Mb.
bet59/140
Sana14.08.2021
Hajmi0,9 Mb.
#147876
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   140
Bog'liq
Malumotlar kurs ishi

Reja:

  1. Bolalarga monologik nutqni o'rgatish ishining mazmuni va vazifalari.

  2. Monologik nutqni rivojlantirishga doir mashg'ulotlar.

Tayanch tushunchalar: monologik nutq, jarayon, shaxsiy hayot, xususiyat, shaxsiy qobiliyat.

  1. Bolalarni monologik nutqni o‘rgatish ishining mazmuni va vazifalari. Hikoya qilib berish (monologik nutq)ga o‘rgatishdir. Ravon nutqni rivojlantirishda monologik nutq katta yordam beri- shi amaliyotda o‘z isbotini topgan. Tafakkurning rivojlanlanganligi lug‘at boyligi, jumla tuzish malakasi, o‘z fikrini erkin va ravon bayon eta olish ko‘nikmasi bilan chambarchas bog‘liq.

Maktabgacha katta yoshdagi bolalarga muayyan mavzular bo‘yicha ertaklar, rasmlar asosida hikoya tuzish topshirig‘i ham berilishi lozim. Bunday topshiriq ustida ishlash orqali ularda mustaqillik, ijodiy faol- lik rivojlantiriladi. «Bizning oila», «Bahor fasli», «Qo‘g‘irchoq teat- rida», «Ertaklar mamlakatida», «Qo‘g‘irchoqlarim-ovunchoqlarim», «Uch ayiq», «Quyonlar», «Qovoqpolvon» va boshqa mavzularda hikoya tuzishni tavsiya etish bolalarni nihoyatda qiziqtiradi.

Jumlani to‘g‘ri tuzish, tovushlarni, qo‘shimchalarni to‘g‘ri talaf- fuz etish, yoshiga mos darajada tasviriy vositalardan to‘g‘ri foydalana olishiga yordam berib boriladi.

«Bolalar maktabgacha ta’lim muassasalari dasturi»ga binoan muayyan mavzular bo‘yicha mustaqil jumlalar tuzish, ona tiliga xos tovush, so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish, nutqning ta’sirchanligiga eri- shish, rasmlar asosida hikoya tuzish, kichik hajmli badiiy asarlarni qayta hikoya qilib berish, manzarali rasmlar asosida hikoyalar tuzish talab etiladi. Lekin kuzatishlar bu talablarning to‘liq bajarilmayot- ganini ko‘rsatadi.

Vaholanki, bolalaming nutqini rivojlantirishda badiiy adabiyot- ning imkoniyatlari kattadir.

Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari badiiy adabiyot namunalari bilan har kuni tanishtirilib boriladi. hiko- yatlar, rivoyatlar, ertaklar, maqollar, topishmoqlar, tez aytishlar va qo‘shiqlar ular nutqining ifodaliligini ta’minlab qo‘ya qolmaydi, balki so‘z zaxirasini ham boyitadi, adabiy til imkoniyatlaridan bah- ramand qiladi.

«Bolalar maktabgacha ta’lim muassasalari uchun dastur»da badiiy adabiyot namunalari bilan tanishish uchun tavsiya etilgan ro‘yxatdan mashg‘ulotlar o‘tkazishda keng foydalaniladi.

Dasturda qo‘shimcha adabiyotlar ham tavsiya etilgan bo‘lib, bular asosiy adabiyotlar vositasida o‘tiladigan mavzularni to‘ldirishga va mashg‘ulotlarni yanada boyitishga yordam beradi.

Bolalar nutqini rivojlantirishda eng muhim vazifalar sifatida ularning lug‘atini boyitish va faollashtirish, nutqining gramma- tik tuzilishini, tovush madaniyatini, dialogik va monologik nutqni shakllantirish, badiiy adabiyot namunalaridan foydalanish juda muhimdir.

Ma’lumki, bolalaming kundalik faoliyatida hikoya tuzishga yo‘naltirishda ularni so‘zlashga undamoq zarur. Masalan, «Kecha biznikida to‘y bo‘ldi» mavzusida bolalarning o‘zi tuzgan hikoyani quyidagicha yo‘naltiruvchi savollar bilan to‘ldirish mumkin.

Sizlarnikida «Qanaqa to‘y bo‘ldi?», «To‘yga kimlar keldi?», «Sen to‘yda nima ish qilding?», «To‘y yaxshimi?» yoki bolalardan biri betob bo‘lib qoldi deylik. Sog‘aygandan so‘ng maktabgacha ta’lim muassasasiga kelgan kuni, albatta, savol-javob bo‘ladi: «Sobir, Zokir yoki Gulchehra nima uchun maktabgacha ta’lim muassasalariga kel- may qo‘yding?»

- «Men kasal bo‘lib qoldim».

Shunda tarbiyachi bolani so‘zlatish, hikoya qilishga undash uchun quyidagi savollarni beradi: «Qanday kasal bo‘lding?», «Uyga shi- fokor chaqirdilaringmi?», «Qanday davolanding?», «Betobligingda zerikmasliging uchun senga qanday kitob o‘qib berishdi?», «Bizga ham aytib bergin-chi?».

Bundan tashqari, mashg‘ulotlar xonasi jihozlarini o‘zgartirib bo- rish, bolalar chizgan rasmlar ko‘rgazmasi, kichkintoylar uchun kitob- lar ko‘rgazmasini uyushtirish jarayonidagi dialogik yoki monologik hikoyalar ham katta ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘ladi.

Bu borada bizga bolalarning oilalari yaxshi yordam berdilar. Nati- jada sovg‘a qilingan kitob, kasb haqida suhbat, musiqiy lahzalar, mehnat jarayoni, bolalarning oilasidagi yaqin kishilari - yozuvchi, shoir, rassom, bastakor, quruvchi, haydovchi, doktor, o‘qituvchi, chi- langar va boshqalar haqida maroqli hikoyalar tuzishga sabab bo‘ldi.

Bolalarning turli ko‘katlar, gullar bayramida gullar, yangi yil er- taligida turli hayvonlar rolida chiqishlari, qo‘g‘irchoq teatri spektakli kabi turli hikoyalarda o‘z ifodasini topdi. Demak, yaratilgan sog‘lom, qiziqarli muhit ma’naviy sog‘lomlikning muhim mezoni - ravon nutqning ham sog‘lom bo‘lishiga olib keladi. Bu esa, o‘z navbatida, ravon nutqning har bir talabini reja asosida bir tizimda, maqsadga muvofiq amalga oshisihini ta’minlaydi.

2. Monologik nutqni rivojlantirishga doir mashg‘ulotlar.

Mavzu: Jamoa hayotidan hikoya tuzish: «Bizning bog‘cha».


Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish