Xulosa:
Nutqning grammatik tizimini o‘zlashtirish ustidagi ishlar jara- yonida nutqning turli qismlarida so‘z hosil qilish usullarini o‘rganish, til umumlashmalarini shakllantirish, shuningdek, sintaktik tuzilma- lar qurish (oddiy va qo‘shma gaplar) vazifalari bosh vazifa sifatida namoyon bo‘ladi.
Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalashda intonatsion ifodalilik, temp, talaffuz va fikmi bayon qilishning ravonligi ustida ishlashga ko‘proq ahamiyat berish darkor, zero, ravon nutqning shakllanishi ushbu ko‘nikmalarga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |