Tavakkal qo‘yilmasi – kapitalni jalb etish uchun zarur bo‘lgan
investitsiyalar uchun daromadlar qo‘yilmasi; tavakkal darajasiga muvofiq
hisoblanadigan sof daromad qo‘yilmasi.
To‘g‘ridan to‘g‘ri umumiy kapitallashtirish – daromadni
kapitallashtirish usuli. Bu usulga ko‘ra solishtiriluvchi obyektlar tahlili
va bu obyektlardan kelgan daromadlarni ularning sotilish narxlari bilan
qiyoslash natijasida olingan koeffitsiyent, sof muomala daromadiga
bo‘linadi.
To‘g‘ri chiziqli kapitallashtirish – kapitalning to‘g‘ri chiziqli qaytishi
me’yorini, foizning qo‘yilmasiga qo‘shilishi orqali ko‘chmas mulk uchun
kapitallashtirish koeffitsiyentini hisoblash usuli.
To‘g‘ridan to‘g‘ri xarajatlar – loyihaning jismoniy amalga oshirilishi
bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xarajatlar.
Teng annuitet – davriy teng kirimlar yoki to‘lovlar seriyasi.
Titul – ko‘chmas mulk uchun qonuniy huquqni tasdiqlovchi hujjat.