Raqobat tamoyili – baholash tamoyili bo‘lib, unga ko‘ra ishlab
chiqarish omillarini to‘lash uchun zarur bo‘lgan daromaddan ko‘ra foyda
kattaroq bo‘lgan hollarda tegishli bozordagi raqobat kuchayadi. Bu esa,
o‘z navbatida, o‘rtacha sof daromadlarning pasayishiga olib keladi.
Reversiya omili – qayta sotishdan tushgan pulni baholash uchun
foydalaniladigan pul birligi joriy qiymatining omili.
Reinvestitsiyalar qo‘yilmasi – foiz qo‘yilmasi bo‘lib, unga ko‘ra
daromad keltirayotgan mulkdan tushgan mablag‘lar, aynan ularning
mablag‘ning qaytishini ta’minlaydigan qismi qayta investitsiyalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |