D. R. Abdikarimova, G. M. Bekimbetova


 BOZOR QIYMATI KONSEPSIYASI



Download 0,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/111
Sana30.12.2021
Hajmi0,77 Mb.
#94418
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   111
Bog'liq
kochmas mulkni baholash

7.4. BOZOR QIYMATI KONSEPSIYASI
Bozor qiymati tushunchasi baholash sanasiga amalga 
oshiriladigan biror haqiqiy bitimga (kelishuvga) bog‘liq emas. Bozor 
qiymati  –  bu  taxmin  qilinayotgan,  bozor  qiymati  ta’rifida  mavjud 
shart-sharoitlarga rioya qilishda baholash sanasida sotilayotganda 
o‘rnatiladigan ehtimoliy narxdir. Bozor narxi – bu xaridor va 
sotuvchining ayni paytda rozi bo‘lgan bozor qiymatini aniqlash 
shartlarini bajarishdagi rasmiy shartnomalarni tayyorlash va ular 
bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarga bitim tuzilishi uchun kamroq 
vaqt talab etilishiga qaramasdan, agarda ularning har biri bozorda 
mavjud bo‘lgan boshqa imkoniyatlar va muqobilliklarni o‘rganish 
uchun yetarli vaqtga ega bo‘lganlarida qiymat tushunchasi.


121
Bozor qiymati konsepsiyasi narxning ochiq va raqobat bozorida 
muzokaralar yo‘li bilan aniqlanishini ko‘zda tutadi. Ba’zan ushbu 
holat «bozor qiymati» atamasini «ochiq bozordagi qiymat» 
atamasi bilan almashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 
«Ochiq» va «raqobatli» so‘zlari mutlaq ahamiyatga ega emas. 
Bitta aktiv uchun bozor xalqaro yoki mahalliy bo‘lishi mumkin. 
Bozor ko‘p sonli xaridor va sotuvchilardan iborat bo‘lishi yoki 
ishtirokchilarning cheklangan soni bilan xarakterlanishi mumkin. 
Aktiv sotishga qo‘yilgan bozor ta’rif bo‘yicha cheklangan yoki tor 
deb hisoblanmaydi. Boshqacha qilib aytganda, «ochiq» so‘zining 
mavjud emasligi bitimning (kelishuvning) xususiy yoki yopiq 
xarakterga egaligini bildirmaydi.
Bozor baholari, odatda, taqqoslanadigan mol-mulk obyektlariga 
tegishli bo‘lgan ma’lumotga asoslanadi. Baholash jarayoni 
baholovchining zarur va mos tadqiqot, oqilona tahlilni amalga 
oshirishi hamda ma’lumot va dalillar bilan mustahkamlangan xulosa 
chiqarishini talab etadi.
Baholovchilar ushbu jarayonda ma’lumotlarga ishonmaydilar, 
ular bozorda kuzatiladigan va ishga tegishli barcha dalillar
tendensiyalar, taqqoslama bitimlar (kelishuvlar) va boshqa 
ma’lumotlarni ko‘rib chiqishlari lozim.
Investitsiya kompaniyalari, pensiya jamg‘armasi, trast 
kompaniyalari yoki mol-mulk huquqlarining o‘xshash shakllariga 
ega kompaniyalarning uzoq muddatli investitsiyalariga oid bo‘lgan 
mol-mulkning daromad obyektlari, odatda, belgilangan savdo-sotiq 
rejasiga  muvofiq  individual  asosda  aktivlarning  sotilishi  asosida 
baholanadi. Portfel investitsiyalar yoki mol-mulk obyektlarining 
guruhi sifatida qaraladigan bunday aktivlarning umumiy qiymati 
alohida olingan barcha aktivlarning bozor qiymati summasidan 
ko‘proq yoki kamroq bo‘lishi mumkin.
 Barcha baholash jarayonlarida ularning maqsadi va funksiyalarini 
ta’kidlash lozim. Agar baholash funksiyasi moliyaviy hisobotlarni 
tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lsa, u holda baholovchi baholash 


122
to‘g‘risidagi hisobotning boshqa talablariga qo‘shimcha qilib, har 
bir aktivning qaysi toifaga kiritilishini batafsil aniqlikda ta’kidlashi 
lozim.
Istisno  hollarda  bozor  qiymati  manfiy  miqdorga  ega  bo‘lishi 
mumkin. Bunday holatlarga muayyan ijaraga olingan mol-
mulk, ayrim ixtisoslashtirilgan mol-mulk obyektlari, buzilishi yer 
uchastkasining qiymatidan qimmatroqqa tushadigan eskirib qolgan 
mulk  obyektlari,  atrof-muhitning  ifloslanishi  ta’siriga  uchragan 
ayrim obyektlar va boshqalar kiritiladi.

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish