2.1-chizma. Balansdagi o‘zgarishlarning turlari
Balansli o‘zgarishlar turlarining mohiyatini aniqlash balans xususiyatlarini,
ya’ni har qanday operatsiya uning, albatta, ikki moddasiga ta’sir etishini va hech
qachon aktiv bilan passiv o‘rtasidagi tenglikni buzmasligini tushunib olish uchun
zarurdir. Operatsiyalarning iqtisodiy mazmunini o‘rganishga ushbu guruhlashning
hech qanday aloqasi yo‘q.
Qisqacha xulosalar
Balans korxonaning xo‘jalik mablag‘larini ma’lum bir sanaga tavsiflab,
uning o‘tgan davrdagi barcha faoliyat natijasini qanday holatga olib kelganligini
ko‘rsatadi. SHunday qilib, balans korxona mablag‘larining turlari va ularning
manbalari haqidagi muhim axborotga ega bo‘lgan xo‘jalik yuritish subektlari
ishining yakunlari to‘g‘risidagi hisobotdir. Buxgalteriya balansi xo‘jalik yurituvchi
sub’ekt ko‘zgusidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |