D. Q. Usmanova buxgalteriya


Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini tashkil qiluvchi xarajatlar



Download 497,37 Kb.
bet22/92
Sana23.06.2022
Hajmi497,37 Kb.
#694698
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   92
Bog'liq
1. Buxgalteriya xisobi

128


  1. Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini tashkil qiluvchi xarajatlar

tarkibi
5-BHMSning 9-bandiga muvofiq asosiy vositalar dastlabki qiymati bo‘yicha baholanadi va buxgalteriya hisobiga kiritiladi. Asosiy vositalami barpo qilish yoki sotib olish uchun ketgan barcha sarf harajatlar qiymati, deganda, jumladan, to‘langan va qoplanmaydigan soliqlar, shuningdek, aktivlarni ishchi holatga keltirishga bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa har qanday sarf harajatlar tushuniladi. YAna shuni hisobga olish kerakki, boshqa shart-sharoitlarda qo‘shimcha qiymat soligi va aksiz solig‘i kabi soliqlar undiriladigan soliqlar hisoblanadi, ya’ni umumiy tartibda soliq to‘laydigan korxona tomonidan mazkur soliqlar toianganda hisobga olinadi, biroq asosiy vositalami sotib olish ishga tushirishda yuqorida ko‘rsatilgan soliqlar ham ularning dastlabki qiymatga qo‘shiladi.
Xo‘jalik yurituvchi subektlar amaliyotida asosiy vositalaming dastlabki qiymati, odatda, ulaming korxonaga kelib tushishi sabablaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Asosiy vositalaming korxonaga kelib tushishining asosiy manbalari quyidagilar: obektni oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha sotib olish; kapital kiritmalar yakunlangandan keyin ishga tushirilgan obektning oldi-berdisi; tasischi tomonidan ustav kapitaliga qo‘shilgan ulush; tekin tushum yoki davlat subsidiyasi; ayirboshlash; uzoq mudlatli ijara shartnomasi moddiy-tovar zaxirasi tarkibidan o‘tkazish; qiymati awal belgilangan asosiy vositalarga kapital kiritmalar;
Inventarizatsiya paytida asosiy vositalaming ortiqcha obektlarini aniqlash.
5-BHMSning 11-bandi haq evaziga olingan asosiy vositalaming dastlabki qiymatiga kiritilgan quyidagi sarflami belgilaydi: shartnoma bo‘yicha qurilish- montaj ishlari uchun pudratchilarga va aktivlami etkazib bemvchilarga to‘langan summa; asosiy vositalarga egalik huquqini olish bilan bog‘liq ro‘yxatga olish yig‘imi, davlat bojlari va shu kabi boshqa to‘lovlar; bojxona bojlari va yig‘imlari; asosiy vositalar obektlarini sotib olish bilan bog‘liq soliqlar va yig‘imlar summasi; asosiy vositalar obektlarini sotib olish (yaratish) bilan bog‘liq axborot va maslahat xizmatlari uchun to‘lanadigan summa; asosiy vositalaming obektlarini etkazib berish tavakkalchiligini sug‘urta qilish bo‘yicha harajatlar; asosiy vositalaming


129




sotib olishdagi vositachilarga to‘lanadigan haq; asosiy vositalami o‘matish, montaj qilish, sozlash, ishga tushirishga todanadigan harajatlar; aktivni maqsadli foydalanish uchun ishchi holatga keltirish bilan bevosita bog‘liq boshqa harajatlar;
5-BHMSning 12-bandiga muvofiq qurilish davrida qurilish uchun olingan uzoq muddatli kredit bo‘yicha o‘tkazilgan foizlar ishga tushirilgan asosiy vositalaming dastlabki qiymatiga qo‘shiladi. Agar xo‘jalik yurituvchi subekt asosiy vosita bilan bog‘liq sarflarni to‘lash uchun moliya-kredit tashkilotlaridan maqsadli kredit olish bo‘lsa, mazkur maqsadli kredit bo‘yicha o‘tkazilgan foizlar obektning ishga tushirilishi xo‘jalik yoki pudrat usullari bilan amalga oshirilganidan qatiy nazar, ishga tushirilish jarayoni davomida asosiy vositalaming ishga tushirilayotgan obekti qiymatiga kiritilishi kerak.
Asosiy vositani ishga tushirish yakunlangan, ya’ni u foydalanishga topshirilgan bo‘lsa, foiz xarajatlarini kapitallashtirish to‘xtatiladi, asosiy vositalar obekti foydalanishga berilgandan keyin o‘tkazilgan foizli xarajatlar esa xo‘jalik yurituvchi subektning moliyaviy faoliyati bo‘yicha xarajatlar (9610 - «Foiz ko‘rinishidagi xarajatlar" hisobvarag‘i)gakiritiladi.
Korxonaning o‘z kuchi bilan yaratilgan asosiy vositalaming dastlabki qiymati sotib olingan aktiv qiymati kabi tamoyil asosida belgilanadi, yani asosiy vositalaming ushbu obektlarini ishga tushirish bo‘yicha aniq sarflar summasidan tashkil topadi.
Agar asosiy vositalaming obektlari chet el valyutasiga sotib olinsa, u holda ulaming dastlabki qiymati barcha to‘lanadigan va qoplanmaydigan soliqlar, shuningdek, aktivni etkazib berish va montaj qilish, o‘matish, ishga tushirish bo‘yicha sarflar va undan maqsadli foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog‘liq har qanday boshqa xarajatlar yuk bojxona deklaratsiyasi to‘ldirilgan sanaladi O‘zbekiston Respublikasya Markaziy banki belgilagan kurs bo‘yicha summani chet el valyutasining qiymatiga hisoblash yo‘li bilan milliy valyuta (so‘mlar)da belgilanadi va buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. SHuni ham ta’kidlash kerakki, asosiy vositalaming sotib olingan obektlari to‘lovlari, moddiy- tovar zaxiralarini sotib olish bo‘yicha kontraktlami tayyorlash, ro‘yxatdan


130







Asosiy vositalariing kelib tushish manbai

Boshlang‘nch kiymatni baxolash uchun asos

1

Tekin (sovg‘a qilish shartnomasi buyicha)

Joriy kiymat, to‘langan va qoplanib berilmaydigan soliqlar (yigimlar) xamda aktivni etkazib kelib, montaj kilish, o‘matish, ishga tushirish bo‘yicha xarajatlar va uni ishchi holatga keltirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan har qanday boshqa xarajatlarni hisobga olgan xolda

2

Tayyor maxsulotlar tarkibidan o‘tkazish

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Malkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54 sonli qarori bilan tasdiqlangan **Maxsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida"gi Nizomga muvofik aniqlanadigan ishlab chnkarish tannarxi

3

Tovar-moddiy zaxiralari (tayyor maxsulotlardan tashqari) tarkibidan o‘tkazish

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirliga tomonidan 1998 yil 27 avgustdagi 44 son bilan tasdiqlangan va O‘zbeknston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998 yil 28 avgustda 486 raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan 4son BHMS "Tovar- moddiy zaxiralar"ga muvofiq aniqlanadngan balans kiymati

4

Qonun xujjatlarida belgnlangan tartibda ayirboshlash bo‘yicha olish

Ayirboshlashda berilgan asosiy vositalar obektinnng qoldik kiymati


131




5

Qonun xujjatlarida belgilangan tartibda qo‘shimcha pul to‘lash yo‘li bilan ayirboshlash bo‘yicha olish

Ayirboshlashda berilgan asosiy vositalaming obektini qoldik kiymatini ayirboshlash paytida berilgan (olingan) pul mablaglari yoki uning ekvivalentlariga ko‘paygan (kamaygan) summasi

6

Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiyatlami pulsiz vositalar bilan bajarish (toTash)ni nazarda tutadigan
shartmomalar buyicha olish

Korxona tomonidan bsrilgan yoki berilishi lozim boTgan boyliklar qiymati yoxud shunga o‘xshash asosiy vositalar obektini teng holatlarda sotib olinadigan qiymati


  1. Asosiy vositalar kirimining hisobi. Asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari va ularning chiqib ketishining buxgalteriya hisobi

Korxonalarga asosiy vositalar turli manbalardan kirim qilinadi. Asosiy vositalami kirim qilish jarayonida turli xarajatlar sarflanadi va ulaming boshlang‘ich qiymati buxgalteriya hisobi schyotlarida hisobga olinadi.
Mulkchilik huquqi korxonaga tegishli bo‘lgan asosiy vositalaming mavjudligi va harakati, foydalanilayotgan, konservatsiya qilingan yoki qisqa muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha berilgan asosiy vositalar to‘g‘risidagi axborotlami umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:

  1. "Er";

  2. "Emi obodonlashtirish";

  3. "Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish";

0120 "Binolar, inshootlar va uzatgich moslamalari";
0130 "Mashina va asbob-uskunalar";
0140 "Mebel va ofis jihozlari";
0150 "Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi";
0160 "Transport vositalari";


132


0170 "Ishchi va mahsuldor hayvonlar";


0180 "Ko‘p yillik o‘simliklar";
0190 "Boshqa asosiy vositalar";
0199 "Konservatsiya qilingan asosiy vositalar".
Analitik hisobning tashkil qilinishi respublika hududi va xorijdagi asosiy vositalaming mavjudligi va ulaming harakati to‘g‘risidagi axborotlami olish imkoniyatini ta’minlashi lozim.
Buxgalteriyada mulkni asosiy vositalar tarkibiga kiritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2003 yil 10-oktyabrda 114-son bilan tasdiqlangan Buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-BHMS) "Asosiy vositalar" (20.01.2004 y. 1299-sonli ro‘y., "0‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami", 2004 y., 3-son, 35-modda) va xarid qilish vaqtida olingan pasport va foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma, hamda boshqa texnik hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Asosiy vositalar asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarda quyidagi ob’ektlar uchun aniqlanadigan boshlang‘ich qiymatda hisobga olinadi:

  1. korxonaning ustav kapitaliga ta’sischilar tomonidan ulaming ulushi hisobidan kiritilgan ob’ektlar - tomonlarning kelishuviga asosan;

  2. korxonaning o‘zida tayyorlangan shuningdek, to‘lov evaziga boshqa korxona va shaxslardan sotib olingan ob’ektlar - ushbu ob’ektlarni (inshoot, qurish, tiklash) barpo etishga ketgan haqiqiy xarajatlardan kelib chiqib yoki ushbu ob’ektlami xarid qilishda, to‘langan va qoplanmaydigan soliq (yig‘imlar) shuningdek, etkazib berish, yig‘ish, o‘rnatish, ishga tushirish va ushbu aktivni ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog‘liq boshqa xarajatlami hisobga olgan holda;

v) boshqa korxona va shaxslardan tekinga olingan shuningdek, hukumat idoralari tomonidan subsidiya ko‘rinishida olinganlari - qabul qilish sanadagi bozor bahosi yoki qabul qilish-topshirish hujjatlarida ko‘rsatilgan qiymat bo‘yicha.
Asosiy vositalaming boshlang‘ich qiymati faqat qayta qurilganda, ta’mirlanganda va qisman tugatilganda hamda qayta baholangan hollarda


133




o‘zgartirilishi mumkin. 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 31 dekabrdagi 490-sonli "Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va 0‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2002 yilgi parametrlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar mulkchilik shaklidan qati nazar har yili 1 yanvar holatiga asosiy vositalar qiymatini joriy bahoga keltirish uchun qayta baholashni amalga oshiradilar. Asosiy vositalar bahosini oshirish (tushirish) summasi asosiy vositalami hisobga oluvchi schyotlaming (0100) debeti (krediti) bo‘yicha 8510 "Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyoti bilan bogiangan holda aks ettiriladi.
Ta’sischilar tomonidan korxonaning ustav kapitaliga ulush hisobidan kiritilgan asosiy vositalami kirim qilish asosiy vositalami hisobga oluvchi schyotlaming (0100) debeti va 4610 "Ustav kapitaliga ta’sischilaming ulushlari bo‘yicha qarzi" schyotining kreditida aks ettiriladi.
Korxonaning o‘zi tomonidan qurilgan shuningdek, pudrat shartnomasiga asosan qurilgan asosiy vosita ob’ektlami tegishli asosiy vositalami hisobga oluvchi schyotlaming (0100) debeti, 0810 "Tugallanmagan qurilish" schyotining krediti bo‘yicha kirim qilinadi.
Mol etkazib bemvchilar, pudratchilar va boshqa shaxslardan sotib olingan asosiy vosita ob’ektlari asosiy vositalami hisobga oluvchi schyotlaming (0100) debeti va 0820 "Asosiy vositalarni xarid qilish" schyotining krediti bo‘yicha kirim qilinadi.
Boshqa korxona va shaxslardan tekinga olingan asosiy vositalaming kirim qilinishi asosiy vositalami hisobga oluvchi schyotlaming (0100) debetida 8530 "Tekinga olingan mulklar" schyoti bilan bogiangan holda aks ettiriladi. Biroq, soliqqa tortish maqsadida, tekinga olingan asosiy vositalaming qiymati daromad (foyda) soligini hisoblashda soliqqa tortiladigan bazaga qo‘shiladi.
Asosiy vositalami tugatish, sotish, tekinga berish, ustav kapitaliga ulush sifatida berish, uzoq muddatli ijaraga berish, kamomad yoki buzilishi natijasida hisobdan chiqarishda ulaming boshlang‘ich qiymati tegishli (0100) asosiy


134




vositalami hisobga oluvchi schyotlardan 9210 "Asosiy vositalaming chiqib ketishi" schyotining debetiga hisobdan chiqariladi.

  1. "Er" schyotida qonunchilikka muvofiq korxonaga mulk sifatida berilgan er maydonlari hisobga olib boriladi. 0110 "Er" schyotining debetida shuningdek, er maydonlarini xarid qilishda toianadigan qo‘shimcha xarajatlar, ko‘chmas mulk agentlarining komission mukofoti, advokatlaming xizmat haqi, sotib olish bilan bogiiq soliqlar, zovurlar qiymati, erlami tozalash va tekislash xarajatlari hisobga olinadi.

Erlami foydalanishga tayyorlash jumladan, suv olib kelish, oqova suvlami chiqarish inshootlari, geodeziya ishlari bo‘yicha umumiy xarajatlar 0110 "Er" schyotida kapitalizatsiya qilinadi. CHunki ushbu xarajatlar erdan kelgusida foydalanish va uning qiymatini oshirish uchun zamr.
Er maydoni bino va inshootlami rekonstruksiya qilish yoki qurish uchun sotib olinganda, mavjud konstmksiyalar va boshqa to‘siqlami bartaraf etish qiymati 0110 "Er" schyotining debetida kapitalizatsiya qilinadi. Bunda konstmksiyani tugatishdan olingan materiallami sotishdan tushgan tushum ushbu xarajatlami kamaytiradi.
Agar er maydoni oldindan tasarmfda bo‘lsa va mavjud konstruksiyalar yangi qurilish ob’ektiga joy berish uchun buzib tashlansa, buzish bo‘yicha xarajatlar 0110 "Er" schyotiga kapitalizatsiya qilinmaydi, balki eski konstruksiyalami hisobdan chiqarish bilan bog‘liq xarajat sifatida aks ettiriladi.

  1. "Emi obodonlashtirish" schyotida er maydonlari tuzilishini o‘zgartirish, kelish yo‘llari, avtomobillar va boshqa transport vositalarining to‘xtash maydonlari, devorlar va boshqa inshootlaming holatini yaxshilash xarajatlari hisobga olinadi.

  2. "Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalami obodonlashtirish" schyotida uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha ijaraga olingan mulkni obodonlashtirish bilan bog‘liq kapital xarajatlar hisobga olinadi. Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalami


135




obodonlashtirish bo‘yicha kapital xarajatlarga shuningdek, rekonstruksiya va modemizatsiya qilish xarajatlari ham qo‘shiladi.
0120 "Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar" schyotida quyidagilar hisobga olinadi:

  1. bino - ishlab chiqarish, ma’muriy, ijtimoiy-maishiy, uy-joy (inventar ob’ekti bo‘lib, mustaqil xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan, alohida turgan bino yoki qo‘shimcha qurilishlar hisoblanadi). Bino va qo‘shimcha qurilishlar tarkibiga bir me’yorda foydalanish uchun sharoit yaratib beradigan barcha kommunikatsiya tizimi (isitish, yoritish, shamollatish, suv-gaz ta’minoti tizimlari, ichki telefon va kompyuter tarmoqlari, lift xo‘jaligi, yong‘indan saqlash va qo‘riqlash signalizatsiya tizimi) kiradi;

  2. inshootlar - avtomobil yo‘llari, ko‘priklar, osma yoilar, suv ombori, neft va gaz quduqlari, shaxta quduqlari va boshqalar;

v) o‘tkazuvchi moslamalar - elektr quwatini uzatish tizimlari, truba yoilari, issiqlik va gaz tarmoqlari, transmissiyalar va boshqalar.
0130 "Mashina va asbob-uskunalar" schyotida quyidagilar hisobga olinadi:

  1. kuchlantiruvchi mashina va uskunalar - atom reaktorlari, qozonlar, bug‘ dvigatellari, turbinalar, kuchlantiruvchi transformatorlar, ichki yonuv dvigatellari va boshqalar;

  2. ishchi mashinalar va uskunalar - mehnat buyumlariga mexanik, issiqlik, kimyoviy va boshqa texnologik ta’sir ko‘rsatuvchi stanoklar, apparatlar, agregatlar;

v) o‘lchov va boshqaruv moslamalari va laboratoriya uskunalari hamda jihozlari - tarozilar, manometrlar, termostatlar, dispetcher nazorati uskunalari, signalizatsiya, ilmiy-tekshirish laboratoriyasi, seysmologik stansiya uskunalari va boshqalar;
g) boshqa mashinalar va uskunalar - telefon stansiyasi uskunalari va boshqa oldingi guruhlarda hisobga olinmaydigan mashina va uskunalar.
0140 "Mebel va ofis jihozlari" schyotida ishlab chiqarish va boshqaruv uchun mo‘ljallangan mebel va jihozlar (stollar, shkaflar, mebel yig‘imlari, kreslo, temir


136




seyflar va boshqalar) shuningdek, ofis jihozlari (telefaks apparati, qog‘oz qirqadigan va yo‘q qiladigan mashinalar va boshqalar) hisobga olinadi.
0150 "Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi" schyotida kompyuterlar, printerlar, skanerlar, modem va boshqa kompyuter jihozlari, hamda hisoblash texnikalari hisobga olinadi.
0160 "Transport vositalari" schyotida temir yoT, suv, havo, avtomobil, ishlab chiqarish va kommunal transport vositalarining harakatlanuvchi tarkibi shuningdek, magistral quvur tarmoqlari (truboprovodlar) hisobga olinadi.
0170 "Ishchi va mahsuldor hayvonlar" schyotida ishchi kuchi sifatida foydalaniladigan ishchi hayvonlar - otlar, ho‘kizlar, tuyalar, xachir va eshaklar va boshqa ishchi hayvonlar (shuningdek, yuk transport vositasi sifatida foydalaniladigan hayvonlar) hamda mahsulot (nasl, sut, jun va boshqalar) beradigan hayvonlar - sigirlar, biyalar, qo‘ylar, echkilar va boshqalar hisobga olinadi.
0180 "Ko‘p yillik o‘simliklar" schyotida ko‘kalamzorlashtirish, dekoratsiya, meva-rezavor daraxtlar va o‘simliklar, yashil devorlar va boshqalar hisobga olinadi.
0190 "Boshqa asosiy vositalar" schyotida yuqorida keltirilgan schyotlarda sanab o‘tilmagan asosiy vositalar hisobga olinadi.
0199 "Konservatsiya qilingan asosiy vositalar" schyotida qonunlarda belgilangan tartibda konservatsiyalangan asosiy vositalar hisobi yuritiladi. (0‘zR AV 12.11.2003 y. 1181-1-son bilan ro‘yxatga olingan 0‘zR MV BuyrugT taxriridagi band)
Asosiy vositalami hisobga oluvchi schyotlar (0100)ning bogTanishi (5.1.jadval)
Korxona ustav kapitaliga kiritiladigan ulush hisobiga olingan asosiy vositalaming boshlangTch qiymati boTib, korxona ta’sischilari tomonidan kelishilgan ulaming pul bahosi hisoblanadi, agar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida boshqalar nazarda tutilmagan boTsa. Masalan, "Xususiy korxona to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 12-moddasigamuvofiq,


137





Download 497,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish