Mol etkazib beruvchilarga korxonvalari qarzining boshlangich qoldig‘i 400 000
3)Mol etkazib beruvchilarga boigan qarz uzilgan 350 000
|
2)Mol etkazib beruvchilarga hisoblangan qarz 200 000
|
Uzilgan-hammasi(oborot) 500 000
|
hisoblangan-hammasi (oborot) 200 000
|
|
Korxonvalarining mol etkazib beruvchilarga qarzning oxiri qoldigi 100 000
|
70
Bu schyotning oxirgi qoddig‘i faqat kreditli bo‘lishi mumkin, chunki korxonvalari mol etkazib beruvchilarga bo‘lgan qarzini uzishda, mavjud majburiyatdan ortiq summani to‘lamaydi.
Schyotlarning qoldiqlari, hisobga olinadigan ob’ektlaming ko‘payishi va kamayishiga qarab, ularning qar xil tomonlariga yoziladi. Schyotlarning bunday tuzilishi tasodifiy emas. SHunday qilib, aktivlarning turlarini aks ettiruvchi schyotlarda hisobga olinadigan ob’ektlar qoldiqlarini va ko‘payishi debetiga, kamayishi esa kreditiga yoziladi. Mablag‘lar manbalarini hisobga olish uchun xizmat qiladigan schyotlarda qoldiqlar va ko‘payishlar kreditda, kamayishlar zsa - debetda ko‘rsatiladi.
Aktivlar turini yoki ularning manbalarini hisobga olishga qarab, schyotlar aktiv va passivga bo‘linadi.
Aktivlar turlarini hisobga oluvchi schyotlar aktiv, ularning manbalarini aks ettiruvchi schyotlar esa - passiv schyotlar deb ataladi.
Barcha schyotlarda qoldiqlar va operatsiyalar yuqorida keltirilgandek aks ettiriladi. Lekin buxgalteriya hisobida qator murakkab schyotlar borki, ular o‘zlarining tuzilishlariga ko‘ra bunday oddiy tarzdan farq qiladi.
Bundaylarga xo‘jalik jarayonlari, xo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalari, topshiriqlarning bajarilishi hisobga oladigan schyotlar kiradi. Bu schyotlarda hisobga olinadigan ob’ektlarning xususiyatlari aks ettiriladi. Lekin ular qam aktiv va passiv schyotlarga mansubdir.
Schyotlardan to‘g‘ri foydalanish uchun - u yoki bu schyot yordamida qanday ko‘rsatkichlarni olish mumkinligi va unda qanday ob’ektlar hisobga olinishi zarurligini bilish maqsadida ular tasniflanadi.
Bunday schyotlarni turkumlash ikki belgi asosida tuziladi: qanday maqsadga tayinlanishi va tuzilishi hamda iqtisodiy mazmuniga qarab.
Schyotlarning qanday maqsadlarga tayinlanishi va tuzilishi bo‘yicha turkumlanishi, u yoki bu schyotlar, nima uchun, qanday ko‘rsatkichlarni olish uchun mo‘ljallangan hamda ularning tuzilishi qanday, ya’ni ularning debeti,
71
kreditining mazmuni qanday, ulardagi saFdo qanday xususiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Ular buxgalteriya hisobida qoilaniladigan schyotlaming xususiyatlarini o‘rganish uchun xizmat qiladi va ulaming ayrim turlari qanday xususiyatlarga ega ekanligini aniqlash imkonini beradi.
Schyotlaming iqtisodiy mazmuniga qarab turkumlanishi (iqtisodiy turkumlash), schyotlarda nima hisobga olinadi, ya’ni unda qanday aniq iqtisodiy ob’ekt aks ettirilishini ko‘rsatadi hamda mazkur ob’ektga har tomonlama tavsif berish uchun qanday schyotlardan foydalanish kerakligini aniqlab olish imkonini beradi. Iqtisodiy turkumlash mazkur korxonalarda, uning xususiyatlarini hisobga olgan holda, foydalanishi kerak bo‘lgan schyotlar ro‘yxatini belgilab olish uchun mo‘ljallangan.
Har ikkala turkumlash ham chambarchas bog‘langan o‘zaro bir-birovlarini to‘ldiradi. Schyotlaming xususiyatlarini bilish va ulardan amaliyotda to‘g‘ri foydalanish uchun ularning qanday maqsadga tayinlanganligi, tuzilishi va iqtisodiy mazmunini o‘rganish kerak. Schyotlaming turkumlannshi mavjud maMumotlardan xo‘jalik faoliyatini boshqarishda zamr bo‘lgan ko‘rsatkichlaming xususiyatlarini (tarkibiy tuzilishi, turkumlanishi) va unda hisobga olinadigan ob’ektlaming iqtisodiy mazmunini (iqtisodiy turkumlanishi) aniqlab olingandan keyingina ulardan boshqaruv ishlarida to‘g‘ri foydalanish mumkin.
Ikki yoqlama yozuv va uning ahamiyati.
1996 yil 30 avgustda qabul qilingan «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi Qonun»da O‘zbekistonda buxgalteriya hisobini yuritishning asosiy prinsiplaridan biri buxgalteriya hisobini ikki yoqlamali usulda yuritish ekanligi aytib o‘tilgan (6- modda).
Xo‘jalik operatsiyalarini ikki yoqlamali yozuv tizimini tarixda birinchi kashf etgan olim italiyalik matematik Luka Pacholi 1494 yili «Schyotlar va yozuvlar to‘g‘risida traktat (ilmiy asar)» chop etib ikkiyoqlama yozuv tizimiga asos soldi.
Ikki yoqlama yozuv xar bir xo‘jalik operatsiyasining o‘zaro bog‘liq bo‘lgan schyotlarda qayd etish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bu bilan operatsiyalar ta’sir
72
etadigan hisob ob’ektlari o‘rtasida o‘zaro aloqa o‘matiladi va bu o‘z navbatida, korxonalar xo‘jalik faoliyati ustidan nazorat qilish va sodir bo‘layotgan jarayonlami o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xo‘jalik operatsiyalarini ikki marta aks ettirish (ikkiyoqlama yozuv) xo‘jalik mablag‘larining davr aylanish jarayonida qiymat shakllarini almashinishining iqtisodiy tabiati bilan bog‘liqdir. Bu jarayonda har bir operatsiya qiymatning bir shaklidan boshqa shakliga olib keladi. Qiymatning boshlang‘ich va oxirgi shakli ta’minot, ishlab chiqarish operatsiyalarida har doim har xil boiadi. Masalan, ta’minot operatsiyalarida qiymatning dastlabki puldagi shakli ishlab chiqarish zahiralari shakli bilan almashinadi, ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish zahiralari o‘z shakllarini mahsulotlar shakliga o‘zgartiradi, sotish uchun tayinlangan xizmatlami sotish operatsiyalarida, ular o‘z shakllarini yana pul shakliga almashadi. Qiymat shaklining bunday almashinishi har bir jarayonning boshqa operatsiyalariga ham xosdir. SHundan kelib chiqib, mazkur operatsiyada qatnashuvchi qiymatning har bir shaklini, ya’ni operatsiyaning boshlanishidagi ko‘rinishi va uning oxirida namoyon bo‘lgan shaklida hisobga olish zamriyati yuzaga keladi.
Bunda qiymat miqdori o‘zgarmaganligi sababli, xo‘jalik operatsiyalarini ikki yoqlama yozuv usulida aks ettirilganda, o‘zaro bogiiq boigan schyotlar debeti va kreditiga tegishli summalar, albatta, bir-birovlariga teng boiib qoladi.
Ikki yoqlama yozuv doiraviy aylanish jarayonida faqat qiymat shaklining o‘zgarishigina aks ettirish uchun koilanmay (balans o‘zgarishlarining I tipi), balki barcha xo‘jalik operatsiyalarini ham aks ettiradi. Xuddi shu usul bilan mablagiaming qanday maqsadlarga tayinlanganligi (mablagiar manbalari, n tip), hamda korxonalarning xo‘jalik aloqalari (IH va IV tiplar) ham hisobga olinadi.
SHunday qilib, ikki yoqlamali yozuv xo‘jalik operatsiyalarini bir xil summada buxgalteriya schyotlarida o‘zaro bogiiq holda, ya’ni bir schyotning debetida va ikkinchi bir schyotning kreditida aks ettirish usulidir.
Masalan, hisob-kitob schyotidan korxona kassasiga 150 000 so‘m olindi, deb faraz qilaylik. Bu operatsiya natijasida mablagiaming ikki turiga - kassadagi naqd pullar
73
va bankdagi hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘lariga ta’sir etildi. Kassadagi pullar 150 000 so‘mga ko‘paydi va aksincha, hisob-kitob schyotidagi pullar shu summaga kamaydi. Bu operatsiyani buxgalteriya schyotlarida aks ettirayotganda, uning summasini, birinchidan, «Kassa» schyotining debetiga yozish kerak, chunki bu schyot aktivdir va ko‘payish aktiv schyotlaming debetida aks ettiriladi, ikkinchidan, «Hisob-kitob schyoti» schyotining kreditiga yoziladi, chunki bu schyot ham aktivdir va aktiv schyotlaming kamayishi kreditga yoziladi.
Bu operatsiyaning schyotlarda yozilishi quyidagicha bo‘ladi:
D-t «Kassa» schyoti - 150 000 so‘m
K-t «Hisob-kitob schyoti» - 150 000 so‘m
Xo‘jalik operatsiyasi va uning summasini aks ettiradigan debetlanuvchi va kreditlanuvchi schyotlami belgilash (ko‘rsatish) buxgalteriya yozuvi yoki o‘tkazma (provodka)si deb ataladi.
YUqorida ko‘rib chiqilgan operatsiya schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi:
«Hisob-kitob
schyoti»
D-t K-t
Ooldiq - D 150 000
Ko‘rinib turibdiki, schyotlar bir-birlari bilai o‘zaro bog‘langan. Ulardagi yozuvlar amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalari natijasida yuzaga kelgan ikkita o‘zgarishni: kassaga pullaming kelib tushishi va ulaming hisob-kitob schyotidan chiqib ketishini ko‘rsatmoqda.
Xo‘jalik operatsiyalarini ikki yoqlamali yozish schyotlaming o‘zaro bog‘lanishiga olib keladi. Bunday bog‘lanish schyotlar korrespondensiyasi deb ataladi.
Schyotlar korrespondensiyasi - xo‘jalik operatsiyalarini schyotlarda aks ettirish paytida paydo bo‘ladi va u schyotlaming o‘zaro aloqasini namoyon bo‘lishlik shaklidir.
74
Ikki schyotga ta’sir etadigan schyotlar korrespondensiyasi oddiy, uch va undan ko‘proq schyotlarga ta’sir etadiganlari esa murakkab schyotlar korrespondensiyasi deb nomlanadi.
SHuni ham nazarda tutish kerakki, xar qanday buxgalteriya yozuvi bir nechta oddiy yozuvlardan iborat bo‘ladi. Masalan mol etkazib beruvchilardan olingan 1 200 000 so‘mlik materiallami ikki oddiy o‘tkazmaga ajratish mumkin:
D-t - «Xom ashyo va materiallar» schyoti
K-t- «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlan> schyoti - 700 000 so‘m
D-t - «YOqilg‘i» schyoti
K-t- «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» schyoti- 500 000 so‘m
Murakkab yozuvlaming oddiylarga ajratilishi mumkinligini, bir schyotning o‘ziga ta’sir etadigan bir necha operatsiyalar birga birlashtirilishi bilan tushuntiriladi (bizning misolda «Mol etkazib bemvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» - passiv).
SHunday qilib, xo‘jalik operatsiyalarini ikki yoqlama yozuv usuli bilan aks ettirish, albatta, ikki schyotga ta’sir etadi. Bunda bir schyot debetlanadi, ikkinchisi esa kreditlanadi. 0‘zaro korrespondensiyalanuvchi schyotlaming debeti va kreditiga har bir operatsiya bo‘yicha bir xildagi summalar yoziladi. Murakkab yozuv qilinayotganda, bir schyot bilan bogiiq boigan bir nechta schyotlar bo‘yicha ko‘rsatilgan summalaming jami shu schyotda hisobga olingan umumiy summaga teng boiishi kerak.
SHunday qilib, ikki yoqlama yozuv ikki o‘zaro bogiiq boigan xo‘jalik operatsiyalarini aks ettiruvchi sifatida mantiqiy toifa (kategoriya)dir. Ular xo‘jalik operatsiyalarining o‘z mohiyatidan kelib chiqadi va shuning uchun u barcha mamlakatlar amaliyotida mavjuddir.
Amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalarining iqtisodiy mazmuni ustidan ikki yoqlama yozuv yordamida nazorat o‘matiladi. Bunda schyotlar korrespondensiyasidan foydalaniladi. Ikki yoqlama yozuvning ahamiyatini, uning ana shu nazoratida
75
D-t
|
|
K-t
|
Boshlaneich aoldia.
Moddiy va pul mablagiari yoki ushbu korxonvalariga boigan mablagiar kirimi (kelib tushishi), shuningdek debitorlarning ushbu korxonvalariga qarzining ko‘payishi
|
Asosiy va oborot-mablagiar sarfini (chiqib ketishi yoki debitorlik qarzning uzilishi)
|
Debetoxirei aoldia
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |