v) asosiy ishlab chiqarishda band bo‘lgan xodimlaming mehnat haqi xarajatlari;
g) ishlab chiqarish xususiyatidagi ustama xarajatlar;
sotilgan mahsulotlar tannarxi;
sotish va ma’muriy-boshqaruv xarajatlari;
z) ishlab chiqarishdan kutilayotgan foyda yoki zarar.
Bosh byudjet korxonaning rahbarlari uchun muhim bo‘lib, rejalashtirilgan hisobot davrida ular oldida turgan maqsad va vazifalami aniq belgilash hamda ishlab chiqarish dasturining bajarilishi, daromadlar va xarajatlaming shakllanish jarayoni, hisob-kitob va to‘lovlar holatini doimiy ravishda kuzatib borishga imkon beradi.
Bosh byudjetni tuzish investitsiya qilingan mablag‘lardan foydalanish samaradorligini ta’minlashda korxona mulkdorlari uchun ham zamr hisoblanadi.
Korxonaning bosh byudjeti operatsion, investitsiya va moliyaviy byudjetlardan tashkil topadi.
Operatsion byudjetning asosiy maqsadi moliyaviy mablag‘laming taxminiy manbalari va ulardan foydalanish yo‘nalishlarini belgilab berishdir.
Sotish xarajatlari byudjeti strategik rejalashtirish asosida xaridorlar imkoniyati va mahsulotlar hajmini e’tiborga olib vertikal hamda gorizontal tartibda tuziladi.
Investitsiya byudjeti korxonaning byudjet davridagi kapital xarajatlari va uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalari rejasi hisoblanadi.
366
Moslashuvchan va statik byudjet. Javobgarlik markazlari va xarajatlarning kelib chiqish joylarini nazorat qilish.
Byudjetlar oldiga qo‘yilgan vazifalarga muvofiq, moslashuvchan va statik turlarga ajratiladi.
Statik byudjet korxonaning ishchan faolligini muayyan darajasida hisob-kitob qilinadi.* 54 Unda daromadlar va xarajatlar sotishlar darajasidan kelib chiqqan holda rejalashtiriladi.
Statik byudjet korxona moliyaviy natijalarining haqiqiyligini ifodalaydi hamda pul va foiz nisbatlaridagi ko‘rsatkichlaming mutlaq raqamlarini taqqoslashga imkon beradi.
Moslashuvchan byudjetda ishlab chiqarishning rejalashtirilgan hajmi tuzatish yo‘li bilan hisob-kitob qilinadi. Unda sotish hajmini hisoblashning bir qancha muqobil variantlaridan foydalaniladi.
Korxonada javobgarlik markazlari bo‘yicha moslashuvchan byudjetlar tuzish xarajatlar va daromadlami samarali boshqarishga, chetlanishlar bo‘yicha tezkor choralar qabul qilishga, ijobiy va salbiy chetlanishlarni rejalashtirilgan foyda summasiga mos ravishda tuzatib borishga imkon yaratadi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda javobgarlik markazlari bo‘yicha boshqaruv hisobini tashkil etishda ushbu markazlaming turlari mohiyatiga alohida e’tibor qaratish zarur.
Korxonada bo‘linmalar bo‘yicha boshqaruv hisobini samarali tashkil etish uchun ulami quyidagi belgilarga muvofiq tasniflash lozim55:
vakolatlar va javobgarlik hajmiga ko‘ra;
markaz bajaradigan funksiyalar bo‘yicha.