D. Q. Usmanova buxgalteriya


Soliq va bojxona xabarlari. 50-son (646) 2017 yil 12 dekabr



Download 497,37 Kb.
bet39/92
Sana23.06.2022
Hajmi497,37 Kb.
#694698
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   92
Bog'liq
1. Buxgalteriya xisobi

Soliq va bojxona xabarlari. 50-son (646) 2017 yil 12 dekabr


236


miqdoridan




summaning 22,5 %


Daromad solig‘i hisoblangan ish haqining butun sonidan hisoblab topiladi. Jismoniy shaxslaming ish haqisi va boshqa daromadlaridan ushlangan daromad solig‘i summasi korxona tomonidan budjetga o‘z vaqtida va to‘liq o‘tkazib berilishi kerak.
Fuqarolarning daromadlaridan davlat budjeti foydasiga ushlangan soliq summalarini hisobga olish uchun 6410 «Budjetga toiovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)» passiv schyoti qoilaniladi. Bu schyotning kredit qoldigi korxonaning budjetdan boigan qarzini ko‘rsatadi, Debet oboroti - budjetga o‘tkazib berilgan summani ko‘rsatadi; kredit oboroti - ishchi va xizmatchilaming ish haqlaridan ushlangan soliq summasini ko‘rsatadi.
Masalan, ishchiga yanvar oyida 1750000 so‘m ish haqi hisoblandi. Ushlanadigan daromad solig‘i miqdori quyidagicha bo‘ladi: Minimal ish haqi 172240 so‘m.

  1. 172240 x5 = 861200so‘m,- 172240=688960 x 7.5% / 100% = 51672 so‘m

  2. 5 baravaridan 10 barobarigacha qismidan

861200 so‘mx 16,5% /100% = 142098 so‘m

  1. 10 baravaridan oshgan summa (1750000-1722400) 27600 so‘m x 22,5% / 100% = 6210 so‘m

  2. jami ushlanadigan daromad solig‘i miqdori 199980 so‘m

(51672+142098+6210) ni tashkil etadi. Ushbu summaga quyidagicha buxgalteriya hisobi yozuvi amalga oshiriladi: Dt 6710 «Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisoblashishlar» schyoti -199980 so‘m, Kt 6410 «Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar» schyoti -199980 so‘m.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining N° PQ-744 qaroriga asosan hisoblangan ish haqidan 1% miqdorida xodimlaming yig‘ilib boruvchi pensiya hisob raqamiga ajratma qilinar edi. 2018 yil 1-yanvardan boshlab bu miqdor 2 foizga ko‘tarilgan Ammo hisoblangan 2% yig‘ilib boruvchi pensiya hisob raqamiga ajratma, hisoblangan daromad solig‘idan ushlab qolinadi. Bunda Dt 6410


237




«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar» scheti -35000 so‘m, Kt 6520 «Davlat maqsadli fondlariga to‘lovlar» scheti-35000 so‘m. buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi. Mablag‘ o‘tkazilganda, Dt 6520 «Davlat maqsadli fonlariga to‘lovlar» scheti -35000 so‘m, Kt 5110 «Hisob-kitob» scheti -35000 so‘m. tarzida buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi.
Byudjetga mablag‘ o‘tkazib berilganda, Dt 6410 «Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar» schyoti -164980 so‘m., Kt 5110 «Hisob-kitob» schyoti -164980 so‘m.
Ish haqidan Pensiya fondiga 8 % miqdorda badal hisoblanganda, Dt 6710 «Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisoblashishlar» schyoti -140000so‘m, Kt 6520 «Davlat maqsadli fonlariga to‘lovlar» schyoti -140000 so‘m.
Mablag‘ o‘tkazilganda, Dt 6520 «Davlat maqsadli fonlariga to‘lovlar» schyoti -140000so‘m, Kt 5110 «Hisob-kitob» schyoti -140000 so‘m. tarzida buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi.
Ijro varaqalari aliment summalarini ushlash va o‘tkazib berish uchun asos bo‘lib hisoblanadi. Olingan ijro varaqalarini buxgalteriyada maxsus jurnal yoki kartochkada ro‘yxatga oladi. Xodimlarning arizasiga muvofiq alimentlar quyidagi hollarda ushlanadi: agar ushlanmalarning umumiy summasi 50 % dan oshsa, shuningdek agar sud qarori bilan boshqa onadan bo‘lgan bolalar foydasiga, mehnatga layoqatsiz ota-onalar foydasiga, xotini (xotinlari) foydasiga.
Ijro varaqalari bo‘yicha olib boriladigan hisob-kitoblar hisobi 6990 «Boshqa majburiyatlar» schyotining 1-«Ijro hujjatlari bo‘yicha tashkilot va shaxslar bilan hisob - kitoblar» analitik schyotida yuritiladi.
Aliment hisobot oyi bo‘yicha hisoblangan ish haqi, vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotgan davrida hisoblangan nafaqa summasidan soliqlar ushlangandan keyin, shuningdek, hisoblangan pensiya va stipendiya summasidan ushlanadi. Bu vaqtda buxgalteriya hisobida quyidagicha yozuv rasmiylashtiriladi: Dt 6710 «Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar», Kt 6990- «Boshqa majburiyatlar» schyoti.
Ish haqi, pensiya va stipendiyalar to‘lash uchun belgilangan uch kunlik muddat ichida aliment summalari to‘lanishi yoki aliment oluvchilar hisobidan


238


pochta orqali o‘tkazib berilishi kerak. Bunda 6990- schyoti debetlanib 5010- schyoti kreditlanadi.


Moddiy yordam, ixtirochilik, ratsionalizatorlik takliflari uchun berilgan rag‘batlantirish va shu kabi summalaridan aliment summasi ushlanmaydi. Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha ariza-majburiyatlarning hamma summasini korxona bank krediti hisobidan savdo tashkilotlariga o‘tkazib berganda kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha ushlanma operatsiyalar sodir bo‘ladi.
SHunday qilib, qisman ushlanmalarni o‘nlab savdo tashkilotlariga o‘tkazib berish uchun bankka to‘lov-topshiriqlari yozish vaqti qisqaradi. Bu shakldagi hisoblashishlar uchun schyotlar rejasida 4710-«Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning qarzi» schyoti tayinlangan. Bu schyot aktiv bo‘lib uning qoldig‘i korxonaga qaytarilmagan kredit bo‘yicha ishchi va xizmatchilarning qarzini ko‘rsatadi; Debet oboroti - bank krediti hisobidan korxonaning yana bergan topshiriq-majburiyat summasini ko‘rsatadi; kredit oboroti - qarzni qoplash uchun ishchi va xizmatchilarning ish haqlaridan ushlangan summani ko‘rsatadi.
Basharti xodim majburiyat summasini to‘liq qoplamasdan boshqa korxonaga ishga o‘tsa, korxona savdo tashkilotiga xodimning yangi ish joyini ko‘rsatib xabar beradi. Korxona shuningdek ssuda bo‘yicha bank bilan to‘liq hisoblashadi. Agar korxona o‘z xodimlarining kreditga sotib olgan tovarlari bo‘yicha bank kreditidan foydalanadigan bo‘lsa, 6990-«Boshqa majburiyatlar» schyotida savdo korxonalari bo‘yicha shaxsiy schyotlar ochadi.
Ishchi va xizmatchilarning ish haqlaridan ushlanadigan majburiy ushlanmalardan tashqari ularning yozma arizalariga muvofiq ixtiyoriy ushlanmalar ham bo‘lishi mumkin: ish haqini Xalq bankiga, sug‘urta tashkilotlariga o‘tkazib berish, kasaba uyushmalar badallarini to‘lash, dalabog‘ uy va uchastkalarni qurish va obodonlashtirish uchun olingan ssudani qaytarish. Bunday hisoblashish muomalalari 4710-«Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning qarzi» va 6990-«Boshqa majburiyatlar» schyotlarda hisobga olinadi.


239


  1. Mehnat haqi bo‘yicha hisoblashishlar, ularni rasmiylashtirish va

foydalanishni nazorat qilish
0‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksiga binoan ishchi va xizmatchilarga ish haqi bir oyda kamida bir marta beriladi. Ayrim hollarda xodimlaming alohida kategoriyalari uchun O‘zbekiston Hukumati tomonidan ish haqi to‘lash bo‘yicha boshqa muddatlar belgilanishi mumkin.
Oyning birinchi yarmiga ish haqi hisoblashning avansli va avanssiz tartibi qoilaniladi. Birinchi holda hodimga avans berilib oyning ikkinchi yarmiga ish haqi toianishda pirovard hisob qilinadi. Jamoa shartnomasini tuzishda avans miqdori ish beruvchi bilan kelishib olinadi. Avansning minimal miqdori tabelga binoan ishchining ishlagan vaqti bo‘yicha tarif stavkasidan kam bo‘lmasligi kerak.
Ikkinchi holda korxona rejali avans toiashning o‘miga oyning birinchi yarmi bo‘yicha haqiqiy ishlab chiqargan mahsuloti (bajargan ishi) yoki ishlagan vaqti bo‘yicha ish haqi hisoblaydi.
Avanslar oklad yoki tarif stavkasining, soliq chiqarilgandan so‘ng, 40-50 foizi miqdorida hisoblanadi. Ishchi va xizmatchilar bilan hisoblashishni rasmiylashtirish uchun foydalaniladigan hujjat bo‘lib hisoblash qaydnomasi hisoblanadi. Quyidagi dastlabki hujjatlar ish haqi hisoblash qaydnomasi va hisoblash varaqalarini tuzish uchun asos bo‘lib hisoblanadi:

  • ish vaqtidan foydalanishni hisobga olish tabeli - asosida foydalanilgan vaqt yotadigan vaqtbay ish haqi va boshqa to‘lovlami hisoblash uchun foydalaniladi (bekor turishlar, tungi va ish vaqtidan ortiq ishlagani, vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotgani va shu kabilar uchun to‘lanadigan haq);

  • ish haqini yig‘ib boruvchi kartochkalar - ishbay ishchilar uchun;

  • barcha turdagi qo‘shimcha haq va vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotgani bo‘yicha nafaqalar hisoblash buxgalteriya raschyoti;

  • o‘tgan oy bo‘yicha hisoblash qaydnomaslari - soliq ushlanmalar summasini hisoblash uchun;

  • ijro varaqalari bo‘yicha ushlab qolish uchun sud organlarining qarorlari;


240


  • oyning birinchi yarmi uchun avans berish bo‘yicha to‘lov qaydnomalari;

  • rejasiz avanslar berish bo‘yicha kassa-chiqim orderlari va h. k.

Hisoblash qaydnomasi analitik hisob registri boiib hisoblanadi, chunki u har
bir tabel nomeri, sexlar, xodimlar kategoriyalari, toiov va ushlanmalar turlari bo‘yicha tuziladi. Toiov qaydnomasi quyidagi ko‘rsatkichlardan iborat:

  • toiov turlari bo‘yicha hisoblandi - 6710 schyotning kredit oboroti bo‘yicha;

  • toiov va zachet turlari bo‘yicha ushlandi va zachet qilindi - 6710 schyotning debet oboroti;

  • qoiiga tegadigani yoki korxonaning oy oxiriga qarzi - 6710 schyotning kredit saldosi.

Hisoblash qaydnomasining oxirgi ko‘rsatkichi pirovard hisoblashish bo‘yicha toiov qaydnomasini tuzish uchun asos boiib hisoblanadi.
Korxonaning ishchi va xizmatchilar bilan hisoblashishini rasmiylashtirishda bir qancha variantlar qoilaniladi:

  • hisoblashish-toiov qaydnomaslarini tuzish yoii bilan. Bunda ikki registr birlashtirilgan: hisoblash va toiov qaydnomasi, ya’ni bir vaqtning o‘zida toiashga tegishli summa hisoblanadi va u beriladi (toianadi);

  • hisoblash qaydnomasini tuzish yoii bilan, toiash esa toiov qaydnomasi bilan amalga oshiriladi;

  • har ish oyi uchun (hisoblandi, ushlandi, qoiiga tegadigani) «Ish haqi hisoblash» varaqalarini mashinalarda tuzish yoii bilan. Bunga asosan ish haqi berish uchun toiov qaydnomasi tuziladi.

Moliyalash manbaidan qafiy nazar korxonaning mehnat haqi xarajatlari tarkibiga mehnatga haq toiash bo‘yicha qilingan barcha xarajatlar, jumladan qonun bo‘yicha xodimlaming ishlamagan vaqti uchun hisoblangan o‘rtacha ish haqi, rag‘batlantimvchi toiovlar, kompensatsiya toiovlari kiradi.
YUqorida ko‘rsatilgan mehnatga haq toiash bo‘yicha qilingan xarajatlarning barchasi xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizomga binoan mahsulot (ish va xizmat)lar tannarxiga kiritiladi yoki davr xarajatlariga o‘tkazilib, keyin har oyda


241




hisobot davri foydasini kamaytirishga yo‘naltiriladi. Mehnat haqi fondidan foydalanish ustidan nazoratni asosan korxona rahbari olib boradi.
2002-yilning 1-oktabridan boshlab, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, korxonalar va tashkilotlaming mehnatga haq toMashga yo‘naltiriladigan mablag‘larini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilindi. Bu o‘z navbatida mehnat haqi fondidan foydalanish ustidan olib boriladigan ichki nazoratni kuchaytirishni taqozo etadi.
Buxgalteriya hisobining jumal-order shakli tarkibida hisobot, haqiqiy hisoblangan mehnat haqi fondini hisoblab chiqish va rejali fonddan foydalanish ustidan nazorat qilish uchun maxsus registrlar nazarda tutilgan. Bu maqsad uchun sanoatda 5-«Hisoblangan ish haqining tarkibi va xodimlar kategoriyalari bo‘yicha yig‘ma va ishchi va xizmatchilar bilan hisoblashishlar bo‘yicha yig‘ma» ishlov berish jadvalidan foydalaniladi. Bu har oyda hisoblash qaydnomalariga asosan tuziladi.
Haqiqatan ham bu jadval 6710-schyotning maMumotlarini tahlil qilish, 8, 10/1 jurnal-orderlariga, 7-qaydnomasga soliq ushlanmalari bo‘yicha ma’lumotnoma tuzish va oy oxiriga qolgan qoldig‘ini bosh daftar bilan taqqoslash imkoniyatini beradi. CHunonchi, 8 - jumal-orderga yozish uchun ishchi va xizmatchilaming ish haqlaridan ushlangan soliqlar summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma 6410-schyotning kredit ma’lumotlariga asosan tuziladi; 10/1 jumal-orderiga yoziladi 6710-schyotning krediti 6520-schyotning debeti bo‘yicha;

  1. qaydnomaga - 4710-schyotning krediti bo‘yicha, 6990-schyotning krediti bo‘yicha yoziladi.

  1. Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblarning

sintetik hisobi
Xodimlarga tegishli ish haqi, mukofot, nafaqalar hisoblashni amalga oshirish bilan bir vaqtda bu summalar korxona buxgalteriyasida tegishli registrlarda hisobga olib boriladi.


242




Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizomga binoan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga o‘tkaziladi. Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlariga quyidagilar kiradi:

  • xo‘jalik yurituvchi subektda qabul qilingan mehnatga haq to‘lash shakllari va tizimlariga muvofiq bajarilgan narxnomalar, tarif stavkalari va lavozim maoshlaridan kelib chiqib hisoblangan amalda bajarilgan ish uchun ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan hisoblangan ish haqi, shu jumladan bajarilgan ishni hisobga olish bo‘yicha dastlabki hujjatlarda nazarda tutilgan rag‘batlantiruvchi tusdagi to‘lovlar;

  • kasb mahorati va murabbiylik uchun tarif stavkalariga va okladlarga ustamalar;

  • ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan kompensatsiya tusdagi to‘lovlar, shu jumladan:

  • texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan tungi vaqtda, ishdan tashqari vaqtda, dam olish va bayram kunlarda ishlaganlik uchun tarif stavkalari va okladlarga ustamalar va qo‘shimcha haq;

  • smenali rejimda ishlaganlik, kasblarni birga qo‘shib olib borganlik va xizmat ko‘rsatish zonalarini kengaytirganlik uchun ustamalar;

  • hukumat tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar ro‘yxati bo‘yicha og‘ir, zararli mehnat va tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganlik uchun ustamalar, shu jumladan ushbu sharoitlardagi uzluksiz ish staji uchun ustamalar;

  • aloqa, temir yo‘l, daryo, avtomobil transporti va katta yo‘llar xodimlarining va doimiy ishi yo‘lda o‘tadigan yoki qatnov tusiga ega bo‘lgan boshqa xodimlarning ish haqiga, xo‘jalik yurituvchi subekt joylashgan joydan jo‘nagan paytidan boshlab shu joyga qaytib kelgan paytigacha to‘lanadigan yo‘lda o‘tgan har bir sutka uchun to‘lanadigan ustamalar;

  • qurilishda, rekonstruksiya qilishda va mukammal ta’mirlashda bevosita band bo‘lgan, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda vaxta usuli bilan ishlarni bajarishgan xodimlar uchun ishning ko‘chma va qatnov xususiyati uchun ustama;


243




  • doimiy ravishda er osti ishlarida band bo‘lgan xodimlarga ulaming shaxtada ish joyiga jo‘nab ketishlaridan va orqaga qaytishlarigacha o‘tadigan normativ vaqt uchun qo‘shimcha haq;

  • mehnatga haq to‘lashning rayonlar bo‘yicha tartibga solinishiga, shu jumladan rayon koeffitsientlari va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq cho‘l, suvsiz va yuqori tog‘ joylarida ishlaganlik uchun koeffitsentlar bilan belgilangan to‘lovlar;

  • xo‘jalik yurituvchi subekt joylashgan joydan ish joyiga va orqaga qaytadigan yo‘lda o‘tadigan kunlar uchun vaxtada ishlash jadvalida nazarda tutilgan, shuningdek xodimlarning meteorologiya sharoitlariga ko‘ra va transport tashkilotlarining aybi bilan yo‘lda tutilib qolingan kunlar uchun tarif stavkasi, oklad miqdorida to‘lanadigan summalar;

  • ish vaxta usulida tashkil etilganda, ish vaqti jamlanib hisoblanganda va qonun hujjatlari bilan belgilangan boshqa hollarda xodimlarga ularga ish vaqtining normal davom etishidan ortiq ishlaganligi munosabati bilan beriladigan dam olish kunlari, uchun haq to‘lash;

-ishlamagan vaqt uchun haq to‘lash:

  • amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq navbatdagi va qo‘shimcha ta’tillar, navbatdagi foydalanilmagan va qo‘shimcha tahillar uchun kompensatsiyalar, o‘smirlaming imtiyozli soatlari, bolani ovqatlantirish uchun onalar ishidagi tanafuslar, shuningdek tibbiy ko‘riklardan o‘tish bilan bog‘liq vaqt uchun haq to‘lash;

  • majburiy ta’tilda bo‘lgan xodimlarga, asosiy ish haqini qisman saqlab qolgan holda haq toiash;

  • donor xodimlarga qonni tekshirish, topshirish kunlari uchun va qon topshirilgan har bir kundan keyin beriladigan dam olish kunlari uchun haq toiash;

  • davlat vazifalarini bajarganlik uchun mehnat haqi toiash;

  • xo‘jalik yurituvchi subekt shtatida turmaydigan xodimlar mehnatiga ular tomonidan fuqarolik-huquqiy tusdagi tuzilgan shartnomalar bo‘yicha ishlar bajarilganligi uchun haq toiash, agar bajarilgan ish uchun xodimlar bilan hisob-


244


kitob xo‘jalik yurituvchi subektning o‘zi tomonidan amalga oshirilsa pudrat shartnomasi ham shu jumlaga kiradi;


- belgilangan tartibga muvofiq ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi xodimlar mehnatiga haq to‘lash fondiga kiritiladigan to‘lovlaming boshqa turlari.
Barcha bu mehnat xarajatlari bevosita quyidagi schyotlaming debeti bo‘yicha 2010-«Asosiy ishlab chiqarish», 2310-«YOrdamchi ishlab chiqarish», 2510- «Umum ishlab chiqarish xarajatlari», 2610-«Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar», 2710-«Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar» 3100- «Kelgusi davrlar xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar», 6710-«Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar» schyotining krediti bo‘yicha aks ettiriladi.
Ishchilarning ta’til vaqti uchun hisoblangan ish haqi summasiga 8910- «Kelgusi xarajatlar va to‘lovlar zaxiralari» (agar korxonaga bunday zaxira mablag‘larini tashkil qilish huquqiy berilgan bo‘lsa) schyoti Debetlanib 6710- «Mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlar» schyoti kreditlanadi va 15- qaydnomasga binoan 10 va 10/1 jumal-orderlarida aks ettiriladi.
Ishga qobiliyatsizligi bo‘yicha nafaqa va ijtimoiy sug‘urta organlari mablagiari hisobidan toianadigan boshqa toiovlar 6520-«Maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar» schyotining Debeti va 6710-schyotning kreditiga yozilib 10/1 jumal-orderida aks ettiriladi.
Qisqa xulosa
Xo‘jalik yurituvchi subektlarda mehnat va unga haq toiash hisobi korxonaning hisob tizimida muhim ahamiyatga egaligi va u mehnatning son hamda sifati, istemolga yo‘naltiriladigan mablagiardan foydalanish ustidan operativ nazoratni ta’minlashga qaratilgan.
Mehnatga haq toiashda ishning sifatini, ishlab chiqarish normalarining bajarilishini hisobga olish va ish haqi hisoblashning maium tartibini belgilash bo‘yicha nazariy hamda amaliy tavsiyalar berilgan.



Download 497,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish