D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/172
Sana31.12.2021
Hajmi0,89 Mb.
#202760
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   172
Bog'liq
Urinboyeva-D.-Rahimova-M.-Diktantlar-toplami

 
SO‘Z PODSHOSI 
Lutfiy  –  XV  asrning  ikkinchi  yarmigacha  bo‘lgan  o‘zbek 
adabiyotining eng mashhur lirik shoiri. Shuning uchun ham zamonasining 
ahli  adabi  va  ahli  fuzalosi  uni  «malik  ul-kalom»,  ya’ni  «so‘z  podshosi» 
deb  e’zozlagan.  Manbalarda  taxallusi  oldidan  «ulug‘  ustod»  ma’nosidagi 
«Mavlono» sifatining qo‘shib tilga  olinishi ham shundan. Alisher Navoiy 
uni  o‘zining  ustozlaridan  biri deb  biladi.  Buni  shoirlar  haqidagi  «Majolis 


82 
 
un-nafois»  tazkirasidagi  ulug‘  shoir  haqida  aytilgan  quyidagi  iliq  so‘zlar 
ham isbotlaydi: «Mavlono Lutfiy  o‘z zamonasining malik ul-kalomi erdi, 
forsiy va turkiyda naziri yo‘q erdi va turkcha devoni mashhurdur». 
Bundan shoir Hirotda tug‘ilib-o‘sgani, o‘zi yashagan Dehikanor degan 
qishlog‘ida  esa  dafn  etilganini  bilib  olamiz.  Aniq  bo‘ladiki,  u  milodiy 
1366-yili tug‘ilib, 1465-yili vafot etgan. Lutfiy dunyodan o‘tganda Alisher 
Navoiy 24 yoshda edi. 
«Nasoyim  ul-muhabbat...»dan  keltirilgan  ma’lumotda  Zahiriddin 
Muhammad  Bobur  nomidagi xalqaro  jamg‘arma  uyushtirgan  ilmiy-ijodiy 
ekspeditsiya a’zolari aynan shu ko‘rsatma asosida Dehikanor qishlog‘ini, u 
yerdagi  qabristondan  Lutfiyning  qabrini  izladi  va  topdi.  Qabr  toshidagi 
yozuv  orqali  bu  aynan  Lutfiyning  mozori  ekani  isbotlandi.  Jamg‘arma 
2006-yilning may oyida bu muqaddas qadamjoga o‘zbek milliy an’analari 
asosida maqbara o‘rnatib qaytdi (165 ta so’z). 
 
IKKI VAFOLI YOR 
Temur  Ko’ragon  barcha  iqlimlarni  fath  etishga  kirishganda, 
Hindistonda  qattiq  jang  bo’ldi.  O’tkir  tig’lar  har  tomondan  qon  to’kib, 
butun  olamga  g’avg’o  soldi.  Shu  payt  ikkita  bechora  sevishgan  nogoh 
ushbu qotillarga duch  keldi.  Shohning buyrug’iga amal qilib, askarlardan 
bittasi  ularni  chopmoqchi  bo’ldi.  Askar  yonidan  tig’ni  chiqargan  edi, 
ulardan  biri  o’z  sherigini  tig’  ostida  ko’rib  himoya  qilish  uchun  qotilga 
boshini tutdi.  

 
Meni  o’ldiring,  yorim  bir  on  bo’lsada  yashasin  -  askar  uning 
boshini olmoqchi edi, unisi ham xuddi shu so’zni aytdi. U qaysisiga 
o’z  zulmini  ko’rsatmoqchi  bo’lsa,  boshqa  biri  o’sha  gap  bilan 
oyog’iga yiqilar edi. Qotilning jahli chiqib: 

 
So’zsiz, ikkalangizning ham chopaman! - dedi. 

 
U qaysi birini o’ldirishga oshiqsa, ikkinchisi toqatsizlik bilan der 
edi: 

 
Tez bo’l, oldin  meni  o’ldira qol,  to  men o’lguncha loaqal u tirik 
tursin! 
Ular  bir-birlariga  o’z  boshlarini  in’om  etardilar.  Boshlarini  kesdirish 
uchun tig’ni talashar edilar. Shu munosabat bilan orada birpas kutish yuz 
bergan  edi,  birdan  xalq  orasida  omon-omon  bo’lgani  haqida  nido 
ko’tarildi.  Chunki  bu  ikki  yor  bir-biri  uchun  jonidan  kechgan  edi,  shoh 
ham  xalqning  gunohidan  o’tdi.  Bu  ikki  yor  do’stlik,  sadoqat  tuyg’ularini 
namoyish qilib, elni ham, o’zlarini ham xalos qildilar (160 ta so’z).  
 


83 
 

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish