OLMALAR
Qo’shnilar ikkita bir xil nav olma ko’chatini olib kelishdi. Ikkalalari
ham bog’larining eng sara yeridan joy tanlashdi-da, ko’chatlarini avaylab
o’tqazishdi.
Nihollar barq urib o’sa boshladi. Yillar o’tdi. Olmalar bo’y tortdi,
novdalari qanot yozdi. Birinchi qo’shni daraxtni juda avayladi. Atrofini
yumshatdi, tagini kovlab, o’g’it tashlab turdi, tezroq o’ssin deb tez-tez suv
berdi. Qishda sovuq urmasin deb, novdalarini o’rab qo’ydi. Hatto chang
o’tirmasin deya, ko’m-ko’k yaproqlarini yuvardi ham. Xayolida olma
tezroq gurkirab ossa-yu, tezroq odamlarning ko’ziga tashlansa.
Ikkinchi qo’shni esa ko’chatiga har bahorda biroz qarov berardi.
Boshqa paytda qiyo boqmasdi ham. Uning olma daraxti uncha bo’y
tortmagan bo’lsa ham, ona yerga chuqur ildiz tortdi. Yashash uchun
kurashdi. Qish izg’irinida chiniqdi. Uch yildayoq hosilga kirdi.
Birinchi olma daraxti esa qayrag’ochday o’sib ketdi. Uch yil ham
o’tdi, to’rt yil ham o’tdi, u yer - bu yerida bir-ikkita nishona qildi, xolos.
Bir yili qish juda qattiq keldi. Egasi qanchalik avaylamasin, sovuq urib
ketdi.
Ikkinchi olma hamon o’shanday. Har bahorda gullaydi. Kuzda
novdalaridagi qip-qizil olmalar hammaning havasini keltiradi (162 ta
so’z).
SUV
Suv tabiatning bebaho ehsonidir. Uning o’ziga xos xususiyatlari ko’p.
Shulardan biri, suvning o’z-o’zini tozalshi bo’lib, bu qiyosi yo’q tabiiy
xossadir. Lekin hamma narsaning ham chegarasi bo’lganidek, suvning bu
xossasining ham chegarasi yo’q emas.
78
Yer yuzida aholi soni tinimsiz o’sib bormoqda, turli zavodlar,
korxonalar ko’plab qurilmoqda. Ularning kundalik faoliyati suvga salbiy
ta’sir ko’rsatib, uni zaharlamoqda. Bir paytlar shahardagi barcha oqar
suvlarni ichish, ularda tandirdan yangi uzilgan issiq nonni oqizoq qilib
yeyish mumkin edi.
Hozir-chi? Hozir bunday qilib bo’lmaydi. Shuning uchun bo’lsa
kerak,
keyingi
yillar
davomida,
olimlarning
fikricha,
suvlarni
ifloslanishdan saqlash va iflos bo’lganlarini tozalashning yangidan-yangi
usullarini o’ylab topish bilan ish bitmaydi. Qolaversa, uni o’ta darajada
tozalab yuborish ham zarar, bunda suvdagi foydali moddalar qirilib ketishi
mumkin va bu ahvol ijobiy natijalarga erishishga qarshilik qiladi. Suvning
sifati undagi tirik organizmlar miqdoriga ham bog’liq. Ular suv tarkibiga
doimo ijobiy va muhim ta’sir ko’rsatadilar. O’simliklar dunyosi karbon
gazini yutib, insonlarga kislorod chiqarib berganidek, suv ko’katlari
suvdagi o’zga qo’shimchalarni yutadi va suvlarni toza bo’lishiga yordam
ko’rsatadi (161 ta so’z).
TUYA
Tuyani cho’l kemasi deyishadi. Darhaqiqat, tuya qadim zamonlardan
buyon uzoq yurtlarga safarga yoki savdo qilish uchun otlangan savdogar
va sayyohlarning asosiy transport vositasi bo’lgan.
Tuya juft tuyoqlilar orasida eng yirigi bo’lib, og’irligi 800 kilogramm
keladi, orqasida bitta yoki ikkita yog’ to’playdigan o’rkachi bo’ladi. U
cho’l va sahrolarda yozning jazirama issig’ida ham bemalol harakatlanadi.
Tuya oziq tanlamaydi, ochlikka va suvsizlikka juda chidamli bo’ladi.
U jazirama cho’lda suvsiz va oziqsiz kuniga 80-90 kilometr yo’l bosib,
to’xtovsiz bir necha kun yurishi mumkin. Cho’llarda tuyalar hozir ham
asosiy ulov hisoblanadi.
Bundan tashqari, sog’in moyalar kuniga 10-15 litr yog’li sut beradi.
Bahorda har bir tuyadan 7 kilogrammgacha qimmatbaho jun olinadi. Tuya
go’shti juda mazali bo’ladi. Bitta tuya 240 kilogrammgacha go’sht, 120
kilogrammgacha yog’ beradi.
Tuyalarning bir o’rkachli turi tabiatda yovvoyi holda uchramaydi. Ikki
o’rkachli tuyalar Mongoliya cho’llarida tarqalgan.
O’zbekistonning
Buxoro,
Qashqadaryo,
Navoiy
viloyatlari,
Qoraqalpog’iston Respublikasida tuya xonadonlarda va jamoa xo’jaliklari
fermalarida boqiladi (147 ta so’z).
79
Do'stlaringiz bilan baham: |