SO‘Z PODSHOSI
Lutfiy – XV asrning ikkinchi yarmigacha bo‘lgan o‘zbek
adabiyotining eng mashhur lirik shoiri. Shuning uchun ham zamonasining
ahli adabi va ahli fuzalosi uni «malik ul-kalom», ya’ni «so‘z podshosi»
deb e’zozlagan. Manbalarda taxallusi oldidan «ulug‘ ustod» ma’nosidagi
«Mavlono» sifatining qo‘shib tilga olinishi ham shundan. Alisher Navoiy
uni o‘zining ustozlaridan biri deb biladi. Buni shoirlar haqidagi «Majolis
82
un-nafois» tazkirasidagi ulug‘ shoir haqida aytilgan quyidagi iliq so‘zlar
ham isbotlaydi: «Mavlono Lutfiy o‘z zamonasining malik ul-kalomi erdi,
forsiy va turkiyda naziri yo‘q erdi va turkcha devoni mashhurdur».
Bundan shoir Hirotda tug‘ilib-o‘sgani, o‘zi yashagan Dehikanor degan
qishlog‘ida esa dafn etilganini bilib olamiz. Aniq bo‘ladiki, u milodiy
1366-yili tug‘ilib, 1465-yili vafot etgan. Lutfiy dunyodan o‘tganda Alisher
Navoiy 24 yoshda edi.
«Nasoyim ul-muhabbat...»dan keltirilgan ma’lumotda Zahiriddin
Muhammad Bobur nomidagi xalqaro jamg‘arma uyushtirgan ilmiy-ijodiy
ekspeditsiya a’zolari aynan shu ko‘rsatma asosida Dehikanor qishlog‘ini, u
yerdagi qabristondan Lutfiyning qabrini izladi va topdi. Qabr toshidagi
yozuv orqali bu aynan Lutfiyning mozori ekani isbotlandi. Jamg‘arma
2006-yilning may oyida bu muqaddas qadamjoga o‘zbek milliy an’analari
asosida maqbara o‘rnatib qaytdi (165
ta so’z
).
IKKI VAFOLI YOR
Temur Ko’ragon barcha iqlimlarni fath etishga kirishganda,
Hindistonda qattiq jang bo’ldi. O’tkir tig’lar har tomondan qon to’kib,
butun olamga g’avg’o soldi. Shu payt ikkita bechora sevishgan nogoh
ushbu qotillarga duch keldi. Shohning buyrug’iga amal qilib, askarlardan
bittasi ularni chopmoqchi bo’ldi. Askar yonidan tig’ni chiqargan edi,
ulardan biri o’z sherigini tig’ ostida ko’rib himoya qilish uchun qotilga
boshini tutdi.
Meni o’ldiring, yorim bir on bo’lsada yashasin - askar uning
boshini olmoqchi edi, unisi ham xuddi shu so’zni aytdi. U qaysisiga
o’z zulmini ko’rsatmoqchi bo’lsa, boshqa biri o’sha gap bilan
oyog’iga yiqilar edi. Qotilning jahli chiqib:
So’zsiz, ikkalangizning ham chopaman! - dedi.
U qaysi birini o’ldirishga oshiqsa, ikkinchisi toqatsizlik bilan der
edi:
Tez bo’l, oldin meni o’ldira qol, to men o’lguncha loaqal u tirik
tursin!
Ular bir-birlariga o’z boshlarini in’om etardilar. Boshlarini kesdirish
uchun tig’ni talashar edilar. Shu munosabat bilan orada birpas kutish yuz
bergan edi, birdan xalq orasida omon-omon bo’lgani haqida nido
ko’tarildi. Chunki bu ikki yor bir-biri uchun jonidan kechgan edi, shoh
ham xalqning gunohidan o’tdi. Bu ikki yor do’stlik, sadoqat tuyg’ularini
namoyish qilib, elni ham, o’zlarini ham xalos qildilar (
160 ta so’z
).
83
Do'stlaringiz bilan baham: |