D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/174
Sana07.01.2022
Hajmi0,89 Mb.
#328912
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   174
Bog'liq
DIKTANTLAR TO‘PLAMI (metodik ko‘rsatma)

BO‘ZBOLA 
Qishloqda  bir  bo’zbola  bo’ladi.  Bo’zbola  yelkador,  pishiq  qomatlik 
bo’ladi.  Kulcha  yuzlarida  chuqur-chuqur  kuldirgichlari  bo’ladi.  Qo’y 
ko’zlik,  siyrak  qoshlik  bo’ladi.  Bo’zbola  qomatini  g’oz  tutadi.  Joyida  tik 
turadi.  Qo’llarini  ko’kragiga  qovushtiradi  yo  beliga  tiraydi.  Bir  nuqtaga 
tikiladi.  Qayerga  tikiladi,  nimaga  tikiladi?  Bilmaymiz,  o’zi-da  bilmaydi. 
Shox-u  butog’ing  bormi,  muncha  kerilasan,  deymiz.  U  mizoji  xush 
ko’rmish  odamlar  bilan  salom-alik  qiladi.  Chin  dildan  gapirishadi. 
Ko’ngliga  o’tirmaydiganlar  bilan  salomlashgisida  kelmaydi!  Oqibat, 
bo’zbola  bizni  nazarga  ilmaydi,  deymiz.  U  o’zini  biz  uchun  dil-dildan 
oshno biladi. Bir qorindan talashib chiqqanlardayin bo’lsam, deydi. Aqalli, 
bir yomonligimizni ko’rsa bo’ldi! Bizdan qo’lini yuvib qo’ltiqqa uradi. Biz 
bilan  salom-alik  qilmaslik  payida  bo’ladi.  Ichimdan  top  deb  yuradi.  U 
odamovi! U olislardan ko’z uzmaydi,  kipriklarini-da pirpiratmaydi. Biz u 
tikilmish tarafga qaraymiz. Zangori ufq. Aqalli bulutlar-da yo’q.  
U bizni hayron qoldirib yashaydi! Bir nimani so’rasak, ha yo yo’q deb 
qo’ya  qoladi.  Qo’liga  suv  beramiz.  Suvni  go’yo  birinchi  ko’rayotganday 
tikiladi.  Minnatdorchilikni  tilab  olamiz.  «Sen  ham  odamga  o’xshab  biror 
nima de». «Nima deyin?» «Hech bo’lmasa, baraka toping, de». Shunda u 
tizzalarini quchoqlaydi. Olis-olislarga — Bobotog’ cho’qqilariga o’ychan-
o’ychan termiladi (T.Murod) 
(168 ta so‘z).
 
      
XOSIYAT BUVI 
Xosiyat  buvi  nevarasini  bog’chadan  olib  keldi,  o’zini  behol  sezdi. 
Atrofida nimalarnidir javrayotgan bolaning so’zlari qulog’iga kirmay, ko’z 
oldi xiralashib, tizzalari titradi, xontaxta chekkasiga cho’kkallab, xushidan 
ketdi…  Bir  zamon  ko’zini  ochsa  kasalxonada  yotar,  yonida  o’g’li,  kelini 
termulib  o’tirishardi.  U  bolalariga  bazo’r  qarab  qo’ydi,  ko’zlarini  yumdi. 
Bemorga tikilib o’tirganlarning ko’nglidagi vahima o’rnini allaqanday ilinj 
egallay  boshladi.  Xosiyat  buvining  o’g’li  “Hayriyat”  deb  chuqur  nafas 
oldi,  xotiniga  nimalarnidir  pichirlab  o’rnidan  turdi.  Kampir  o’g’lining 
qo’zg’alganini  sezdi,  lekin  ko’zini  ochishga  quvvati  bo’lmadi,  yuragi 
o’g’lining  yo’lakdan  uzoqlashayotgan  qadam  tovushiday  duk-duk  ura 
boshladi. “Otasi ham shunaqa tez-tez yurardi”,- xayolidan o’tkazdi u. 
Bola-chaqalarining  yelib-yugirib  qolganidan  Xosiyat  buvi  ahvoli 
ancha  og’ir  ekanligini  tushundi.  Qo’ni-qo’shnilar,  qarindosh-urug’lar 
serqatnov  bo’lib  qolishdi.  Gohida  o’g’li,  asosan,  kelini  boshida 
navbatchilik qilishardi. 


80 
 
Xosiyat buvining ikki singlisi bor. Kichigi shanba kuni keldi. U uyida 
ustalar  ishlayotgani  uchun  tez-tez  kelolmayotganidan  o’kingan  singlisini 
ko’rib o’sha kuni kech ketdi. Ertasiga yana keldi. 
Xosiyat  buvining  o’g’li  xolasining  bunchalik  mehri  tovlanib 
qolganidan quvonib ketdi (
T. Mahmud) (151 ta so’z).
 
       

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish