yoki bevosita korxona raxbari kiradi va uning o‘zi ro‘yxatdan chiqarishga imzo chekadi.
Tuzatib bo‘lmaydigan ba’zi bir dog‘larni markirovka yoki maskirovka qilish yo‘li bilan tuzatishga uriniladi.
Ko‘rpa-to‘shak belyosini markirovka qilish qoida va turlari. Mehmonxona belyosi yo‘qolmasligi uchun hamda boshqa mehmonxonalar belyosidan ajratib turishi uchun mehmonxona belyosi albatta markirovka qilingan bo‘lishi mumkin. Bu jarayon kostelyansha yoki belyoxona mudiri tomonidan amalga oshiriladi, majburiy o‘tkaziladi.
Markirovka quidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
Davlat standartlari me’yorlariga mos muhr;
Mazkur mehmonxona nomi bo‘lgan muhr;
Mazkur mehmonxona bosh harflari abbriviaturasi (venzeli) bo‘lgan tikib yozilgan yozuvlar bo‘lishi shart.
Xulosa va takliflar.
Ishni shakllantirishda kuzatuv tadqiqotlari, to‘plangan internet
ma’lumotlarining tahlili natijalari bo‘yicha quyidagi xulosalar ishlab chiqildi:
Tozalash ishlarini bajarishda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar mehmonxona inshootlarini sanitariya talablariga mos ravishda tozalashlari shart.Xususan mehmonxonalarda mijozlar sonining ortishi yoki kamayishi uning toza va ozodaligiga ham ko‘p tomonlama bog‘liq xisoblanadi;
Birinchi darajali mehmonxonalar nomerda xizmat ko‘rsatuvchi «Room service» xizmatiga va uning tozaligiga ega bo‘lishi kerak. Agar ushbu xizmat to‘g‘ri tashkil etilsa, mehmonxona daromadining 15% ni tashkil etishi mumkin;
Mehmonxonalarga ses xodimlari tez tez kelib faol ishlarini olib borib turishsa maqsadga muofiq bo‘ladi.Chunki bu mehmonxona tozaligi sifatining oshishiga va sanitariya gigiyena talablariga rioya qilish sifatining ortishiga katta xissa qo‘shadi;
Mehmonxonalarning nomer fondida xizmatlarni tashkil etishda har bir mijozga individual yondashish;
Nomer fondida tashkil etilgan xizmatlar bu shaxsan shu mijozga bo‘lgan e’tibor ekanligini unutmaslik;
Nomer fondida tozalash ishlarini amalga oshiruvchi xona bekalari mas’uliyatini oshirish va ularning doimiy malaka oshirishini ta’minlash;
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar islohat uchun emas, balki insonlarni munosib yashashini ta’minlashga qaratilganligi tufayli, mehmonxona xizmatlarini takomillashtirish va bu unda tozalash ishlarini to‘g‘ri va o‘z vaqtida tashkillashtirish, ijtimoiy nuqtai nazardan qarash lozimligi ko‘rsatildi.
Hozirgi paytda mehmonxona xo‘jaliklarida asosiy tushumni yotoq uchun olinadigan mablag‘lar tashkil etadi,bu esa uning toza va ozodaligiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.Istiqbolda xizmatlar turlarini takomillashtirish evaziga mehmonxonaga qo‘shimcha daromad olib kelishi mumkin.
Ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalarni amaliyotga joriy qilinishi, fikrimizcha,respublikamizda, xususan, Xorazm viloyatida faoliyat yuritayotgan mehmonxonalar xizmatini takomillashtirish bo‘yicha tegishli tadbirlar ishlab chiqishga asos bo‘ladi.