39
To‘g‘rilash operatsiyasi yordamida quyidagilarga erishiladi:
– detalga turg‘un shakl berish va o‘lchamlarini detal chizmasida
berilgan o‘lchamlarga
maksimal yaqinlashtirish;
– boshqa detallar bilan tutashadigan yuzalarni va flaneslarni
to‘g‘rilash;
– botirish operatsiyasidan so‘ng botirish radiuslarini kalibrlash
va chizmadagi radiuslarga maksimal yaqinlashtirish;
Teshik ochish. Kuzov detallarining yuzasida turli shakl va
o‘lchamga ega bo‘lgan va har xil tekisliklarda joylashgan teshiklar
bo‘ladi. Teshiklar teshikni urib chiqarish shtamplarida ochiladi.
Teshiklarni joylashishiga qarab shtamplar quyidagi turlarga bo‘-
linadi:
1) oddiy, teshiklar gorizontal tekislikda urib chiqariladi;
2) oddiy, ponali-teshiklar vertikal tekislikda, gorizontal yo‘na-
lishda, ponalar yordamida harakatga
keltiriladigan polzunchalar
yor damida urib chiqariladi;
3) murakkab-teshiklar turli tekisliklarda urib ochiladi.
Teshiklarning koordinatalari shakl hosil qiluvchi operatsiyalar
natijasida o‘zgarmasliklari uchun teshiklar barcha shakl hosil qi-
luvchi operatsiyalardan so‘ng urib chiqariladi.
Gardish hosil qiluvchi (flanes hosil qiluvchi) shtamplar. Deyarli
barcha kuzov detallarida bikrlikni oshirish yoki boshqa detal bilan
biriktirish uchun flaneslar ishlanadi.
Flaneslar eshik, yuk
bo‘lmasi, deraza, kapot darchalarida yopiq kontur bo‘yicha
ishlanadi. 3.5-rasmda ponali flanes hosil qiluvchi, ponasimon
shtampning soddalashtirilgan sxemasi keltirilgan.
Shtampninig pastki plitasi (10)da prujina bilan siqib turiladigan
polzuncha (7) joylashtirilgan bo‘lib, unda bort chiqaruvchi seksiya
(9) joylashtirilgan. Polzun (7)da yo‘naltiruvchi bo‘yicha
prujinalangan ponasimon polzuncha (4) harakatlanadi.
Polzuncha (4) bilan bort chiqaruvchi seksiya (8) bog‘langan.
Polzun pastga harakat langanda, polzuncha (7)ni pona (6)
ishchi
40
holatga siljitadi. Shunda seksiya (9) detalga taqaladi va qisgich
(3) detalni siqadi, pona (5) ponasimonni polzuncha (4) siljitadi
va detalning old qismida flanes tayyor bo‘ladi.
Yuqoridagi seksiya (2) pastki seksiya (1)ga nisbatan siljiganda,
orqa tomondagi flanes hosil qilinadi. Polzun yuqoriga harakat-
langanda ponalar (4) va (7) prujinalarning ta’sirida boshlang‘ich ho-
latga qaytadi.
3.5-rasm. Detalda gardish hosil qiluvchi ponali shtampning
sxemasi: 1- pastki
gardish hosil qiluvchi seksiya; 2 - yuqorigi
gardish hosil qiluvchi seksiya; 3 - qisqich; 4,7 - ponasimon
polzuncha; 5,6 - pona; 8, 9 -
gardish hosil qiluvchi seksiya;
10 - pastki plita
Do'stlaringiz bilan baham: