D. D. Shostakovichning simfonik asarlarid


D.D.SHOSTAKOVICHNING “BURUN” OPERASI



Download 106,51 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana06.07.2022
Hajmi106,51 Kb.
#751539
1   2   3
Bog'liq
Mavzu-4D.D.Shostakovich

D.D.SHOSTAKOVICHNING “BURUN” OPERASI 
Rossiya kompozitorlarining opera yo‘nalishida izlanishlarida rus va yevropa 
adabiyoti syujetlariga asoslangan operalar katta yutuqlarga erishdi. 
D.D.Shostakovichning “Burun” operasi ana shularlan biri bo‘lgan. 
D.D.Shostakovichning individual ijodiy faoliyatining shakllanishi yangi davr bilan 
bog‘liq bo‘lgan. Inqilob sodir bo‘lganida u 11 yoshda edi. Kompozitorning birinchi 
asarlaridayoq uning o‘ziga xos uslubi – musiqaning ijrosida insoniylik, yangi hayot 
ruhi ko‘zga tashlanar edi. Bu xususiyat keyingi yillarda ham kuzatildi. 1928-yilda 
tugatilgan “Burun” operasidan oldin D.D.Shostakovich yetakchi simfonistlardan 
biri bo‘lib tanildi. Uning musiqasi o‘z davrining fikri va muhitini aks etar edi. 
N.Gogolning asariga murojaat qilishi haqiqatdan uzoqlashishni bildirar edi. Shu 
bilan birga kompozitor N.Gogol, M.Saltikov-Shedrin, A.Chexov asarlarida satirik 
obrazlarni izladi. Uning fikricha, klassik motivlar aynan satirik opera janrida juda 
dolzarb bo‘lgan. Kompozitor “Burun” operasida musiqa va sahna harakatini 
muvozonatlashtirishga harakat qilar, o‘zining publitsistik tig‘larini yomon ko‘rgan 
dushmanlariga, ya’ni meshchanlik, erkinlikni bostirish mashinasiga qarshi 
yo‘naltirar edi. D.D.Shostakovich boshqalardan farqli ravishda, laganbardorlik, 
poraxo‘rlik, egoizm, marazlik, zo‘ravonlik, sadizm kabi illatlarni juda yaxshi 
tushunar edi. Operada hech bir qahramon ijobiy hislatlarga ega emas edi. Gogoldan 
so‘ng D.D.Shostakovich illatlari ko‘p bo‘lgan insonlarning ma’naviy dunyosini 
ochib tashladi. “Burun” operasining musiqaviy nutqi intonatsiya jihatdan juda 
murakkab bo‘lib, grotesk, parodoks va transformatsiya prinsiplarini 47 oldinga 
suradi. Shubhalanish asosida hukm surgan tizim kompozitorni tushunarli bo‘lgan 
opera janrlarini, shakllarini o‘zgartirib yuborishga majbur qilgan. Masalan, uyqudan 
turayotgan davlat maslahatchisi Kovalev bilan bog‘liq bo‘lgan epizod an’anaviy 
bo‘lgan qahramonning “chiqish ariyasi” joyida joylashtirilgan. Uning musiqaviy 
yechimi shu darajada oddiyki, bu yerda inson mohiyati naturalistik shaklda 
ifodalanadi va bu holatdan uni hech kim qutqara olmaydi. Boshqa bir ansambl 
epizodida – farroshlar oktetida mumtoz ansamblning turli xil tovushlarini parodiya 
qila turib, D.Shostakovich gazeta ekspeditsiyasining mantiqsizligini kulminatsiya 
nuqtasigacha ko‘taradi. O‘z-o‘zini aldash, byurokratizm hukmronlik qilgan bu yerda 
hech kim hech kimni tushungisi kelmaydi va tushunishni ham xohlamaydi. 
Qahramonlar tilidagi so‘zlar ham mantiqsizdir. Farroshlarning aqlsiz va shu bilan 
birga tovushli e’lonlarini tomoshabin qancha tushunishga intilmasin, bari-bir u 
karlik va mantiqsizlikning eng yuqori cho‘qqisi bo‘lib qolaveradi. “Burun” operasi 
politsiyachilar obrazi bilan bog‘liq bir talay tragik va dahshatli sahifalarga ega. 
D.Shostakovich balki birinchilardan bo‘lib agar meshchanlik hokimiyatga ega 


bo‘lsa, u naqadar beshafqat kuchga aylanishi mumkinligini anglagan. Faqat zarb 
bilan chalinadigan asboblar ijro etgan antraktda Kvartal qarovchisining obrazi (u 
haram xodimidek faltset bilan kuylaydi) 1 Inkvizitor obrazigacha ko‘tariladi. Shu 
bilan birga politsiyachilarning osib o‘ldirilgan inson haqidagi mungli qo‘shigi juda 
yomon taassurot qoldiradi. Naturalistik mazmunga ega matn bilan kelgan oddiy lirik 
qo‘shiq syurrealistik ta’sir qiladi. Uning ta’sirida sochlar tikka bo‘lib ketadi. 
Zo‘ravonlik bu insonlarning psixologiyasi uchun me’yorga aylangan. “Burun” 
operasida politsiyachilar va Kvartalniy obrazlarini ta’riflashdan 
D.Shostakovichning bo‘lajak simfoniyalarida fashizmni fosh etishgacha bo‘lgan 
yo‘lini kuzatish mumkin. D.Shostakovich hayotdagi ushbu yovvoyi holatlarga 
befarq qaray olmaydi. Ammo o‘z fikrini baralla aytishga, o‘ylaymizki, imkoniyati 
bo‘lmaydi. Zero, kompozitor qaysi davrda yashayotganini aniq sezadi. 48 Ana shu 
sababli operada kinoya va istehzo kuchli, shu sababli uning orkestr epizodlarida 
chuqur fojealar mavjud. Tevarak-atrofga bo‘lgan tanqidiy qarash, hayotdagi barcha 
nomutonosibliklar bilan kelishishni xohlamaslik o‘sha davrdagi ko‘p asarlarda 
keskin tanqidiy yondashuvni yuzaga keltirdi. Bundan maqsad “Jivaya gazeta”da, Ilf 
va Petrovlarning ajoyib romanlarida, M.Zoshenkoning hikoyalarida, 
V.Mayakovskiyning “Misteriya-buff” (zamonamizning qahramonlik, epik va satirik 
jihatlarini ta’riflash) va “Kana” pyesalarida, V.Meyerxoldning teatr 
postanovkalarida tekinxo‘r, dangasa, tamagir shaxslarni kulgi ostiga olishdan iborat 
edi. Bu yerda quruq maqsadga erishish, tanqid qilish uchun tanqid, kulish uchun 
kulish bo‘lmagan. Insonning ma’naviy qudrati tufayli yuzaga kelgan bu asarlar, shu 
jumladan D.Shostakovichning tragik satirasi birinchi o‘rinda insonga, soflik va 
go‘zalikka xizmat qilishga qaratilgan edi. Mazkur davr bugungi kunda “qatag‘onlik 
yillari” deb atalishi bejiz emas. Zero, aynan shu yillarda, zamonaning yetuk 
ijodkorlarini ta’qiq etish, ham mantiqan, ham fiziologik yo‘q qilish mexanizmi ishga 
tushgan edi. 

Download 106,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish