D.D.SHOSTAKOVICHNING SIMFONIK ASARLARID.
Shostakovichning butun uslubiga xos bo‘lgan falsafiy fikrlar va publitsistik
plakatlar, nozik lirika va grotesk umuman olganda 1920- yillardagi zamon va unga
xos bo‘lgan jihatlarni aks etgan edi (yana bir bor bu
yerda Vsevolod Meyerhold
teatrini eslash o‘rinli bo‘ladi). D.D.Shostakovich musiqasining inqilobiy davr bilan
uyg‘unligi juda kuchli bo‘lgan. Masalan, 20-yillarda eng yaxshi san’at asarlaridan
biri 67 bo‘lgan “Bronenosets Potemkin” nomli ovozsiz filmga D.Shostakovichning
turli yillardagi simfoniyalari yordamida ovoz berilishi
kutilmagan ajoyib badiiy
natijalarga olib kelgan. “Bronenosets Potemkin” nomli film haqida V.Shklovskiy
quyidagi fikrni bildirgan: “Bronenosets Potemkin” buyuk shoirning buyuk
poemasidir” (258, 477). Shunga monand ravisha aytish mumkinki,
D.D.Shostakovich musiqasi ataylab inqilob haqidagi
bunday ajoyib film uchun
yaratilganday tuyuladi. Agar D.Shostakovichning simfoniyasida kurash ruhi
bo‘lmaganda, zamondoshlar tomonidan yaxshi his etilgan hayot bilan bevosita
aloqasi kuzatilmaganda, bunday holat yuz bermasdi. Kompozitorning birinchi
simfoniyasi uning diplom ishi bo‘lgan. Liriko-dramatik mazmunga ega bo‘lgan bu
simfoniyada jo‘shqin yoshlik, bardamlik, optimizm, ko‘tarinki ruh, ta’ziyali
mazmun, histuyg‘ular harakati chatishib ketgan edi. Simfoniya ijrosining
boshlanishidan undan misoli
bahor hidlari ufurib turar, tomoshabinlar uni quvonch
bahshida etuvchi asar sifatida kutib olar edi. Chunki tinglovchilar o‘zlariga o‘sha
davrda ma’qul bo‘lgan narsalarni, ya’ni marsh mazmuniga ega bo‘lgan birinchi
qismni, ikkinchi
qismidagi hajviyani, hayot quvonchlariga to‘lgan skertsoni
(ikkinchi qism) va baland ruh bilan ajralib turgan uchinchi qismlarni tanlab olar edi.
Uchinchi qismdagi fojeali ohanglar, shuningdek nozik intonatsiyalar qo‘pol
ko‘rinishlarda transformatsiyalangandan keyin anglashildi. Shunday qilib,
D.Shostakovichning birinchi katta ishi
kompozitorning fikrini, ruhini va o‘sha
davrdagi ziddiyatlarini birlashtirib, murakkab va dramatik kontseptsiyalarining
manbai bo‘ldi. Birinchi simfoniyaning keyingi ikkitasi bilan o‘xshamasligi yaqqol
ko‘zga tashlanar edi. Kompozitor Ikkinchi va Uchinchi simfoniyalarni “Oktabrga
bag‘ishlov” (1927) va “Birinchi may” (1928) deb nomlab, asarlarning g‘oyalari va
obrazliligini ta’kidlaydi. Bir qismli xorli simfoniyalardagi ifodaviy vositalar,
ayniqsa Ikkinchisida shu darajada bo‘rttirilgan, umumlashtirilgan va ma’noliki, ular
janrni xor bilan ijro etiladigan simfonik plakatga yaqinlashtiradi. Plakatlilik ham
davrning tarkibiy bir qismi bo‘lib qolgan edi. U shu paytgacha bunday kuch va
badiiylikka ega bo‘lmagan edi. O‘sha paytda “Okno ROSTA” chiqargan
plakatlar
o‘zining lo‘ndaligi va ifodaviyligi 68 bilan ajralib turardi. O‘sha davrga taalluqli
bunday tarixiy obidalarni bugungi kunda Moskva shahrining Mayakovskiy
muzeyida ko‘rish mumkin. Teatr spektakllari yechimlari ham plakatlilik bilan ajralib
turardi. Bu ayniqsa uning yangi turlarida - TRAMda "Moviy bluza”da ko‘zga
tashlangan. D.D.Shostakovich bunday ehtirosli va ommabop san’at
mohiyatini,
yuqorida qayd qilinganidek, TRAMda V.Meyerhold bilan birga ishlaganda tushunib
olgan. D.D.Shostakovich yangi teatrning inqilobiy g‘oyalarini va davrning
shahdam
qadamlari aks etilgandek tuyulgan obrazlilikning sodda tilini o‘ziga yaqin tutgan edi.
Shu bilan birga kompozitorning simfoniyalarida ramziy elementlar mavjudligini
sezmasdan bo‘lmaydi. Tasodif emaski, P.L.Filonovning “Boshlar.
D.D.Shostakovichning Simfoniyasi” kartinasida simfoniya tasvirlangan. Eslatish
joizki, mazkur kartinada geometrik figuralar chizilgan bo‘lib, ulardan real bo‘lgan
insonlar yuzlari ko‘rinar edi. Bu yuzlar o‘zlarining bir-biriga o‘xshashligi bilan
dahshatlidir. D.Shostakovichning Ikkinchi simfoniyasiga tegishli obrazli
dramaturgik g‘oya biroz boshqacha bo‘lsa ham, xaosdan
tartiblilikka, asboblar
jarangidan xor ijrosiga intilishdan iboratdir. Shu bilan birga, bari bir xor ijrosi
Filonovning tasvirlarini eslatadi.