Suyaklarning o‘sishi va suyaklanish muddatlarining o‘z-
garishi -
suyaklaming o‘sishi suyaklanishjarayoni bilan bogiiq.
Suyakning o‘sishi epifizar tog‘aylarda to iiq suyaklanish jarayoni
ro‘y berishi - sinostozga aylanishi bilan tugallanadi. B.I. Kogan,
B. A. Nikityuk tomonidan o ‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlarda mexanik
omillami epifizar tog‘ayining turli zonalariga ta’siri, statik va
dinamik yuklamalami suyakning o‘sishi va suyaklanishiga ta’siri
o ‘rganilgan. Ikki xil yuklamalami suyakka ta’siri baholangan
va orasidagi farqli belgilar aniqlangan. Dinamik yuklamalarda
berilayotgan yuklama harakat orqali keltiriladi, muskullar izotonik
sharoitda ishlab, qisqarishlari ketma-ket ravishda takrorlanadi.
Dinamik yuklamalar tretbanda chopish yoki basseynda suzish
holida beriladi. Statik yuklamalar bir joyda o‘tib, berilayotgan
ta’sirot o ‘zgarmas holda saqlanib turishi, muskullar uzoq muddat
davomida izometrik xilda qisqarishi bilan ta’riflanadi. Statik
yuklamalaming klassik modeli - bu tajriba o ‘tkaziladigan sich-
62
qonni suv ustida maxsus tayoqda osilib turishi. Ortopediya va
jarohattologiyada o ‘ziga xos statik yuklamalami berish modeli ya-
ratilgan. Odam skeletining jarohatlangan qismi maxsus apparat-
lar yordamida cho‘ziltiriladi yoki bir-biriga yaqinlashtiriladi.
Odatda, statik yuklamalar ta’sirida suyaklar uzunligi biroz kal-
talashadi, ammo buning sababi uzunlikka o ‘sish tezligi hisobiga
emas, balki ulaming suyaklanishini kechikishi hisobiga b oiadi.
Suyaklaming o‘sish zonasi statik yuklamalaming hajmini ko‘pa-
yishi yoki ozayishiga ham ta’sirchan emas, ammo m aiu m
hajmda berilgan dinamik yuklamalar qoi-oyoq segmentlarining
kattaligini va uzunligini oshiradi. Morfologik o‘zgarishlar ko‘p-
roq diafizlarda kuzatiladi. Naysimon suyaklaming metafizi
bolalik va o‘smirlik davrida metaepifiz tog‘aydan tuzilgan b o iib ,
suyakning bo‘yiga qarab o‘sishiga imkon yaratadi. Metaepifiz
tog‘ayning suyaklanishi naysimon suyaklaming epifizi bilan
diafizini suyaklanib (sinostoz) qo‘shilishini ta’minlaydi.
0 ‘rta m e’yordagi jismoniy yuklamalar ta ’sirida yosh va
o‘spirin bolalarda sinostozlanish jarayoni sekinlashadi, natijada,
suyaklaming o‘sish muddatlari ham cho‘ziladi. Epifizlaming
balandligi kamayib, ulaming maydon sathi ortadi.
Yetarli hajmda harakat qilmaslik yoki kam harakatlik (gipo-
kineziya) organizmning nafaqat funksional holatiga, balki uning
morfologiyasiga ta’sir qilishi mumkin. Gipokineziya natijasida
tananing tashkil etuvchi tarkibiy qismlarida - suyaklar, muskullar
va yog‘ komponentlarida destmktiv salbiy o‘zgarishlar paydo
boiadi. Aksincha, giperkineziya - ko‘p harakatlilik holatida,
yuklamalar katta hajmda berilishi, uzoq davom etadigan intensiv
jismoniy mashqlar ta’sirida tayanch-harakat apparatida, pereferik
nerv tolalarida, qon-tomirlar tizimida chuqur morfologik o‘zga-
rishlar kelib chiqadi.
Bu ikki o‘zaro qarama-qarshi b o ig a n tabiiy omillaming
organizmga ta’siri tahlil qilinsa, ikkala holatda turli to‘qimalarida
destmktiv o‘zgarishlaming yuzaga kelishi kuzatilgan. Lekin
63
giperkineziyada patomorfologik o‘zgarishlaming rivojlanish mud-
dati tezroq o‘tishi aniqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |