D. D. Safarova sport morfologiyasi


 Tiklanish jarayonining tibbiy-biologik asoslari



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/173
Sana01.01.2022
Hajmi3,81 Mb.
#305373
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   173
Bog'liq
sport morfologiyasi

8.1. Tiklanish jarayonining tibbiy-biologik asoslari
Mashg‘ulotlaming  jadal  rejimi  va  masuliyatli  musobaqalar 
davrida sportchilar organizmini tiklash (reabilitatsiya) muammosi 
sport  tibbiyoti  va  zamonaviy  sportning  eng  muhim,  ayni  paytda, 
hal etilishi jihatidan eng zaif nuqtasidir. Bu halqa ko‘pincha har xil 
darajadagi  musobaqalarda  sportchi  yoki jamoalaming  muvaffaqi- 
yatli  darajasini  aniqlab  beravchi  omil  sifatida maydonga  chiqadi. 
Mazkur  muammoning  hal  qilinishi,  birinchi  navbatda,  sportchi 
organizmida  imkon  chegarasidagi  yuklamalar  ta’sirida  sodir 
boiadigan jarayonlar haqidagi asosli bilimlami talab etadi. Asosli 
bilimlarsiz  esa  sportchilar  organizmini  tiklashning  ilmiy  asoslan- 
gan  va  samarali  usullarini  ishlab  chiqish  hamda  qoilashning  im- 
koni ham yo‘q.
Muammoning yechimini topish har doim organizmda uning im- 
kon  chegarasidagi  va  chegaradan  tashqari jismoniy  yuklamalami 
bajarayotganda sodir boiadigan jarayonlar to iiq  tahlil qila bilish- 
dan  iborat.  Tiklanish jarayoni  uning  mexanizmlarini  aniqlashdan 
boshlanadi va faqat shu bilimlarga tayanib turib,  sportchilar orga- 
nizmining  tiklanishida  ijobiy  ta’sir  ko‘rsatuvchi  usullami  izlash, 
ulami amaliyotda qoilash mumkin.
Awalo,  nimalami  aniqlab  olish  zarur:  sportchilar  organizmi- 
da  katta  jismoniy  yuklamalami  bajargandan  keyin  qanday 
o‘zgarishlar sodir boiadi?  Organizmning hayotiy  faoliyati  uchun 
bu  o‘zgarishlar  qanday  ahamiyatga  ega?  Sportchilar  organizmi- 
ning  tiklanishi  mohiyati  nimadan  iborat?  Tiklanishning  tabiiy 
mexanizmlari  qanday  boiadi?  Organizmning  tiklanish jarayoni- 
ni,  uning  tabiiy  mexanizmlarini  izdan  chiqarmay  va  eng  muhimi
164


sportchilar salomatligiga zarar yetkazmay tezlashtiradigan qanday 
ta’sir usullari mavjud?
Spotchilar  organizmini  tiklashning  tibbiy-biologik  jarayonlar 
asosi  keng  va  har  tamonlama  tahlil  etilgan.  Davriy  ilmiy jumal- 
larda, ko‘pgina o‘quv qoilanmalari va monografiyalarda chop eti- 
ladigan maium otlar muammoning, asosan, xususiy jihatlarinigina 
yoritib  beradi,  asosli  axborotlar  esa  nihoyatda  kam  b o iib ,  ular 
ham tiklanishi zamr b o igan jarayonlaming mohiyatini to ia  ochib 
berolmaydi.
Ko‘pgina sport shifokorlari va pedagoglar fikricha,  sportchilar or- 
ganizmining tiklanishi  sarflangan ichki  zaxiralar:  oziq-ovqat, plastik 
va quwat materiallari, shuningdek, gazlar almashinuvining tiklanishi- 
dangina  iborat.  Lekin  imkon  chegarasidan  tashqarida  hisoblangan 
va  uzoq  muddatli jismoniy  yuklamalami  bajarish  vaqtida  sportchi- 
lar  organizmida  turli  darajalarda  hujayra,  a’zo  va  yaxlit  organizm 
miqyosida, muhimi organizmning ichki muhitida sodir boigan salbiy 
o‘zgarishlar juda kam yoki yuzaki muhokama qilingan.
Nisbiy tinchlik sharoitida to‘qima va a’zolardagi  modda alma- 
shinuvining anabolik va katabolik j arayonlari muvozanatda bo iad i, 
uzluksiz ravishda va parallel holda kechadi,  hujayra ichidagi juda 
ko‘p ferment tizimlari ishtirokida amalga oshadi, ko‘p miqdordagi 
quw at  sarfini  hamda  oqsillaming  muntazam  yangilanib  turishini 
talab  qiladi.  Hujayralaming  me’yoriga  muvofiq  faoliyatida  sito- 
plazmadan organizmning ichki muhitga modda almashinuvi mah- 
sulotlari faqat oxirgi mahsulot -  azotli qoldiqlar, karbonat angidrid 
va  suv  shaklida  chiqariladi,  ulaming  fiziologik  konsentratsiyasi 
organizmning  zaharlanishiga  sabab  boim aydi  va  ayirish  a’zolari 
yoki  o‘pka orqali, ularga zarar yetkazmagan holda chiqarib yubo- 
riladi.  To‘g‘ri  ishlab  turgan  hujayraning  irsiy  apparati  uning  sito- 
plazmadan ichki muhitga molekulalami begona tuzilmali va funk- 
sional oqsillar parchalab chiqarib yuborishiga yo‘1  qo‘ymaydi,  bu 
esa ichki muhit doimiyligini  saqlashning muhim mexanizmlardan 
biri -gomeostazni tashkil qiladi.
165


Haddan tashqari va uzoq muddati funksional zo‘riqish holatida 
jumladan,  a’zo  va to‘qimalaming moslashuvi  darajasidan yuqori- 
roq  shiddatli jismoniy  yuklamalar  hujayra  ichidagi  modda  alma- 
shinuvi jarayonlari  boshqarilishining  vaqtinchalik buzilishi,  plas- 
tik va quw at jarayonlarining muvozanatdan chiqishi kuchayishiga 
sabab bo‘ladi.
Natijada  hujayralar  sitoplazmasida  hujayra  ichidagi  stmktura- 
larda oqsillaming parchalanish jarayonlari mobaynida oraliq mah- 
sulotlari  hosil bo‘lib to‘planadi.
Bu  hodisa  hujayralar  har  qanday  patologiyaning  boshlanishi  va 
asosini  tashkil  qiladi.  Organizmning  ichki  muhitiga  turli  a’zo  va 
to‘qimalar uchun nihoyatda o‘ziga xos boigan o‘rta molekular oqsil- 
laming molekula yoki parchalari tushadi. Bular “begona” yoki endo- 
gen ksenobiotik hisoblanadi va ular konsentratsiyasining ko‘tarilishi 
organizmning endogen zaharlanishini keltirib chiqaradi, natijada orga- 
nizm hujayra va to‘qimalari fimksional imkoniyatlari anchagina chek- 
lanadi yoki “izdan” chiqadi.  Endogen ksenobiotiklar ichki muhitdan 
to‘g‘ridan to‘g‘ri ayirish a’zolari orqali chiqarib yuborilishi mumkin 
emas. Organizmda endogen va ekzogen ksenobiotiklami neytrallash, 
parchalash  va  chiqarib  yuborish  vazifasini  monooksigenaz  ferment 
immun tizimlari bajaradi, ular organizm  gomeostazini boshqaravchi 
yagona  immunositokimyoviy  fimksional  tizimga  birlashadi.  Agar, 
asosan, jigar hujayralarida lokalizatsiyalanuvchi monooksigenaz fer- 
ment  tizimi  (MOT)  past  molekular  ksenobiotiklami  neytrallash  va 
parachalash vazifasini bajarsa,  ekzogen va endogen kelib chiqishiga 
ega. 0 ‘rta molekulali va yirik molekulali ksenobotiklami neytrallash 
hamda chiqarib yuborish  (eliminatsiya) organizm  immun tizimining 
asosiy vazifalaridan biri sanaladi.
Ichki  muhit  uchun  “begona”  b o ig an   a ’zolarga  xos  oqsillar- 
ning  molekula  yoki  parchalari  antigen  maqomini  egallaydi,  nati- 
jada,  ulami  neytrallash  va  chiqarib  yuborishga  yo‘naltirilgan  im- 
mun  reaksiya  ishga  tushadi.  Biroq  o‘ta  kuchli  va  uzoq  muddatli 
jismoniy  yuklamalar  chog‘ida  ichki  muhitda  endogen  ksenobi-
166


otiklaming hosil boiishi va to‘planishi qisqa muddatda juda jadal 
boradi, ulaming MOT (monooksigenaz tizimi) va immun tizim to- 
monidan neytrallanishi hamda chiqarib yuborilishi anchagina uzoq 
muddatni  talab  qiladi.  Bu  so‘ngisi  har  xil  sportchilarda  alohida 
keng  tebranishlarga  ega  bo‘lib,  MOT  hamda  immun  tizim  faoli- 
yatining genotipik va fenotipik xususiyatlariga b o g iiq  sportchilar 
organizmining  tiklanish  qobilyatidagi  tafovutlar  ana  shu  xususi- 
yatlaming  namayon boiishi  hisoblanadi.  Shiddatli  mashg‘ulotlar 
va  mas’uliyatli  musobaqalar  davrida  sportchilaming  chiqishlari 
hamda  ular  orasidagi  tanaffuslar  vaqti  musobaqalaming  yagona 
jadvalida belgilab qo‘yiladi,  ya’ni barcha sportchilarga organizm- 
ning  tiklanishi  uchun  bir  xil  vaqt  oraligi  ajratiladi.  Keyingi  chi- 
qishlariga  sportchilar  turli  darajada  tiklangan  holda,  to‘g‘rirog‘i, 
oxirigacha  tiklanmagan  organizm  demak,  turlicha  funksional 
imkoniyatlari  bilan  kirishadilar.  Nisbatan  “sekin”  tiklanish  feno- 
tipiga ega b o igan sportchilaming bir qismida, ketma-ket chiqish- 
lar  amalga  oshirilar  ekan,  “endogen  zaharlanish”  ning  to‘planib 
borishi yuz beradi,  charchoq kuchaygani  sayin musobaqalar dina- 
mikasida ulaming  chidamliligi  va  sport  natijalari  pasayib  boradi. 
Aynan shu holatda sport shifokorlari va pedagog-murabbiylaming 
vazifasi  chiqishlar  orasida  barcha  sportchilar  organizmining  bir 
me’yorda  va  to ia   tiklanishiga  ko‘maklashish,  musobaqalaming 
startidan  so‘nggi  daqiqasigacha  ulaming  sport  natijalari  barqaror 
boiishini ta’minlashdan iboratdir.
Demak,  sportchilar  organizmining  tiklanishi  deganda,  birinchi 
navbatda,  immun  tizim  tomonidan  ichki  muhitda  haddan  ortiq 
va  uzoq  muddatli jismoniy  yuklama  natijasida  o ‘zgarishlar  pay- 
do  bo iib ,  to‘planib  qolgan  endogen  ksenobiotiklami  neytrallash 
hamda  elimenatsiya  y o ii  bilan  endogen  zaharlanishning  bartaraf 
etishni  tushunish  zamr.  Gomeostazning  boshqarish  mexanizm- 
lari  va  endogen  zaharlanishni  bartaraf  etishda  immunitet  tizimi 
faoliyatining  hal  qiluvchi  ahamiyati  to‘g‘risidagi  mazkur  qoida 
quyidagilami  aniqlash  uchun  ilmiy  asos  b o iib   xizmat  qiladi:
167


birinchidan,  sportchilar  organizmining  tiklanish  muammosini  hal 
etishda immun tizimni rag‘batlantirish tanlab ta’sir ko‘rsatishning 
eng  muhim  usuli  sanaladi;  ikkinchidan,  musobaqa  oldi  va  muso- 
baqalashuv  davrida  immunitet  tizimiga  qo‘shimcha  yuklamalar 
berish (yuqumli kasalliklaming oldini olishda o‘ziga xos vaksina- 
lash  ko‘rinishlarda)  mutlaqo  ma’qullamaydi,  chunki,  bir  tomon- 
dan,  bu  holda  ishga  tushiriladigan  antitanachalar  hosil  qilish ja- 
rayoni  to‘laqonli  kechmaydi.  Ikkinchi  tomondan,  esa  jismoniy 
yuklamalardan so‘ng organizmni tiklash uchun immun tizimining 
safarbar etilishi imkoniyatlari cheklanib qoladi. Buning ustiga, im- 
mun  tizimning  organizmni  tiklash  imkoniyatlari  maksimal  dara- 
jada  safarbar etilganda,  ko‘pincha himoya  mexanizmlari  pasayib, 
ayrim  sportchilarda  mas’ulyatli  musobaqalar  davrida  yuqumli 
kasalliklaming  (ko‘proq respirator)  paydo  bo‘lish  ehtimoli  ortadi 
(N.G.  Gulyamov, D.D.  Safarova., 2006).
Mazkur  muammoning  hal  etilishiga  umumlashtirib  yondo- 
shishga  urinishlar  ayrim  tadqiqotchilaming  ba’zi  ishlarida  qayd 
etilgan (V.M. Volkov,  1997., V.I. Dubrovskiy, 2002).  Sportda umu- 
man tiklanish muammolarini tor cheklangan, asosan, farmakologik 
xususiyatli yo‘nalishlardan foydalangan holda yechish taklif etila- 
digan  ishlar birmuncha ko‘proq  uchraydi.  Biroq  odam  organizmi 
muayyan  fiziologik  qonuniyatlar  asosida  faoliyat  ko‘rsatadigan 
yaxlit morfologik va funksional tizimdir, u m aium  bir morfologik 
tuzilishga  ega.  Aynan  yaxlit  organizmning  morfo-funksional  qo- 
nuniyatlarini  e’tiborga  olmaslik  sport  reabilitatsiyasi  konsepsiya- 
sining  yuzaga  kelishi  yoiidagi  asosiy  to ‘siq  hisoblanadi,  vaho- 
lanki,  mazkur  qonuniyatlar  tiklanish jarayonlarining  yuz  berishi 
mexanizmlarini belgilaydi.
Sportda  tiklanish  masalalari  bilan  shug‘ullangan  ko‘pchilik 
tadqiqotchilar o‘z ishlarida u yoki bu darajada moslashish muam- 
mosiga  e’tiborlarini  qaratganlar.  Sport  doiralarida  eng  mashhur 
mualliflardan  biri  V.N.  Platonov.,  (2008)  o‘z  monografiyasida 
mashg‘ulot  va  musobaqa  yuklamalaridan  so‘ng  tiklanish  hamda
168


moslashish  jarayonlarining  o‘zaro  aloqadorligi  faktini  alohida 
qayd  etgan  edi.  Muammo  shundan  iboratki,  moslashish jarayon- 
lari  F.Z.  Meerson,  M.G.  Pshennikova  1988,  V.N.  Platonov,  1988 
va  ularning  ko‘p  sonli  izdoshlari  tomonidan  taqdim  etilganidek, 
boshqacha qonunlar asosida amalga oshadi, demak, bugungi kunda 
hukmronlik  qilayotgan  moslashish  (adaptatsiya)  nazariyasi  biror- 
bir  konsepsiya  uchun  fiziologik  asos  bo‘lib  xizmat  qila  olmaydi 
(S.E. Pavlov,  1999).
Nomlari  yuqorida  keltirilgan  mualliflar  fikricha,  moslashish 
jarayoni  mutlaqo  o‘ziga  xos,  buning  ustiga  ana  shu  o‘ziga  xos- 
lik, jumladan,  moslashuvning  o‘ziga xos  bo‘lmagan halqasi  bilan 
va  yaxlit  holda,  eng  aw alo,  organizm  tomonidan  har  doim  maj- 
muali  muhit  ta’siriga  javob  tarzida  shakllantiriladigan  muayyan 
funksional tizim orqali aniqlanadi.  Moslashuv jarayoni o‘ziga xos 
bo‘lganligi  uchun tiklanish jarayonlari  ham  xuddi  shunday  qat’iy 
kechishi kerak.

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish