59
3. “
O‘zbegim dasturlari” jamoasining asosiy maqsadi:
a) lug‘atlar yaratish yo‘li bilan o‘zbekcha so‘zlar
va terminlarning chet
tillardagi ekvivalentlarini topish, ularni mumkin qadar tezroq ommalashtirish
b) lingvistik masalalarni amaliy yo‘l bilan o‘rganish, matematik modellar
orqali matnlarni tahrirlash dasturlarini yaratish
c) tabiiy va sun’iy tillar modellarini yaratish
d) bir necha tillarni lisoniy aspektini qiyosiy o‘rganish
4.
Kompyuterda semantik ma’lumotlarni yozib olishga va undan informasion-qidiruv
tizimida foydalanishga mo‘ljallangan sun’iy mashina tili ….. deb yuritiladi.
a) tabiiy til
b) sun’iy til
c) informasion-qidiruv tili
d) algoritmik til
5.
Lingvistik belgi (so‘z, so‘z birikmasi, gap) o‘z tarkibiga ko‘ra quyidagi to‘rt
komponentdan iborat:
a) nom, denotat, designat, konnotat
b) nom, denotat, substitute, designat
c) substitute, nom, korrelyat, denotat
d) korrelyat, denotat, designat, konnotat
6.
Matematik til belgisi faqat quyidagi ikki komponentdan iborat bo‘ladi:
a) nom, denotat
b) nom, designat
c) designat, denotat
d) nom, konnotat
Qo‘shimcha mutolaa
Kongress
Virtual
kutubxonasi.
http://lcweb.loc.gov
-
Kongress
Kutubxonasining elektron ko‘rinishi bo‘lib, u dunyodagi eng yirik virtual
kutubxonalardan biridir. Kongress kutubxonasi 1800-yili 24-aprelda tashkil etilgan.
Unda 115 milliondan ziyod kitob va hujjatlar yig‘ilgan. Virtual kutubxonada tarixga
oid ma’lumotlar,
turli kollektsiyalar, rasmlar, axborotlar, yangiliklar mavjud. Bu
kutubxona bo‘ylab sayr qilganingizda, unda mujassamlangan obidalarning tarixi
bo‘ylab safar qilgandek bo‘lasiz.
WWW Virtual kutubxonasi. http://www.vlib.org
-
WWW Virtual kutubxonasi
turli - tuman ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi: kishloq xo‘jaligi, iqtisod va biznes,
kompyuter texnologiyalari, aloqalar,
informatsiya va jurnalistika, o‘qish, konunlar,
ilm - fan va hokazolar. Kutubxonaning quyidagi bo‘linmalari ham mavjud:
Pansilvaniya Davlat Universiteti (USA), Vuyuk Britaniya (UK), SHveytsariya
(Switzerland) va Argentina. Kutubxonada alfavit bo‘yicha, so‘z va jumlalar bo‘yicha
qidirish tizimi ishlaydi.
Gpo Access. http://gpo.gov.
US Goverment Printing Office markazi millionlab
ma’lumotlarni o‘zida mujassamlagan. Unda Siz AQSH dagi turli-tuman hujjatlar,
kitoblar, yangiliklar bilan tanishishingiz mumkin. Har oyda bu kutubxona 28.000.000
ta hujjat bilan to‘ldirilib boriladi. Bu vazifani maxsus elektron ma’lumotlar
bo‘linmasi bajaradi. Bunda maxsus elektron kataloglar ham ishlab chiqariladi.
60
Maslahatlar va buyurtmalar telefon va elektron pochta orqali bajariladi.
Kuniga bir
necha minglab foydalanuvchilar bu xizmatdan foydalanadi. Bu kutubxonadan davlat
va shaxsiy korxonalar keng foydalanadilar. Kutubxonada bolalar uchun maxsus
bo‘linma bor. Bu bo‘linmada bolalar o‘ziga zarur va qiziqarli ma’lumotlarni olishi
mumkin. Bu: tarixga oid,
qonunlarga oid, o‘qishga oid zarur to‘plam va
ma’lumotlardir. Bu bo‘linma nomi - AQSH hukumatining bolalar uchun sahifasi
(Ben’s Guide to the U.S. Goverment for kids), manzili - http://bensguide.gpo.gov/
Marketing va reklama bo‘limi kutubxona kataloglarini ishlab chiqadi va ularni dunyo
bo‘ylab tarqatadi.
http://vcu.library.edu.
Virginia
Commonwealth
University
elektron
kutubxonasi.
Bu kutubxona universitetning elektron kutubxonasidir. Bu kutubxona
o‘zida ko‘pgina kitob, maqolalar,
jurnallar, audio va video ma’lumotlarni
mujassamlagan. Kutubxona barcha konferentsiyalar, anjuman va ma’ruzalar haqidagi
max’lumotlarni muntazam e’lon qilib turadi.
www.library.wustl.edu - Vashington Universiteti Virtual Kutubxonasi.
Ushbu
kutubxonada quyidagi mavzulardagi ma’lumotlar mavjud: san’at va arxitektura,
biologiya, biznes, ximiya, ilm-fan, tibbiyot, qonunlar, matematika va hokazolar.
Kutubxona qidirish sistemasi mavjud. Kutubxona ma’lumotlarga
buyurtmalar qabul
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: