ma’lum ma’noda biroz takrorlashlar bo'lishiga qaramasdan, darslikning 17-bobi doirasida
batafsilroq ko‘rib chiqiladi.
turkumlashtirish maqsadga muvofiq. Ular o'zlarining iqtisodiy
mazmuni, ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli, ishlab chiqarish
tarmoqlari va faoliyat turiari, ijtimoiy mo'ljallanganligi bo'yicha va
ma’lum maqsadlariga ko'ra alohida guruhlarga ajratilishi mumkin.
Iqtisodiy mazmuniga ko'ra Davlat byudjetining xarajatlari kapi
tal va joriy xarajatlarga bo'linadi.
Byudjetning kapital xarajatlari innovatsion va investitsion
faoliyatga yo'naltirilgan xarajatlardir. Bu xarajatlarning tarkibiga:
a) tasdiqlangan investitsion dasturga muvofiq harakatdagi yoki
yangidan tashkil etilayotgan yuridik shaxslarga investitsiyalar uchun
mo'ljallangan xarajatlar;
b) yuridik shaxslarga investitsion maqsadlar uchun byudjet
kreditlari sifatida beriladigan mablag'lar;
v) kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lgan
kapital ta’mirlashni amalga oshirish xarajatlari va shu bilan bog'liq
bo'lgan boshqa xarajatlar;
g) amalga oshirilishi davlat mulkiga tegishli bo'lgan mulkni
oshirish yoki uni yangidan yaratishga olib keladigan xarajatlar;
d) Davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy turkumlanishiga
muvofiq byudjetning kapital xarajatlari tarkibiga kiritiladigan boshqa
xarajatlar.
Davlat byudjetining kapital xarajatlari tarkibida Taraqqiyot
byudjeti shakllantirilishi mumkin.
Davlat hokimiyat organlari, mahalliy o'z o'zini boshqarish
idoralari, byudjet tashkilotlarining joriy faoliyatini ta’minlashga
yo'naltirilgan byudjet xarajatlari, boshqa byudjetlar va iqtisodiyotning
alohida tarmoqlariga dotatsiya, subsidiya va subvensiya shaklida
ko'rsatiladigan, davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash bilan bog'liq
bo'lgan xarajatlar va Davlat byudjeti xarajatlarining turkumlanishiga
muvofiq kapital xarajatlarning tarkibiga kiritilmagan boshqa xara
jatlar byudjetning joriy xarajatlari deyiladi.
Takror ishlab chiqarishdagi roliga ko'ra Davlat byudjetining
xarajatlari milliy iqtisodiyotga (xo'jalikka) qilinadigan xarajatlar va
ijtimoiy soha hamda aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash xarajatlariga
bo'linadi. Bu xarajatlarga, dastlab, davlat korxonalari va davlat ulushi
bor bo'lgan korxonalaming ustav kapitalini shakllantirish, ularni
yanada kengaytirish va rivojlantirish, davlat moddiy zaxiralarini
yaratish xarajatlari kiradi. Byudjetning ijtimoiy soha hamda aholini
ijtimoiy qo‘llab-quwatlash xarajatlari ham ijtimoiy jihatdan zarur
boMgan xarajatlardir. Bu xarajatlar iste’mol fondlarini shakllantirish
bilan bog‘liq. Ularning bir qismi jamiyat a ’zolarining shaxsiy boshqa
bir qismi esa butun jamiyatning ehtiyojlarini qondirishga moMjal
langan. Bunda Davlat byudjetining xarajatlari ijtimoiy iste’mol
fondlarini (mamlakatning mudofaa fondi, ilmiy tadqiqotlar fondi
va boshqalar) shakllantirishni toMiq, shaxsiy iste’mol fondlarini esa
qisman (markazlashtirilmagan moliyaviy resurslar bilan birgalikda)
ta’minlaydi. Shu bilan birgalikda, byudjet mablagMarining katta
qismidan shaxsiy iste’mol fondlarining ijtimoiy iste’mol fondlariga
(maorif, sogMiqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy sug'urta
va ijtimoiy ta ’minot, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan
xizmatlar bahosi o'rtasidagi farqlarni qoplash, ko'p bolali va kam
ta’minlangan oilalarga nafaqalar fondlari va boshqalar) tegishli
boMgan qismini shakllantirishda keng foydalaniladi.
Davlat byudjeti xarajatlarining tarm oq belgisi bo 'y ich a
guruhlarga ajratishga asos qilib milliy iqtisodiyot (xo'jalik)ning
umume’tirof etilgan tarmoqlarga bo'linishi qabul qilingan. Shunga
muvofiq ravishda byudjet xarajatlari sanoat, qishloq xo'jaligi, qurilish,
transport, aloqa, maorif, sogMiqni saqlash, madaniyat va sport,
fan, ijtimoiy sug'urta va ijtimoiy ta’minot, davlat boshqaruvi, mudo
faa va h.k. xarajatlariga bo'linishi mumkin. Byudjet xarajatlari milliy
iqtisodiyot (xo'jalik) tarmoqlarining pul fondlarini shakllantirishda
mustahkam moliyaviy asosni yaratish bilan birgalikda, xarajatlarning
tarm oqlararo bo'linishi moliyaviy resurslam i taqsimlashdagi
nisbatlarini aniqlashga ham imkon beradi, milliy xo'jalikning tarmoq
tarkibiy tuzilishini kerakli yo'nalishga o'zgartiradi. Masalan, hozirgi
paytda mamlakatimizda yaratilgan milliy daromadning hajmi byudjet
mablagMarining katta qismini ijtimoiy soha va aholini bevosita
ijtimoiy qo'llab-quwatlashga yo'naltirish imkonini berayapti. Bir
vaqtning o'zida iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini (mashinasozlik,
qishloq xo'jaligi, elektroeneigetika va boshqalar) keng ko'lamlarda
byudjetdan moliyalashtirilishi ham ta’minlanmoqda.
Ijtimoiy yo'nalishi bo'yicha Davlat byudjeti xarajatlarining
iqtisodiy guruhlarga ajratilishi davlatning toifasi va u tomonidan
bajarilayotgan funksiyalami o‘zida aks ettiradi. Ana shunga muvofiq
Davlat byudjetining barcha xarajatlarini quyidagi guruhlarga bo'lish
mumkin:
— ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy-qo'llab-quwatlash xarajatlari;
— milliy xo'jalikka (iqtisodiyotga) xarajatlar;
— mudofaa xarajatlari;
— boshqamv xarajatlari.
Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash xarajatlari
o'z tarkibiga maorif, sog'liqni saqlash, madaniyat va sport, fan,
ijtimoiy ta ’minot, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan
xizmatlar baholaridagi farqlarni byudjetdan qoplash va oilalarga
ijtimoiy nafaqalarni oladi. Davlatning ijtimoiy funksiyasini o'zida
aks ettirib, bu guruhdagi byudjetning xarajatlari xalq ta’limi tizimini
rivojlantirish va takomillashtirishga, fan va madaniyatni moliya
lashtirishga, aholining tibbiy xizmatga bo'lgan talabini qondirishga,
ijtimoiy sug'urta va ijtimoiy ta ’minotni amalga oshirishga keng yo'l
ochib beradi.
Milliy xo'jalikka (iqtisodiyotga) byudjetdan xarajat qilinishi
davlatning xo'jalik yurituvchi asosiy sub’ektlardan biri ekanligidan
darak beradi. Aynan bu xarajatlar keng miqyoslarda yangi sanoat
korxonalarini qurish, zamonaviy industriya asosida qishloq
xo'jaligida ishlab chiqarishni rivojlantirish, transport, aloqa va
iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini texnika vositalari bilan qayta
ta’minlashga imkon yaratadi. Shuning uchun ham Davlat byudjeti
ning bu xarajatlari orasida iqtisodiyot va markazlashtirilgan inves-
titsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari alohida o'rin egallaydi.
Davlat byudjetining mudofaa xarajatlari ham davlatning
funksiyalaridan kelib chiqadi. Ular har bir davlatning o'z mudofaa
qobiliyatini mustahkamlashi zarurligi bilan bog'liqdir. Qurolli Kuch-
larning barcha turiari byudjet mablag'lari hisobidan moliyalash-
tiriladi.
Boshqaruv shaklidagi faoliyat turining davlat tomonidan amalga
oshirilishi, uning xo'jalik-tashkilotchilik funksiyasi D avlat
byudjetidan boshqaruv xarajatlari deb nomlangan alohida xarajatlar
ajratilishini taqozo etadi. Boshqaruv (davlat hokimiyati organlari,
sud va prokuratura fuqarolaming o ‘zini-o‘zi boshqaruv organlari)
xarajatlari davlat organlari faoliyatining moliyaviy asosini tashki1
etib, jamiyat hayotining barcha sohalariga rahbarlik qilishga imkon
yaratadi.
Davlat byudjetining barcha xarajatlari yuqoridagi to ‘rtta
guruhdan qaysi biriga kirishidan qat’i-nazar, ular o'zlarining aniq
maqsadlarga mo'ljallanganligi bo'yicha ham bir necha qismlarga
bo'linadi. Bu qismlar Davlat byudjeti xarajatlarining aniq turlaridan
tarkib topadi. Kapital qo'yilmalar, dotatsiyalar, subvensiyalar,
subsidiyalar, byudjet ssudalari, ish haqi, ovqatlanish xarajatlari,
kapital va joriy remont, kanselyariya va xo'jalik xarajatlarini Davlat
byudjeti xarajatlarining aniq turiari sifatida ko'rsatish mumkin.
Byudjet xarajatlarining ma’lum aniq maqsadlarga mo'ljallanganligi
bo'yicha turkumlanishi byudjet mablag'laridan oqilona foydalanishga
sharoit yaratadi, byudjet assignovaniyalaridan foydalanish ustidan
samarali va ta’sirchan moliyaviy nazoratni amalga oshirishning
zaruriy asosi hisoblanadi.
Davlat byudjetini iqtisodiy nuqtai nazardan turkumlarga ajratish
bilan birga xarajatlarning tashkiliy jihatidan ham guruhlarga ajratish
mumkin. Buning asosida yuqori tashkilotlar (vazirliklar, uyushmalar,
assotsiatsiyalar, birlashmalar, konsernlar, kompaniyalar va h.k.)
Davlat byudjeti xarajatlari va hududiy belgilar yotishi mumkin.
Byudjet xarajatlarining yuqori tashkilotlar bo'yicha guruhlanishi
byudjet mablag'larini aniq oluvchilarni ko'rsatadi va ular tarmoq
ichida pu! fondlarini shakllantirishda mas’ui bo'lib, ajratilgan byudjet
assignovaniyalaridan o'z vaqtida, samarali va qonuniy foydalanish
ustidan javobgardirlar.
Davlat byudjeti xarajatlarini hududiy belgiga mos holda
bo'linishi ularning markazlashuvining turli darajalarini o'zida aks
ettiradi. Shu munosabat biian, davlat boshqaruvi darajasiga ko'ra,
O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining xarajatlari respublika
va mahalliy byudjetlarning xarajatlaridan tarkib topadi.
Respublika byudjetidangina moliyalashtiriladigan xarajatlarga
quyidagilar kiradi:
a)
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis Senati,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Markaziy saylov komissiyasi,
ijroiya hokimiyatining respublika va hududiy organlari faoliyatini
ta’minlash bilan bog'liq xarajatlar va umumdavlat boshqamvi xarak
teridagi boshqa xarajatlar;
b)
respublika sud, prokuratura, huquq-tartibot organlari tizimi;
v) umumdavlat manfaatlari uchun xalqaro faoliyatni amalga
oshirish;
g) milliy mudofaa va davlatning xavfsizligini ta’minlash, sanoat
ning mudofaa tarmoqlari konversiyasini amalga oshirish;
d) fundamental tadqiqotlar va ilmiy-texnika taraqqiyotini
moliyalashtirish;
ye) temir yo‘1, havo va daryo transportini davlat tomonidan
qo'llab-quvvatlash;
yo) iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini davlat tomonidan
qo‘llab-quwatlash;
j) respublika yoki davlat hokimiyati organlari tasarrufida bo'lgan
muassasalami saqlash;
i) respublika mulkini shakllantirish;
y) O'zbekiston Respublikasining davlat qarziga xizmat qilish
va uni qaytarish;
k) davlatning qimmatbaho metallari va moddiy zaxiralarini
to'ldirish;
1) saylovlar va referendumlar o'tkazish;
m) hukumat investitsion dasturlarini moliyalashtirish;
n) respublika hukumatining qarorlari bajarilishini ta’minlash;
o) respublika sub’ektlarini moliyaviy qo'llab-quvvatlash;
p) boshqa xarajatlar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida Davlat byudjetining xarajatlari
uning daromadlari bilan uzviy bog'langandir. Bunday o‘zaro
bog'liqlik xarajatlarning miqdoriy jihatdan daromadlarga muvofiq
kelishi va ularning bir-biriga o'zaro ta ’sir ko'rsatishi orqali
ifodalanadi. Bir tomondan, aksariyat hollarda, byudjet xarajatlarining
hajmi byudjet daromadlarining hajmi bilan cheklanadi. O'z
navbatida, byudjet daromadlarining hajmi esa davlatning iqtisodiy
imkoniyatlari bilan aniqlanadi. Shuning uchun ham bu yerda byudjet
xarajatlarining shunday hajmini va milliy xo'jalikda pul fondlarini
shakllantirishda byudjet mablag'laridan foydalanishning shunday
m uddatlarini o'rnatish kerakki, ular m inim al xarajatlar qilib
maksimal samaraga erishish orqali davlat oldidagi ijtimoiy-iqtisodiy
vazifalami muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlasin. Boshqa tomondan
esa, ishlab chiqarishning o'sishiga ijobiy ta ’sir qilish, ilmiy-texnika
taraqqiyotini tezlashtirish va milliy xo‘jalikdagi proporsiyalarni
optimallashtirish orqali Davlat byudjetining xarajatlari uning
daromadlari darajasining ortishiga o ‘z ta ’sirini ko'rsatadi.
Davlat byudjeti xarajatlari hajmining yildan-yilga ortib borishi
ularni milliy xo'jalikning samaradorligi nuqtai nazaridan baholashni
dolzarb muammoga aylantirib qo'yadi. Bunda milliy xo'jalikning
yakuniy natijasini baholab, faqat unga tegishli bo'lgan daromadlar-
ning q o 'shim cha ravishda o'sganligiga e ’tib o r berish bilan
cheklanish maqsadga muvofiq emas. Bunda, bir vaqtning o'zida,
jamiyatning ijtimoiy taraqqiyot darajasi, ijtimoiy muammolaming
qay darajada hal etilganligi ham nazardan chetda qolmasligi kerak.
Albatta, milliy xo'jalikning yakuniy natijasi byudjet xarajatlarining
u m u m iy h ajm ig a, u la rn in g ta rk ib iy tu z ilis h ig a , byudjet
mablag'laridan to'g'ri, tejamli va samarali foydalanishga bevosita
bog'liq. Shuning uchun ham hozirgi sharoitda byudjet xarajat
larining ilmiy asoslangan holda rejalashtirilishiga, byudjet assig
novaniyalaridan foydalanish ustidan moliyaviy nazoratning butun
tizimiga alohida e ’tibor berish lozim.
Milliy xo'jalikni moliyaviy tartibga solishning muhim vositala
ridan biri ham Davlat byudjetining xarajatlaridir. Moliyaviy tartibga
solish deyilganda, milliy xo'jalikdagi oqilona proporsiyalarni
ta’minlash maqsadida byudjet mablag'larini tarmoqlar va hududlar
bo'yicha taqsimlash va qayta taqsimlashning shakllari va metodlari
majmui tushuniladi. Milliy xo'jalikni moliyaviy tartibga solishning
ob’ektiv zarurligi katta o'zgaruvchanlik bilan xarakterlanadigan,
uning murakkab organizmi turli qismlarida moliyaviy resurslami
jamg'arish sur’atlarining turlichaligi bilan izohlanadi. Byudjet
resurslarini sarf qilish orqali davlat pul mablag'larini taqsimlashda
vujudga kelgan proporsiyalarni o'zgartirishi va buning oqibatida
ba’zi bir tarmoqlaming (hududlaming) rivojlanishini tezlashtirishi
va boshqalarining rivojlanishini rag'batlantirmasdan, milliy xo'jalik
ning rivojlanishini tartibga solishi mumkin. Byudjet mablag'larining
katta qismini muhim ishlab chiqarish-hududiy komplekslarni
rivojlantirishga sarflash sekin-astalik bilan chuqur sifat o'zgarishlari
sodir bo'lishiga — ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibiy tuzilmasining
o'zgarishiga olib keladi.
Mamlakat milliy xo'jaligini moliyaviy jihatdan tartibga solish
Davlat byudjeti darom adlarini rejalashtirish va byudjetdan
m oliyalashtirish jaray o n lari davom ida am alga o sh irilad i.
Rejalashtirish jarayonining o'zidayoq Davlat byudjeti xarajatlarining
umum iy hajmi gorizontaliga (tarm oq, vazirlik va maqsadli
yo'nalishlarga) va vertikaliga (boshqaruvning turli darajalariga
muvofiq ravishda) taqsimlanib, iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlar
ning sodir bo'lishi uchun tegishli sharoit yaratiladi. Byudjetdan
moliyalashtirish jarayonida esa davlat o'zining ixtiyoriga kelib
tushayotgan pul mablag'larini rejalashtirilgan tadbirlar doirasida
va undan tashqarida keng xarajat qilish imkoniga ega bo'ladi.
Mablag'lami konkret taqsimlovchilarga byudjet kreditlarini ochish,
byudjet assignovaniyalarini berish va ulardan samarali foydalanishni
nazorat qilib, moliya organlari iqtisodiyotning rivojlanishi ustidan
kuzatuv olib boradilar va zarur holatlarda taqsimlanayotgan byudjet
mablag'lari proporsiyalarini o'zgartiradilar.
Daromadlami davlat byudjetidagi xarajatlarning aniq turiari
va yo'nalishlari bo'yicha biriktirilishi prinsipi bo'lmaganligi uchun
bu yerda byudjet resurslarini keng miqyosda o'tkazish va shunga
muvofiq ravishda davlatning ixtiyoriga kelib tushuvchi pul
mablag'laridan har qanday zarur yo'nalishlarda foydalanilishi
mumkin.
Davlat byudjeti xarajatlarining tarkibi va uning tuzilmasi
davlatning tabiatiga, u tomonidan bajarilayotgan fiinksiyalarga, milliy
xo'jalikning ehtiyojlariga bog'liq hamda byudjet mexanizmi orqali
ishlab chiqarish va iste’molning ba’zi bir omillariga davlatning
ta’sirchanligini ta ’minlash kabilar bilan belgilanadi.
Davlat byudjetining xarajatlaridan foydalanish byudjetdan
moliyalashtirish orqali amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan,
byudjetdan moliyalashtirish deyilganda rejada ko'zda tutilgan tadbir-
larni amalga oshirish uchun sub’ektlarga byudjetdan mablag'lami
taqdim etish tizimi tushuniladi. U pul mablag'larini taqdim etishning
o‘ziga xos boMgan shakl va metodlari bilan xarakterlanadi hamda
m a’lum bir prinsiplarga tayanadi. Byudjetdan moliyalashtirishning
prinsiplari, shakllari va metodlari bu tizimning tarkibiy elementlari
boMib hisoblanadi va uning amal qilish natijalariga o'z ta ’sirini
ko'rsatadi. Muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalar hal etilayotgan paytda
byudjetdan oqilona va samarali moliyalashtirish tizimining ahamiyati
yanada ortadi.
Byudjetdan moliyalashtirishning oqilona tizimini tashkil etishda,
eng avvalo, moliyalashtirish prinsiplari muhim rol o'ynaydi. Hozirgi
amaliyotda foydalanilayotgan byudjetdan moliyalashtirishning
prinsiplarini umumiy va xususiy guruhlarga bo'lish mumkin.
Umumiy prinsiplar byudjetdan mablag' oladigan barcha sub’ektlar
ning faoliyatiga tegishlidir. Xususiy prinsiplar esa sub’ektlar faoliya
tining tashkil etilishiga bog'liq ravishda byudjet mablag'larining
taqdim etilish tartibini belgilab beradi.
Byudjetdan moliyalashtirishning umumiy prinsiplari quyida
gilardan iborat bo'lishi mumkin:
— minimum xarajatlardan maksimum samara olish;
— byudjet assignovaniyalaridan foydalanishning maqsadli
xarakterdaligi;
— ko'zda tutilgan rejalarning bajarilishi va oldin berilgan
assignovaniyalardan foydalanilganligini inobatga olgan holda byudjet
mablag'larini taqdim etish.
Byudjetdan moliyalashtirish amaliyotida umumiy prinsiplar
bilan birgalikda xususiy prinsiplardan ham foydalaniladi. Ularning
tarkibiga quyidagilar kiradi:
— byudjet assignovaniyalarini faqat ishlab chiqarishni kengay
tirish xarajatlariga ajratish;
— byudjet assignovaniyalarining o'lchamini aniqlashda «qoldiq»
yondashuvidan foydalanish;
— byudjetdan moliyalashtirish rejalashtirilayotgan xarajatlardan
kredit metodini ta’minlash bilan birgalikda foydalanish;
— korxonalaming moliyaviy holatini byudjetli tartibga solish
prinsipi va boshqalar.
Amaliyotda byudjetdan moliyalashtirishning turli shakllaridan
foydalaniladi. Smetali moliyalashtirish, dotatsiya, subvensiya,
subsidiya, byudjet ssudalari, baholardagi farqni qoplash va boshqalar
byudjetdan moliyalashtirishning shakllaridir38.
15.4. Byudjet defitsiti39 va uni moliyalashtirish
Nazariy jihatdan olib qaralganda byudjetning sog‘lom (normal)
faoliyat ko'rsatishi unga tegishli bo'lgan daromadlar va xarajatlarning
tengligini taqozo etadi. Haqiqatdan ham u yoki bu miqdordagi
xarajatlarni amalga oshirish uchun byudjet shu miqdordagi
daromadlarga ega bo'lishi kerak. Aks holda bu xarajatlarni amalga
oshirishning iloji bo'lmaydi. Byudjet daromadlari va xarajatlarining
tengligi byudjetning balanslashtirilganligidan dalolat beradi.
Amaliyotda byudjet daromadlari va xarajatlarining tengligiga
hamma vaqt ham erishilavermaydi. Ayrim hollarda byudjetning
daromadlari uning xarajatlaridan ko'p bo'lishi mumkin. Bunday
byudjet profitsitli byudjet deyiladi. Aksincha, ba’zi hollarda esa
byudjetning xarajatlari uning daromadlaridan ko'proq bo'ladi.
Shunga muvofiq ravishda byudjet xarajatlarining byudjet daromad
laridan ko'p bo'lishiga byudjet defitsiti deyiladi.
Boshqa hollar teng bo'lgan sharoitda, byudjet defitsiti vujudga
kelishining eng umumiy sabablari quyidagilardan iborat bo'lishi
mumkin:
•
iqtisodiyotni rivojlantirish uchun yirik davlat kapital quyilma-
larini amalga oshirishning zarurligi;
Do'stlaringiz bilan baham: |