D. A. Shodibekova, N. T. Pulatov, D. I. Shodibekov kichik biznes va menejment


Kichik biznes korxonalariga tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish omillari, muommolari



Download 2,14 Mb.
bet138/274
Sana16.09.2021
Hajmi2,14 Mb.
#175863
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   274
Bog'liq
D. A. Shodibekova, N. T. Pulatov, D. I. Shodibekov kichik biznes

9.2.Kichik biznes korxonalariga tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish omillari, muommolari.

Kichik biznes korxonasi tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarishning tashkiliy tuzilmasi avvalo shu faoliyatning xarakteri, xajmi xamda ishlab chiqariladigan maxsulot xususiyatlari, korxonaning moliyaviy imkoniyatlari va ko‘pgina boshqa omillarga bog‘liqdir. Ayni vaqtda, eng avvalo, jahon tovar bozorlari konyunkturasining yomonlashuvi, raqobatning keskinlashuvi kabi bir qator tashqi omillar mavjudki, bular O‘zbekiston korxonalari tomonidan eksport qilinadigan ayrim mahsulot turlarining narxi va hajmlari pasayishi orqali iqtisodiyotimizga salbiy ta’sir o‘tkazmoqda.

Tashqi bozorlarni o‘zlashtirishgda eksportchi korxona tomonidan agentlik kompaniyasi shaklidagi strategik bo‘linmani tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. Bunday ishlar xalqaro amaliyotda keng tarqalgan. Bu yerda agent deganda eksport operatsialarini masalalarini hal qilishga safarbar qilingan rezident nazarda tutilib, u bir tomondan tashqi bozorning holati, mavjud o‘zaro hamkorlik mexanizmlari, turli eksport bozorlarining milliy xususiyatlari, harakatlarini qaratish lozim bo‘lgan potensial nuqtalar hakida qushimcha malumot oladi. Ikkinchi tomonidan esa, bu yerda kompaniyaning global strategik miqyosda xatoga yo‘l qo‘yish ehtimoli juda kichikdir, chunki tashqi bozorga kirib borish darajasi va tarmoqni rivojlantirishga sarflangan xarajatlar ko‘lami hali u darajada yuqori emas. Agent deyarli eksport maxsulot ishlab chiqaruvchi kompaniyalaring bo‘linmasi kabi ish tutadi, ammo uning daromadi sotilgan maxsulot uchun komission mukofotdan yoki tovarni o‘z hisobiga sotib olib, o‘z nomidan sotganda qo‘shiladigan ustamadan iborat bo‘ladi.

O‘zbekiston respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar investisiya va savdo vazirligi kichik biznes korxonalariga tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda, eng avvalo eksport faoliyatida, shuningdek investitsiyalarni jalb etishda va boshqa faoliyatda ko‘maklashadi. Kichik biznes korxonalarini, shuningdek tashqi iqtisodiy faoliyat boshqa sub’ektlarni huquq, narh volyuta, moliya, kredit masalalari bo‘yicha tashqi bozorning eksportga yetkazib berilayotgan mahsulotlar sifatiga, texnik tavsifnomalarga talablar bo‘yicha metodik axborot va konsultativ taminlashni amalga oshiradi. Korxonalarga tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirishda keng huquqlar berilgan bo‘lib, bu butun ijtimoiy iqtisodiy xayotni demokratiyalash jarayonining ko‘rinishlaridan biridir. Hukumatimiz tomonidan shu narsa belgilab qo‘yildiki, mamlakat eksport bazasini rivojlantirish, tashqi bozorda raqobatga muqobil bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish, xalqaro iqtisodiy integratsiyani rivojlantirish, shu jumladan ilg‘or mamlakatlarning texnologiya taraqqiyoti natijalarini o‘rganish va tadbiq etish hamda sherikchilik korxonalarining faoliyatini ta’minlash borasida masalalarini hal etish yuzasidan tadbirlar izchil hamda o‘z vaqtida olib borilmog‘i shart .

Kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi korxonalar o‘z maxsulotlari bilan tashqi bozorga chiqish faoliyatlari bo‘yicha qator muammolarga duch kеlyaptilar.

Taxlillar va o‘tkazilgan so‘rovlardan ma'lum bo‘ldiki - kichik va xususiy korxonalar ishlab chiqargan mahsulotlar asosan – ichki bozorga mo‘ljallangan. Tashqi bozorga bop, raqobatbardosh mahsulotlar turi va hajmi juda kam miqdorda ishlab chiqiladi. Mahsulotini eksportga chiqarayotgan kichik biznеs sub'еktlari – eksport protsеduralarini o‘tkazish murakkabligi, bojxona talablariga javob bеrish qiyinchiliklari, tashqi bozorlar b‘yicha ahborotlar va ma'lumotlar kamligi va turli xil ma'muriy to‘siqlar mavjudligini ta'kidlashgan.

Shuni ta'kidlash lozimki tashqi savdo faoliyatini tartibga solish bo‘yicha bir qancha yangi qonunlar va mе'yoriy xujjatlar qabul qilindi. Jahon moliya-iqtisodiy krizisining salbiy oqibatlarini bartaraf etish, iqtisodiy o‘sishning makroiqtisodiy mutanosibligi va barqaror sur’atlarini, iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlash, aholi bandligiga ko‘maklashish, eksport qiluvchilar, sanoatning yetakchi tarmoqlari korxonalari hamda kichik biznesni aniq manzilli qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 28 noyabrdagi “Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi PF-4058-sonli Farmoni qabul qilindi.Shu bilan birga, chora-tadbirlar Dasturida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini yanada rivojlantirish hamda rag‘batlantirishga katta e’tibor qaratilgan. Buning uchun kichik va xususiy biznesga tijorat banklarining, shu jumladan, Imtiyozli kreditlash jamg‘armasidan kreditlar berishni kengaytirish, zamonaviy import uskunalar va minitexnologiyalar xarid qilish uchun kredit liniyalari ochish, shuningdek, bir qator qo‘shimcha soliq imtiyozlari berish nazarda tutilgan. Korxonalarni modernizatsiya qilishda, eksport qiluvchi korxonalar va kichik biznes sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirishda tijorat banklarining muhim rolini inobatga olgan holda, Farmonda banklarning real sektor korxonalarini o‘z vaqtida moliyaviy qo‘llab-quvvatlashdagi javobgarligini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan

Eksport kontraktlarni amalga oshirishning bosqichlari bu xujjatlarda aniq bеlgilab olingan edi. Davlat organlari tarafidan qo‘llab quvvatlanayotgan kichik biznеs sub'еktlari talaygina imtiyozlarga egalar. Lеkin baribir bеlgilangan 10dan ortiq protsеduralardan o‘tish barcha xo‘jalik sub'еktlarini qiyin ahvolga tushishiga sabab bo‘lyapti.

Jumladan, valyuta opеratsiyalarida konvеrtatsiyalarni o‘tkazish kichik biznеs va tadbirkorlik sub'еktlarining masalasi xanuzgacha to‘liq еchimini topmaganligi tashqi iqtisodiy faoliyatining rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda.

Shunga qaramasdan tashqi savdo opеratsiyalarida qatnashish ishtiyoqini bildirgan kichik korxonalar soni yildan yilga o‘sib boryapti va umumiy eksport ko’rsatkichlariga kichik biznеs sub'еktlari munosib hissa qo‘shib kеlmoqdalar.

Agar kichik korxonalarning rivojlanishi yuqori davlat idoralari tomonidan rag‘batlantirib, tartibga solib turilsada ma’lum darajadagi shart-sharoitlar yaratilmasa ijobiy tasir etuvchi mexanizmlar, ishlashni amalga oshirish mahalliy xududiy boshqaruv idoralari tomonidan qo‘llab – quvvatlanmasa, ko‘zlangan maqsadga erishish qiyin kechadi. Chunki o‘z iqtisodiy tabiyatiga ko‘ra kichik biznes asosan mahalliy iqtisodiyotni o‘zviy qismi bo‘lib, ana shu xududdagi muayyan shart-sharoitlar zamirida faoliyat ko‘rsatishga moslashgan bo‘ladi .

Respublikada kichik biznesning takomillanishi va rivojlanishida tashqi, ichki omil va sharoitlar, ya’ni chet el mamlakatlari bilan iqtisodiy integratsiyaning yuqori saviyasi, chet el kreditlarini, chet el investitsiyalarini, zayomlarini jalb qilish, bozor munosabatlari rivojlanish darajasi infrastruktura ahvoli, tashkil qilingan iqtisodiy ishlab chiqarish imkoniyatlaridan foy-dalanish saviyasi, mehnat va tabiiy manbalar muhim ahamiyatga ega.

Yaqin orada eksport va importni birdaniga boshqa yo‘nalishga burish mumkin emas. Yangi bozorlarda mahsulot va xom-ashyo sotib olish uchun valuta kerak U esa hozir yetarli darajada emas. Shuning uchun Respublika MDX va Rossiya bozorlarida o‘z mahsulotlarini sotishni rivojlantirishi va kengaytirishi kerak. O‘zbekiston Rossiya va boshqa xorij davlatlari bilan xalqaro iqtisodiy aloqalarni kengaytirib bormoqda. Jumladan, Respublikaning Rossiya va boshqa yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlarda Savdo Uylari ochildi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Rossiyaga doimiy ravishda yetkazib beruvchi tuzilmalarni vujudga kelgan. Bularning hammasi respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes korxonalarining tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar yaratmoqda. Kelajakda iqtisodiy tizimni qayta qurish munosabati bilan Markaziy va g‘arbiy Yevropa mamlakatlari bilan asta-sekin integratsiya bo‘lishi uchun obektiv asoslar tug‘iladi.

Kichik biznes shakllarini tashkil etishda ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish, eksport imkoniyatlarini kengaytirish uchun valutaga sarf qilingan harajatlarni qoplay olish negizida, shuningdek bevosita chet el investitsiya negizida chet el kredit, zayomlarini jalb qilish muhim ahamiyatga ega. Respublika shunday vaziyatda qolganki, u mablag‘ bilan ta’minlashning noan’anaviy usullarini jalb etmay turib, iqtisodiy vaziyatga ta’sir ko‘rsata olmaydi.

Respublikaning xalqaro tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash fondlari, xalqaro valuta fondi, Yevropa tiklanish va rivojlanish Banki, Jahon Banki va uning filiali bo‘lgan xalqaro moliyaviy korporatsiya, investitsiya va kafolat xalqaro agentligi bilan hamkorligi ijtimoiy iqtisodiy dasturni amalga oshirish uchun imtiyozli ravishda kredit olish imkoniyatini tug‘diradi.

Biroq respublikaning yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlar bilan turli aloqasi qanchalik yaxshi bo‘lmasin, kichik biznes rivojlanishida ichki sharoit va omillar hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Bu omillar ichida eng muhimi - bozor aloqalarining rivojlanish darajasini o‘ta pastligi. Buning sababi bir tomondan bu islohotlarni amalga oshirish boshlangandan beri qisqa vaqt o‘tganligida bo‘lsa, asosiysi - mutanosib kuchlarning islohotlarga qarshiligi, kerakli bozor infrastruktura tuzilishining yo‘qligi, boshqaruv huquqlari va uning normalarini amalga oshirish mexanizmining takomillashmaganligidir.

Respublikaning iqtisodiy ishlab chiqarish imkoniyatlaridan (sobiq SSSR davrida respublikada 1990 yilda xududning bir foiz, aholining 3,7 foizini tashkil qilishiga qaramay, umumiy mahsulot va milliy daromad 4,3 foiz, sanoat mahsulotlari 4,5 foizdan oshiq, qishloq xo‘jalik mahsulotlari 5,6 foiz ishlab chiqarilar edi) to‘liq foydalanilmayapti. MDH va jahon bozorlari axvolini hisobga olgan holda, mavjud mahalliy manbalar, xalq xo‘jaligi va aholi extiyojlarini hisobga olgan holda iste’molchilar komissiyasi, ilmiy va eksport va ishlab chiqarish tarmoqlarining rivojlanishi yordamida iqtisodiy ishlab chiqarish imkoniyatlarining tizimlarini qayta qurishni amalga oshirish lozim.


Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   274




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish