Mavzuning dolzarbligi.Aqli zaif o'quvchilar shaxsi, uning faolligi, ishchanlik qobiliyatini shakllantirish juda murakkab jarayon bo‘lib, hosil bo'ladigan individual psixologik tizim turi, shakli va sifatini belgilaydigan ham ichki, ham tashqi xarakterdagi katta miqdordagi turlicha ta’sirlar, ularning murakkab hamkorligiga bogiiq. Uning shakllanishiga ta’sir etish uchun aqli buzilganda yuzaga keladigan psixik tuzilmalarning xususiyatlarini hisobga olish zarur. Psixik jarayonlar qanchalik ko‘p va nozik farqlansa (differensiatsiyalansa) va ularning kechish tushunarli boisa, bola ma’naviyati va psixik rivojlanishi, shuningdek, uning xulqi darajasi shuncha yuqori boiadi, qolaversa, shaxsning shakllanishi tashqi olam ta’siri bolaning ichki holatiga adekvatligiga bogiiq. Agar bu o‘rab turgan olam psixik rivojlanish va qobiliyatlarni kengaytirish shartlariga muvofiq kelmasa, bolaning genetik strukturasida berilgan xossalar rivojlana, namoyon boia va kengaya olmaydi.
Kurs ishining maqsadi.Aqliy zaif o'quvchilarning miqdoriy tasavvurlarini rivojlantirish va bolalar tasavvurining rivojlanishida olib boriladigan ishlar samaradorligini oshirish.
Kurs ishining vazifasi.
- Ilmiy adabiyotlarda muammoning bayon etilish holatini o'rganish.
- Aqli zaif bo'lgan bolalarni bilish jarayonlarini,tasavvurini korreksiyalash, kompensatsiyalash.
Kurs ishining obyekti. Imkoniyati cheklangan bolalar bilish jarayonlari.
Kurs ishining predmeti.Aqli zaif bolgan bolalar miqdoriy tasavvurlarini o'rganishda olimlar ishlaridan foydalanish.
Kurs ishining metodlari. Tadqiqot ishlariga oid falsafiy, ilmiy, defektologik, psixo-pedagogik va metodik adabiyotlardagi ma'lumotlarni nazariy jihatdan tahlil qilish,taqqoslash va umumlashtirish. Maxsus maktab – internatlaridagi pedagogik jarayonni kuzatish. Eksperimental tadqiqot natijalari tahlili.
Kurs ishning tuzilishi. Kirish, 2 bob, xulosa va foydalanilgan adabiyot ro‘yhatidan iborat.
Kurs ishining metodologik asoslari. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ta’lim to’g’risida gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Ta’lim hamma uchun Davlat dasturlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017- yil 7- fevraldagi O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha "Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi farmoni, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning ma’ruzalari, asarlaridagi ta’lim-tarbiyaga oid nazariy fikrlari, qarorlari, farmonlari, shaxsning mohiyati, faoliyati, Sharq mutafakkirlarining fikrlari, ta’limotlari, tadqiqot ishlari kurs ishining nazariy-metodologik asosini tashkil etadi.
L.R.M o‘minova defektologiya fakultetini boshqarish davrida ikki kafedraning ilmiy salohiyatini oshirishga ulkan hissa qo‘shdi. Shu davrda L.R.M o‘minova yetuk mutaxassislarni yetishtirib chiqishda o‘ziga xos maktab yaratdi. M.Yu.Ayupova, P.M Po‘latova. H.M .Po'latova, U.Yu.Fayziyeva, N.X.Dadaxo‘jayeva, D.M.Nurkeldiyeva,
M.P.Hamidova, Sh.Amirsaidora, Z.Ahmedova, L.Nurmuhamedova, F.A.Mirboboyeva, Ya.Chicherina shunday shogirdlar jumlasidandir.
Aqli zaif bolalami o‘qitish va tarbiyalash nazariyasining shakllanishida E.Segen (4812— 1880)ning pedagogik va ilmiy faoliyati katta o ‘rin egalladi.
Ayniqsa, uning 1846-yilda yozilgan «Aqliy me’yorida bo‘lmagan bolalaming tarbiyasi, gigiyenasi va axloqiy davosi» asari oligofrenopedagogika fanida katta yutuq bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |