D. A. Nurkeldiyeva “ ” 2022-yil kurs ish mavzu: Zaif eshituvchi bolalarni oilada tarbiyalash


Zaif eshituvchi bolalar maktabida didaktik tamoyillarning amalga oshirilishi



Download 50,76 Kb.
bet3/7
Sana18.12.2022
Hajmi50,76 Kb.
#890468
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs ishi Ergasheva Dilafruz 55

1.2. Zaif eshituvchi bolalar maktabida didaktik tamoyillarning amalga oshirilishi.
Mamlakatimizda keyingi yillarda qabul qilingan talim va tarbiya to‘g‘risidagi qator meyoriy hujjatlar, jumladan O‘zbekiston Respublikasining "Talim to‘g‘risida"gi qonuni, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" bozor iqtisodiyoti sharoitlarida muvaffaqiyatli ishlay oladigan, mustaqil fikrlovchi kadrlarni tayyorlashda oila, mahalla va maktab nufuzini yanada yuqori pog‘onaga ko‘tarishni taqozo etadi. Yosh avlodi ilm-ma’rifatli, har tomonloma sog‘lom bo‘lgan yurtning istiqboli charog‘ondir.
Bu borada maktab jamoalari o‘quvchiyoshlarning bo‘sh paytlarini mazmunli tashkil etib, turli to‘garaklarga jalb qilishga, iqtidorini, salohiyatini oshirishga e’tibor qaratilsa, ota-onalar o‘z farzandlarida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni katta e’tibor bilan kuzatib borishlari, ularning yurish-turishini, o‘zini tutishini nazorat qilishlari lozim. Mahalla esa o‘quvchilarga jamiyatda o‘z o‘rnini topishda, jamoa ishlaridagi faolligini oshirishda ko‘maklashadi.
Barcha maxsus maktablarda “Oilamahalla-maktab” markazlari tashkil etilishi, ularda o‘quvchilar va ularning oilalari haqidagi zarur ma’lumotlar to‘planishi lozim.Zero, talim-tarbiyani takomillashtirishda ham davlat bosh islohotchidir. Prezidentimiz takidlaganidek , birinchidan, yosh avlodga o‘zligimizni, muqaddas ananalarimizni anglash tuyg‘ularini, xalqimizning ko‘p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga bugun qo‘yilgan oliy maqsad va vazifalarni singdirish;ikkinchidan, jamiyatimizda bugun mavjud bo‘lgan hurfikrlikdan qatiy nazar yoshlarni jipslashtiradigan, xalqimiz va davlatimiz dahlsizligini asraydigan, el-yurtimizni eng yuksak maqsadlar sari chorlaydigan yagona g‘oya — milliy mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash;uchinchidan, yoshlarni baynalmilal jahon hamjamiyatida, xalqaro maydonda O‘zbekistonga munosib hurmat tug‘dirish uchun intilish ruhida tarbiyalash;to‘rtinchidan, yosh avlodni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat, yuksak odamiylik va insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash;beshinchidan, yosh avlodni ulug‘ ajdodlarimizning munosib vorislari ekanliklari, ayni vaqtda jahon va zamonning umumbashariy yutuqlarini egallash ruhida tarbiyalash
O‘zbekistonda o‘quvchi-yoshlarni tarbiyalashning eng dolzarb masalasidir. Davlatimiz rahbari ko‘rsatib berganidek, talim-tarbiya sohasidagi islohotlar ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy tasir ko‘rsatishga, umuman mamlakatdagi mavjud muhitni butunlay o‘zgartirish, insonlarning hayotda o‘z o‘rnini topishini tezlashtirish, jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllantirish, umumiy va maxsus bilimlarga ega, ongli, tafakkuri ozod, zamonaviy dunyoqarash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga voris bo‘lgan, kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etadigan komil insonlarni tarbiyalashga qaratilgan. Oila, mahalla, maktab hamkorligi ishtirokchilari say-harakatlarini birlashtirish maqsadida 1993 yilda ishlab chiqilgan "Oila, mahalla, maktab hamkorligi" konsepsiyasi eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni istiqlol g‘oyalariga sadoqatli, manaviy barkamol, vatanparvar etib tarbiyalashda keng jamoatchilik faoliyatini muvofiqlashtirish borasida malum dasturilamal bo‘ldi.
Mazkur konsepsiyada taraqqiyotimizning manaviy-axloqiy negizi milliy va umuman insoniy qadriyatlar uyg‘unligi ekanligi e’tirof etildi, milliy va umuminsoniy tarbiyaning quyidagi o‘zaro aloqalari, uyg‘un yo‘nalishlari belgilab olindi.Milliy tarbiya yo‘nalishi orqali yoshlarda o‘zlikni anglash, vatanparvarlik, milliy g‘urur, millatlararo muloqot madaniyati, milliy mafkuraviy onglilik, milliy odob, fidoyilik fazilatlari shakllantiriladi.
Umuminsoniy yo‘nalishda huquqiy, iqtisodiy, jismoniy, aqliy, estetik, ekologik, gigienik va boshqa tarbiya yo‘nalishlari amalga oshiriladi. Bu konsepsiya milliy davlatchilik va jamiyat qurilishi talablari asosliligini taminlaydi. "Oila, mahalla, maktab hamkorligi" konsepsiyasida oilani tarbiya jarayonidagi roliga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekistonda 2012 yil " Mustahkai oila yili" deb e’lon qilinishi oilaning tarbiyaviy rolini yanada kuchaytiradi.Shuningdek,O‘zbekiston Respublikasining "Talim to‘g‘risida"gi qonunining 30-modadsida "Voyaga еtmagan bolalarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari bolaning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi, maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar talimi olishlari uchun javobgardirlar", deb belgilab qo‘yilgan."Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ning 3.2 bandida esa talim oluvchilarning o‘qishi, turmushi va dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi vazifalar hal etilishida jamoatchilik boshqaruvini rivojlantirishga alohida e’tibor berilgan. Bu oila, maktab, mahalla hamkorligini bugungi kunning manaviy, marifiy, mafkuraviy, tarbiyaviy zarurati ekanligini bildiradi.
Yosh avlodni manaviy-axloqiy tarbiyalashda xalqimizning boy milliy, madaniy, tarixiy ananalariga, urf-odatlariga hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali, zamonaviy pedagogik texnologiyaning ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilishi, shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligini taminlash; umumiy hamda milliy pedagogik madaniyatni oshirish; mamlakatimiz fuqarolari orasida milliy mafkuraviy tarbiya ishlarini takomillashtirish "Oila, mahalla, maktab hamkorligi" konsepsiyasining asosiy maqsadidir.
O‘zbekistonda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar "Oila, mahalla, maktab hamkorligi" yo‘nalishidagi eshitishda nuqsoni bo‘lgan bola tarbiyasida oila, ota-ona, mahalla, maktabning asosiy vazifalarini mazmunan yangilab hayotga tatbiq etishni taqozo qiladi. Jamiyatning rivojlanish darajasi ko‘p jihatdan nogironlarga bo‘lgan munosabat bilan belgilanadi eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni tarbiyalashda oila va mahalla hamkorligi muammolarini o‘rnanish maqsadida ijtimoiy so‘rovnoma tuzildi.
Ijtimoiy so‘rovnoma ishtirokchilari mahalla oqsoqollari va faollarining , sog‘lom bolalar ota-onalarining nogironlarga turli tomondan munosabati, eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarga ijtimoiy-pedagogik jihatdan munosabati, eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni kaysi ta’lim muassasalarida ta’lim olishi kerakligi, eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning hamma bilan birgalikda ta’lim-tarbiya olishiga munosabati o‘rganildi. Ijtimoiy so‘rovnoma javoblari asosida oilalar ijtimoiy tavsifnomasi va ota-onalarning defektolog mutaxassislar bilan to‘laqonli hamkorlikka tayyorlik darajasi tahlili ota-onalarning defektologlar bilan hamkorlikka qiziqish variantlarini aniqlash imkonini berdi. Hamkorlikning eng faol holatidan to‘lik, befarqlik va hatto rad qilish darajasigacha bo‘lgan ko‘rinishlar mavjud.
Korreksiya-tuzatish ishlarini olib borishda normal va qoniqarli oilalarda unumli hamkorlik namoyon bo‘ldi. Eshitishda nuqsoni bo‘lganfarzandi bor oiladagi bola bilan ota-ona munosabati o‘ta muhim va murakkab muammo. bolalarning ijtimoiy muvofiqlashuvi ota-ona (birinchi navbatda onaning) tarbiyasiga, muomalasiga bog‘lik,.
Bolalarning yoshligidagi bilim faoliyatida sodir bo‘lgan еtishmovchiliklar o‘z navbatida rivojlanishda ortda kolgan bolaning o‘z otaonasi bilan yaxshi o‘zaro munosabatda bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi, shaxslararo muloqot usullarini shakllantirishni qiyinlashtiradi, ehtirosli o‘sishini to‘xtatib qo‘yadi. L.V.Vigotskiy ta’kidlab o‘tganidek, aklan zaif bo‘lgan bolalarning tashqi muhit bilan bo‘lgan salbiy munosabati asosiy kasallikni kuchaytirishi mumkin. Shuning uchun aqlan zaif bo‘lgan bolaning tashqi muhit bilan munosabati uning shaxsiy rivojlanishida muxim omil bulib hisoblanadi.

Demak, eshitishda nuqsoni bo‘lganbolaning ijtimoiy moslashuvida oilaning roli benihoya katta. O‘tkazilgan amaliy tadqiqotlar shu narsaga ishonch bildiryaptiki, eshitishda nuqsoni bo‘lganbolalar ota-onalar uchun maktab va mahalla hamkorligidagi pedagogik yordam usullarini ishlab chiqish kerak. Mazkur usullar o‘z navbatida ota-onalarning ehtirosini mo‘’tadillashtirish, kasal bolaning to‘g‘ri tushunishlarini, o‘z-o‘ziga tasalli berish, bolaga ijobiy tarzda yondashish imkonini beradi Barcha maxsus maktablarda “Oila-mahalla-maktab” markazlari tashkil etilishi, ularda o‘quvchilar va ularning oilalari haqidagi zarur ma’lumotlar to‘planishi lozim. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan farzandlar tarbiyasida oila, maktab va mahalla hamkorligi muhim rol o‘ynaydi. Chunki bolaning asosiy vaqti oila davrasida o‘tsa, maktabda ustozlardan ta’lim-tarbiya oladi, mahallada istiqomat qiladi.


Oila a’zolari, ya’ni ota-ona, buvi-bobo va aka-opalar o‘rtasidagi munosabatlar eshitishda nuqsoni bo‘lganbolaga o‘z ijobiy yoki salbiy ta’sirini o‘tkazadi. Shunday ekan, eshitishda nuqsoni bo‘lganbolani tarbiyalashda otaona tomonidan bir xil talab qo‘yilsa, unda ikkilanish bo‘lmaydi. Mamlakatimizda bolalar va yoshlarning qonuniy manfaatlarini taminlash bo‘yicha barqaror tizim yaratildi..
Mamlakatimizda bolalar millati, yoshi, jinsidan qatiy nazar barcha huquqlarda tengdir. Fuqarolik jamiyatining muhim institutlaridan bo‘lgan mahalla tizimida eshitishda nuqsoni bo‘lganbolalarni tarbiyalashda «Oila-maktab-mahalla» konsepsiyasini hayotga tatbiq etish, eshitishda nuqsoni bo‘lganbolalarning bo‘sh vaqtini unumli tashkil etish, ularning maktabda olgan bilim, malaka va ko‘nikmalarni mustahkamlash,nuqsonlarini konpensatsiyalash ,korreksiyalash , kasbga yo‘naltirish hamda mustuqil hayotga tayyorlashda samarali natijalarga erishish eshitishda nuqsoni bo‘lganbolalarni tarbiyalashda maktab,oila va mahalla hamkorligi modeli bo‘yicha ish olib borish bilan asoslanadi.



Download 50,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish