Amaliy mashg’ulotlarning taxminiy tavsiya etiladigan mavzular:
1.Qog’ozdan konctruksiylash.
2.Buklash kvadratdan, tortburchakdan
|
3.Simmetrik, chiziqli va aylanma naqsh qirqish
|
4.Applikatsiya
|
5.Origami texnologiyasi
|
6. Qog‘oz va kartondan hajmli buyumlar yasash
|
7. Shablon bo’yicha murakkab joylashgan kartonga belgi qoyib chiqish. Yasalgan buyumlarniapplikatsiyalar bilan bezatish.
|
8.Muqovalashga oid ishlar texnologiyasi
|
9.Tabiiy materiallar bilan ishlash.
10. Loy va plastilini ishga tayyorlash.
|
11. Loy va plastilindan Meva va sabzavot yasash
12. Loy va plastilindan qush va parrandalarni yasash usullari
13. Loy va plastilindan uy va yovvoyi hayvonlarni yasash usullari
|
Mustaqil ta`limni tashkil etishning shakli va mazmuni
Oliy o’quv yurti, turli sohalar boyicha ijodiy fikrlashga qodir, mustaqil ishlay oladigan, yuqori mutaxassislarni tayyorlashni o’z oldiga maksad qilib qoydi. Bunda bir muncha ilg’or usul va ta`lim vositalarini ishlab chiqish va tadbiq qilish asosiy o’rinni egallaydi.
Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligining keyingi bir qator hujjatlarida talabalarning mustaqil ta`limni tashkil etish masalasiga alohida ahamiyat berilmoqda.
«Mehnat va predmet amaliy ta’lim tehnologiyalari» fani surdopedagogika mutaxassisligi bo‘yicha kadrlarni tayyorlash tizimida muhim o’rinni egallaydi.
Kursning asosiy vazifalariga «Mehnat va predmet amaliy ta’lim tehnologiyalari» fanining barcha bo’limlarini mazkur fan bilan bog’liq bo’lgan (pedagogika, maxsus pedagogika, psixologiya, maxsus psixologiya, anatomiya, fiziologiya) fanlaridagi yangi ilmiy hisobga olgan holda umumiy va maxsus bilimlarni egallash kiradi.
«Mehnat va predmet amaliy ta’lim tehnologiyalari» fanini muvaffaqiyatli o’rganish-nazariy bilimlarning keng doirasini o’zlashtirish, maxsus adabiyotlar bilan ishlash malakasini egallashga imkon yaratadi, shuningdek eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar maktabgacha ta`lim muassasasi hamda maktab internatida o’quv ishlarini tashkil etish uchun mashg’ulotlar rejalashtirish, maxsus va umumta`lim darslar uchun reja matn tuzish, mazkur mashg’ulotlar uchun ko’rgazmali qurollar va didaktik materiallarni tanlash va tayyorlashni o’z ichiga oladi.
Talabalarning mustaqil ta`limini tashkil etish «Mehnat va predmet amaliy ta’lim tehnologiyalari» fanini yaxshi, muvaffaqiyatli o’zlashtirishlarida muhim xisoblanadiki, bunda ta`lim jarayonida olib boriladigan mustaqil ta`limning turli ko’rinishlari (konspekt olish, referat yozish, ilmiy - metodik adabiyotlar analizi, ma`ruzalar tayyorlash, mavzu yuzasidan internet ma`lumotlarini to’plash) talabalarning ilmiy ma`lumotlarni analiz qilishni, umumlashtirish, xulosalar chiqarishni nazarda tutadi.
Ushbu qo’llanmada keltirilayotgan nazorat savollar, oraliq nazorat imtihonlariga muvaffaqiyatli tayyorlanishga imkon yaratadi. Bular o’zlashtirilgan bilimlarni talabaning o’zi tomonidan tekshirishga, ya`ni o’z-o’zini nazorat qilishga xizmat qiladi. Talabalarning olib borayotgan mustaqil ta`limlarini turli usullar: mavzuli ro`yxatlar, konspektlar, maxsus adabiyot analizlari, og’zaki bayon etishlarini tekshirish orqali nazorat qilish mumkin.
Mazkur qo’llanmada, savol va topshiriqlar taxminiy xarakterga ega bo’lib, pedagogik mahorat, ijodiy yondoshuv orqali ularning birmuncha takomillashtirish to’plamni kengaytirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |