Fanining maqsadi va vazifalari Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarda ruhiy va jismoniy rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalarda mehnat va predmet amaliy ta’lim texnologiyalari uchun zarur nazariy bilim va amaliy malakalar, korreksion ta`lim-tarbiya jarayonini tashkil etish shakllari hamda usullari boyicha bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishdir.
Fanning vazifasi – talabalarga mehnat va predmet amaliy ta’lim tehnologiyalari nazariyasi hamda uni usullarini amaliyotda qo’llashga o’rgatishdan va alohida yordamga muhtoj o‘quvchilarini mehnatga o‘rgatishning ilmiy-nazariy asoslarini hamda uni usullarini amaliyotda qo‘llashga o‘rgatishdan iborat.
Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar «mehnat va predmet amaliy ta’lim tehnologiyalari» o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba;
maktabgacha yoshdagi rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalarni mehnat va predmet amaliy ta’lim tehnologiyalariga о‘rgatishning mazmuni va xususiyatlari;
maxsus muasassalarda mehnat va predmet amaliy ta’lim tehnologiyalari mazmuni va uning о‘ziga xos xususiyatlari;
mehnat va predmet amaliy ta’lim tehnologiyalari о‘rgatishning didaktik tamoyillari;
mehnat va predmet amaliy ta’lim tehnologiyalari jarayonida korreksion ishlar mazmuni, metod va texnologiyalari;
maxsus maktablarda mehnat va predmet amaliy ta’lim tehnologiyalari darslari turlari;
mehnat o’qitish va predmet amaliy ta’lim tehnologiyasi jarayonida о‘quvchilarni estetik jihatdan tarbiyalash haqida tasavvurga ega bо‘lishi;
rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalarni mehnat o’qitish va predmet amaliy ta’lim tehnologiyasi;
maxsus korreksion ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish, shakllari va usullarini tо‘g‘ri tanlay olish;
bolalar rivojlanishidagi mavjud nuqsonlarni tasniflash;
maxsus maktabgacha ta’lim muassasalarida mehnat va predmet amaliy ta’lim tehnologiyalari mashg‘ulotlari uchun, maxsus maktablarda tasviriy san’at darslari uchun ishlanmalar tayyorlashni;
maxsus adabiyotlarni taxlil etish, bolalarni mehnat va predmet amaliy ta’lim tehnologiyalari uchun didaktik materiallarni tanlab olishni bilishi va ulardan foydalana olishi;
mehnat va predmet amaliy ta’lim tehnologiyalari jarayonini taxlil etish;
maxsus maktabgacha ta’lim muassasalarida tasviriy faoliyatga о‘rgatish mashg‘ulotlarini tashkil etish va olib borish;
mehnat va predmet amaliy ta’lim tehnologiyalari darslarini tashkil etish shakllari, usullarini amalda samarali qо‘llash;
mehnat o’qitish va predmet amaliy ta’lim tehnologiyasi mashg‘ulotlari va mehnat o’qitish va predmet amaliy ta’lim tehnologiyasi darslarida rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalarni kamchiliklarini korreksiyalash kо‘nikmalariga ega bо‘lishi kerak.
«Mehnat va predmet amaliy ta’lim texnologiyalari» o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:
- maxsus muassasalarda mehnatga o‘rgatishning o‘ziga xos tomonlari, maxsus metodikaning asosiy bo‘limlari bo‘yicha (mehnatdan maktab kursining barcha bo‘limlari bo‘yicha namunalar tuzish va tayyorlash, amaliy ishda eng sodda chizmalar tuzish va foydalanish) nazariy bilim, mehnatga o‘rgatish jarayonida boy milliy an’analar, zamonaviy tajribalarni o‘zida mujassam etuvchi kadrlar tayyorlash milliy dasturida ko‘zda tutilgan vazifalarni, ta’limiy-tarbiyaviy, rivojlantiruvchi-korreksion ishlarni tashkil etish shakllari, usullarini bilishi kerak;
- talaba rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar mehnatga o‘rgatish maxsus korreksion ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish, shakllari va usullarini ilmiy asoslangan holda to‘g‘ri tanlay olish, rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar nuqsonlarini tasniflash, korreksiyalash, maxsus adabiyotlarni tahlil etish, bolalarni mehnatga o‘rgatish uchun didaktik materiallarni tanlash, bilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
- talaba mehnatga o‘rgatish jarayonni nazariy-amaliy tahlil etish, ta’limni tashkil etish shakllari, usullarini amalda samarali qo‘llash, ota-onalar bilan ishlash, rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar ta’lim-tarbiya nazariyasini amalda qo‘llash malakalariga ega bo‘lishi kerak.