JIGAR
Jigar organizmdagi eng yirik bez bo‗lib, vazni 1,5 kg ga etadi. U to‗q qo‗ng‗ir
rangli, zich hujayralardan tuzilgan. Jigarning kattaligi o‗ngdan chapga 20-22 sm,
oldidan orqaga 30-36 sm bo‗lib, katta qismi o‗ng qovurg‗alar tagida, kichik
85
bo‗lagigina qorin bo‗shlig‗ining chap qismida joylashgan. Uning yuqori cheti
o‗ngda qovurg‗aga tegib, chapda qovurg‗alar oralig‗ida turadi. Tashqi tomondan
jigarni maxsus biriktiruvchi to‗qima kapsulasi o‗rab turadi. Bu kapsulaning usti,
orqa chetidan tashqari, qorin pardasi diafragma bilan o‗ralgan. Jigar diafragmaga
o‗roqsimon bog‗lag‗ich, tosh bog‗lag‗ich bilan birikib turadi. O‗roqsimon
bog‗lag‗ich jigarni katta o‗ng va kichik chap pallaga ajratadi.
Jigarning pastki yuzasi pastga qaragan bo‗lib, unda ikkita egat, ikkita
uzunasiga ketgan egat va ko‗ndalang egat yotadi. Jigar to‗rt pallaga: katta o‗ng,
kichik chap, dumsimon va kvadrat pallaga bo‗linadi. Bu pallalar bog‗lag‗ichlar
orqali bir-biriga birikkan. Jigarning pastki yuzasida jigar qopqa venasi joylashgan,
undan ovqat hazm qilish kanalidan qaytgan venalar, limfa yo‗llari, jigar arteriyasi
va o‗t yo‗li, nervlar o‗tadi. Jigar diametri 1,5 mm dan katta bo‗lmagan murakkab
naychali bo‗laklardan tuzilgan bo‗lib, har bir bo‗lak ko‗p qirrali prizmaga
o‗xshaydi. Bo‗laklarda arteriya va vena kapillarlarining qalin to‗ri bor. Kapillarlar
bo‗lakchaning markaziy venasiga qo‗shiladi. Jigar hujayralari Kupper xujayralari
deb ataladi, ular kuchli fagotsitar xususiyatga ega. Bo‗lakchalardagi bez
hujayralari orasida juda mayda o‗t yo‗llari bo‗lib, ular qo‗shilib, o‗t kapillarlarini
hosil qiladi. Qon kapillarlar orqali jigar bo‗lakchasining markaziga tomon oqadi,
o‗t esa, aksincha, hujayralar opasidagi yo‗llardan yig‗ilib, bo‗lakcha markazidan
chetga tomon oqadi.
Jigar boshqa organlarga nisbatan qon bilan yaxshi ta‘minlangan bo‗lib, unda
kapillarlar ikki qator to‗r hosil qiladi.
Jigar bir sutkada uzluksiz ravishda 1-2 litrga yaqin o‗t suyuqligi ishlab
chiqaradi. Ishlab chiqarilgan o‗tning bir qismi konsentrlangan xolda o‗t pufagida
yig‗iladi. O‗t pufagi noksimon shaklda, u jigarning orqasida joylashgan. O‗t
pufagining tanasi va bo‗yni farq qilinadi. Uning hajmi o‗rta xisobda 60 sm,
ichakda ovqat hazm bo‗layotganda o‗t suyuqligi umumiy o‗t yo‗liga quyiladi.
Jigar ichakka ovqat hazm qilishda muxim ahamiyatga ega bo‗lgan o‗t suyuqligi
86
ishlab chiqaradi, va unda ortiqcha glyukoza glikogen holida to‗planadi. Jigarda
20% qon zahira holda saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |