Ingichka ichak. Ingichka ichak 3 qismga bo‗linadi: o‗n ikki barmoq ichak
(25sm), och ichak (taxminan 2,5-3m) va yonbosh ichak (3-3,5 m). Ingichka
ichakning diametri 2,5-3 sm bo‗ladi. O‗n ikki barmoq ichak eng kalta qism bo‗lib,
taqa shaklida, u qorin bo‗shlig‗ining orqa qismida joylashgan, oldingi qorin
pardasi bilan o‗ralgan bo‗ladi. O‗n ikki barmoq ichakning II bel umurtqasi oldida
joylashgan yuqori ko‗ndalang qismi, III bel umurtqasi oldida tushuvchi qismi va
pastki ko‗ndalang qismi ajratiladi. O‗n ikki barmoq ichak ovqat hazm qilish
kanalining eng muhim qismidir. Bu ichakka oshqozon osti bezining shira yo‗li,
jigarning o‗t yo‗li ochiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |