Tizza osti muskuli tizza bo‗g‗imi ostida joylashgan.
Katta boldirning orqa muskuli suyaklararo pardadan va ikkita boldir
suyagining orqasidan boshlanib, oyoq panjasi tagidan o‗tib, qayiqsimon suyakka,
uchta ponasimon suyakka, kaft suyaklari asosiga birikadi. U qisqarganda oyoq
panjasini bukadi.
Bosh barmoqni bukuvchi uzun muskul kichik boldir suyagidan boshlanib,
oyoq panjasi tagidan o‗tadi va bosh barmoqning tirnoq falangasiga birikadi. U
qisqarganda bosh barmoq va oyoq panjasini bukadi. Barmoqlarni bukuvchi uzun
muskul katta boldir suyagining orqa tomonidan boshlanib, pastda to‗rtta payga
bo‗linadi barmoqlarning ohirgi falangasiga birikadi. U qisqarganda barmoqlarni va
oyoq panjasini bukadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |