Boldir muskullari. Boldir muskullari joylashishiga ko‗ra oldingi, orqa va
chekka muskullarga bo‗linadi. Boldirning oldingi tomonida yozuvchi, orqa
tomonida bukuvchi muskullar joylashgan.
Boldirning oldingi muskullari. Katta boldirning oldingi muskuli katta
boldir suyagidan suyaklararo parda va boldir fassiyasidan boshlanib, oyoq
panjasining II kaft suyagi asosiga va ponasimon suyakka birikadi. Bu muskul
qisqarganda oyoq panjasini yozadi va ya‘ni tashqi tomonga qarab buradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |