D. A. Mamatqulov bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari


Yurakning  yoshga qarab o„zgarishi



Download 3,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/187
Sana29.12.2021
Hajmi3,07 Mb.
#82154
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   187
Bog'liq
Bolalar anatomiyasi

Yurakning  yoshga qarab o„zgarishi 
 
Yangi  tug‗ilgan  chaqaloqda  yuragining  bo‗lmachalari  katta  va  qorinchalari 
yaxshi    rivojlanmaganligi  uchun  yumaloq  shaklda  bo‗ladi.  Uning  ko‗ndalang 
o‗lchami    2,7-3,9  sm,  uzunligi  3,0-3,5  sm.  O‗ng  bo‗lmacha  chapdan  sezilarli 
darajada    katta.  O‗ng  bo‗lmachaning  hajmi  7-10  sm
3
,  chapniki    4-5  sm
3

Qorinchalar  hajmi  8-10  sm
3
.  Taroqsimon  va  so‗rg‗ichsimon  mushaklar  yaxshi 
bilinmaydi.  Paysimon  ipchalar  nisbatan    yo‗g‗on  va  qisqa.  O‗ng  va  chap 
qorinchalar    miokardining  qalinligi  bir  xil.  Epikard  yupqa,  elastik  va  kollogen 
tolalari  kam.  Epikard  osti  yog‗  to‗qimasi  yaxshi  bilinmaydi.  Bola  hayotining 
birinchi yilida yurak  bo‗yiga tez o‗sadi. Birinchi yilning oxirida yurakning hajmi 
42  sm
3
  bo‗ladi.  Yurakning  turli  qismlari  ayrim  yosh  davrlarida  bir  xil  o‗smaydi. 
Bola hayotining  birinchi yilida bo‗lmachalar qorinchalarga nisbatan ko‗proq,  2-5 
ayniqsa  6  yoshda bo‗lmacha  va  qorinchalar  bir xil, 10  yoshdan  so‗ng  qorinchalar  
tezroq o‗sadi.  Yurakning hajmi 7 yoshda 90 sm
3
, 14 yoshda 130 sm
3  
bo‗ladi. 
 Yangi  tug‗ilgan  chaqaloq  yuragining  og‗irligi  o‗rta  hisobda  24  g  bo‗lib,  bir 
yoshda 2 marta, 4-5 yoshda 3 marta, balog‗at yoshida  10 marta va 18-20 yoshda 
15  marta  kattalashadi.  5-6  yoshgacha  o‗g‗il  bolalar  yuragi  qizlarga  nisbatan  katta 
bo‗lsa,  9-13  yoshlarda  buning  aksi,  15  yoshdan    keyin  esa  yana  o‗g‗il  bolalar 
yuragi  katta  bo‗ladi.  Yangi  tug‗ilgan  chaqaloq  yuragi  qorinchalari  devorining 
qalinligi 5 mm ga teng bo‗lib, bola hayotining 5 kunidan  boshlab  chap  qorincha  
faoliyatiga  bog‗liq  ravishda  kattalashib  boradi  va  2  yoshda    o‗ng  qorinchaga  


137 
 
nisbatan 2 marta katta bo‗ladi.  Yurak devorining qalinlashuvi  mushak tolalari va 
biriktiruvchi  to‗qima  qatlamlarining  ko‗ndalang  o‗lchamlari  o‗sishi  hisobiga 
bo‗ladi.  Barcha  yoshdagi  bolalarda  atrioventrikulyar  klapan  tabaqalari  yaltiroq 
bo‗ladi. Yoshga qarab klapan tabaqalari va epikard zichlashadi. 2 yoshdan boshlab 
epikard    ostiga  yog‗  to‗plana  boshlaydi.  15  yoshgacha  chap  qorincha  devorining 
qalinligi 2,5 marta, o‗nginiki 0,3 marta kattalashadi. 
 Yangi  tug‗ilgan  chaqaloq  yuragi  yuqori  va  ko‗ndalang  joylashadi.  Yurak 
uchi  proektsiyasi  IV  qovurg‗a oralig‗ida chap o‗rta o‗mrov chizig‗idan 1-2  sm 
tashqarida bo‗ladi. Bir yoshgacha bo‗lgan  bolada uning  yuqori  chegarasi ikkinchi 
qovurg‗a  oralig‗ida  bo‗lsa,  pastki  chegarasi  kattalarga  nisbatan    bir  qovurg‗a  
oralig‗ida  yuqori  turadi.  O‗ng    chegarasi  to‗sh  suyagining  o‗ng  chekkasida  yoki 
undan 0,5-1 sm  o‗ngroqda joylashgan. 2-3 yoshlarda yurak qiyshiq holatga o‗tadi 
va o‗smirlik  davrida kattalarnikiga  o‗xshab qoladi.
14
 

Download 3,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish