3.9. Kasb-hunar kollejlarida ishlab chiqarish ta’limini tashkil etishning asosiy shakllari Ishlab chiqarish ta’limi turli shakllarda joriy qilinadi. Bularga kasb-
hunar kollejlari
o'quv ustaxonasida ishlab chiqansh bilan tanishishi,
ishlab chiqarish korxonalan ustaxonalarida amaliyotlar, ish o‘nnlarida
diplomoldi ishlab chiqarish amaliyoti va boshqalar kiradi.
Ishlab chiqarish ta’limini tashkil etishning asosiy shakllanni ko‘rib
chiqamiz.
Ishlab chiqarish ta’limi o'quv ustaxonalaridagi mashg'ulot bo‘lib.
uning maqsadi ishlab chiqarish sharoitlarida unumli mehnat uchun
zarur b o ‘lgan boshlang'ich kasbiy ko'nikm alarni shakllantirish
hisoblanadi. Ishlab chiqarish ta ’limi mashg'ulotiarida bilimlarni
yaxlitlashtirish va ularni talabaning amaliy faoliyati jarayonida har
tomonlama qo'llash amalga oshiriladi. Bu ishlab chiqarish ta’limi
mashg'ulotlarining tuzilmasini, mazmunini va o ‘qitish usullarini.
shuningdek, ularning davomiyligini aniqlab beradi.
Ishlab chiqarish ta’limi mashg‘ulotlari tuzilmasida ko'rsatma berish
muhim bo‘lib, ularga boshlang'ich, joriy va yakuniy ko'rsatmalar kiradi.