topishmoq
deb yuritiladi.
M asalan, «Bir parcha patir, O lam ga tatir» topishm og‘ini olaylik.
Bunda to ‘lin oy bilan patir bir-biriga taqqoslangan va ularning shakl
jihatidan bir-biriga o ‘xshashligi aniqlangan. Shu tariqa topishm oqning
javobi — oyning juda chiroyli va o ‘rinli ko‘chimi — p atir topilgan.
Patim ing inson uchun nihoyatda to ‘yimli ozuqa ekanligini. oyning
esa, qorong‘i tu nn i m u n a w ar qilishligini, har ikki holat h am insoniyat
uchun qaratilganligini hisobga olsak, ular orasida juda katta m a’naviy
yaqinlik borligi ham ayon bo'ladi. «Topishmoq» term ini «top» buyruq
fe’liga «ish» yasovchi q o ‘shim chasini qo‘shish orqali yasalgan va
unga «moq» shaklini q o ‘shish bilan ja n r atamasi yuzaga kelgan.
Topishm oqlar respublikamizning turli tumanlarida o ‘sha joylaming
lokal xususiyatlari va shevasiga k o ‘ra,
jumboq, jum m oq, jumoq,
topmacha, topar c h o ‘pchak, top-top, top-top cho‘pchak, matal, masala,
ushuk
kabi xilm a-xil so‘zlar bilan ham ifodalanadi. A m m o hozirgi
paytd a «topishm oq» yagona ilm iy-adabiy term in sifatid a to ‘la
o ‘zlashdi, qolganlari esa, to r doiralarda va ayrim keksa kishilar nutqida
ishlatiladigan b o ‘lib qoldi.
Topishm oq aytishishning ham q at’iy a n ’analari, o ‘ziga xos tartib-
q o idalari b o ‘lgan. F olklorshunos Z .H u sainovaning yozishicha,
« 0 ‘zbek xalqi orasida ham juda qadim da biror muayyan vaqtda,
biror marosimda topishm oq aytishish rasm b o ‘lgan b o ‘lishi m um kin.
Lekin hozirgi vaqtda bunday aytishishlaming izlari saqlanm agan.
A m m o ota-bobolarim iz kundalik m ehnatdan b o ‘shagandan keyin,
ko‘pincha kechasi topishm oq aytishar ekan. Sam arqand viloyati
G u lb ulo q qishlog‘ida yashovchi Roziya m om o shunday deydi:
«Qishning kechasi uzun bo‘ladi, ayollar yig‘ilib urchuq yigiradi,
olacha to ‘qiydi, shu vaqtlarda yoki kechasi yotgandan keyin topishm oq
ay tish ish » o d a ti b o ‘lgan. S a m a rq a n d v ilo y a tin in g sh im o liy
tu m a n larid ag i o ‘zb eklar yashagan qish lo q lard a to ‘yga b o sh q a
qishloqlardan kelgan odam lam i qo‘ni-qo‘shnilamikiga qo‘ndirganlar.
Yig‘ilgan m ehm onlar o ‘rtasida chaldirm oq, jum boq aytishish ham
b o ‘lg a n » .6K D em ak, to p ish m o q n i asosan q ish k ech alari ay tish
o ‘tm ishda uning ijrosida muayyan taqiqlar bo‘lganligini ko‘rsatadi.
T o pishm oq ijrosi uch u n kam ida ikki kishi, ikki g u ruh yoki
topishm oq aytuvchi va uni yechuvchilar, javobini topuvchilar b o ‘lishi
kerak. Topishm oq aytilishi bilan uning javobi topilgach, ketm a-ket
navbatdagilari aytila beradi. Shuning uchun ham topishm oq aytish
hozirgi paytda aql-zakovat, ziyraklik musobaqasi, o ‘yin-kulgi, ko‘ngil
ochish vositasiga aylangan.
Xalq o‘rtasida « 0 ‘zi g‘ir mitti, urdi yiqitdi»
(uyqu),
«Otdan baland,
itd an past»
(egar),
«K o‘k ko‘ylakka g‘o ‘za yoydim»
(osmon va
yuiduzlar),
«Qoziq ustida q o r turm as»
(tuxum )
kabi ju d a keng
tarqalgan topishmoqlar borki, ular aytilishi bilan darhol javobi topiladi.
A m m o topishm oqlarning shundaylari ham borki, javobini topish
an c h a qiyin, h atto katta tu rm ush tajribasi bo r kishilarni h am
o ‘y l a n tir i b q o ‘y a d i. B u n d a y h o lla r d a ja v o b n i t o p i s h n i
yengillashtiruvchi qo‘shim cha m a’lum otlar beriladi, ya’ni javobni
topuvchilar aytuvchidan «jonlimi, jonsiz?» deb so‘raydilar. Shunda
ham javob topish qiyinlashsa, «Qattiqmi, yumshoq?», «Achchiqmi,
shirin?», « 0 ‘zi qanday?», «Qayerda b o ‘ladi?» kabi q o ‘shim cha
so‘ro q lar o ‘rtaga tushadi. Javob topilm agach, «shahar» beriladi.
«Shahar olish» topishm oqni topa olm agan kishini uyaltirish, izza
qilish va shu bilan davraga xushchaqchaqlik kiritish vositasidir.
Aytuvchi topishmoq javobini topolmagan kishini quyidagicha uyaltirib,
so ‘ng o ‘zi javobini aytib beradi: «Shahar, unda bor-u m unda kel,
kelib m ening qoshimga yiqil. Ikkalamiz ketaylik. Sen ham keta berib,
tap etip bir xaloga tushding. M en ham keta berib. jarang etib bir
tillaxonaga tushdim . Bir devona:— «Hey, d o ‘st»,— deb keldi. M en
bir olovkurak tilla chiqarib berdim, meni tol k o ‘chada alqab-alqab
ketdi. Sen bording-u, bir olovkurak go‘ng chiqarib berding, seni tol
k o ‘chada qarg‘ab-qarg‘ab ketdi. M en ham bir otga m indim , sen bir
yag‘ir eshakka minding. Kunjaradan non qilib, eshakning yag‘iriga
kunjarani tegizib, yalab-yalab ketding. M en bordim , shinni bilan
murabboga n onni tegizib, yalab-yalab ketdim. Hay, sen topm asang,
m en topay, og‘zingga katta bir tappini yopay. Uning o ‘zi...».69
A yrim jo y lard a javob topilm agach, to p uvchi bilan aytuvchi
o ‘rtasida «Sotdim -oldim » dialogi bo‘lib o ‘tadi. Bunga ko‘ra, aytuvchi
topuvchining barcha tana a ’zolarini «Sotib olish» orqali uni izza
qiladi:
— Sotdim.
— Oldim.
— Nimasini?
— Q o ‘lini.
— N im a qilasan?
— U choqqa kosov qilaman.
S h u ta riq a ja v o b to p o lm a g a n sh a x sn in g k o 'z i x alo jo y g a
sham chirog4. qulog‘i tezakka supra, oyog‘i tezak tepkilagich, boshi
o ‘choqqa tosh, og‘zi o ‘ra, bum i hushtak qilish uchun «sotib olinadi».
Oxirida o ‘zi «sotiladi»:
— Yana sotdim.
— Oldim.
— Nimasiii?
— 0 ‘zini.
— N im a qilasan?
— Tog‘dan yumalatib, o ‘tin qilaman.
S hundan keyingina aytuvchining o ‘zi topishm oqning javobini
aytgan. Javobini bilmay turib, topishm oq aytish qattiq qoralangan.
Masxara b o ‘lishdan uyalish, tahqirlanishdan qochish istagi topishm oq
aytish o ‘yiniga qatnashuvchilarni ko‘p bilishga, fikriy qobiliyatlarini
doim o ‘stirib borishga undagan. «Shahar bergandagi» tahqirom uz
gaplar undagi ishtirokchilami sira ham ranjitmagan, aksincha, davrada
ruhiy ko'tarinkilik, xushchaqchaqlik paydo qilgan, ularning qiy-chuvi,
xursandchiligiga sabab boigan.
Topishm oq folklorning qadimiy janrlaridan biridir. Uning paydo
bo‘lishi, qadimiy vazifasi va dastlabki shakli haqida olim lar turli-
tu m a n q a r a s h la r n i ilg ari s u rg a n la r. M a s h h u r in g liz o lim i
E.B.Taylorning fikricha, topishm oq madaniyat tarixida maqol bilan
birga paydo b o ig a n bo‘lib, uning gullagan davri sivilizatsiyaning
quyi va o ‘rta bosqichlariga to ‘g ‘ri keladi. U ningcha, topishm oq
an ’anaviy savol-javob shaklidagi odatda quruq hazilga olib boruvchi
hozirgi so‘z o ‘yini emas, balki u jiddiy javob berishni talab qilgan
qadimiy shaklda tuzilgan topshiriqdir. Sfinks topishm og‘i buning
tipik nam unasi bo‘lishi mumkin.70 Qadimgi grek mifida Sfinks boshi
ayol, tanasi sher bo‘lgan qanotli maxluq sifatida tasaw u r qilingan.
U Fiv shahri yaqinida joylashib olib: «Kim ertalab to ‘rt, kunduz
ikki, kechqurun uch oyoqda yuradi?»—deya topishm oq aytadi va
javob topa olmaganlarni o'ldiradi. N ihoyat, Edip: «Inson bolaligida
emaklaydi, ulg‘ayganda tik yuradi va qariganda hassaga suyanib
qoladi>>,— deb bu jum boqni yechadi va Fiv shahriga shoh bo‘ladi.71
Topishm oqlar shartli yashirin nutq asosida yuzaga kelgan b o ‘lib,
uning zamini kishilaming qadimiy e’tiqod va tasaw urlari, olamni
bila borish va idrok etish darajasi bilan bog‘liqdir. D arhaqiqat,
Z .H u s a in o v a n in g y o z ish ic h a : « 0 ‘tm is h d a ta b ia t va ta b ia t
hodisalarining o ‘zi bir jum boq b o ‘lganki, odam lar uning sirini
bilmaganlar va yecha olmaganlar, ularga u
sirlar bir m o ‘jizaday
bo‘lib ko‘ringan... Shaxs o‘zini qurshab turgan tashqi obyektiv olamni
taniy boshlagan bir paytda undagi narsa va hodisalaming qaysi yo‘l
bilan yaratilishini anglash, bilish istagida narsa va hodisalarnt bir-
biriga solishtirish, qiyoslash va b a’zan qaram a-qarshi q o ‘yish bilan
o‘rgana boshlagan. Ular quyosh, oy, yulduzlar harakatining, chaqm oq
chaqishi, kolk guldurashi, bulut kelishi, shamol esishi, qor-yom g‘ir
yog‘ishi kabilaming mohiyatini to ‘la anglab yetmaganlar va animistik
tushunchalarga asoslanib, ularning ham m asida jon bor, deb ta saw u r
qilganlar. Bunday tushunchalarning ba'zi ko‘rinishlari topishmoqlarda
ham uchraydi. «Bir otasi, bir onasi, necha yuz ming bolasi»
topishmog‘ida quyosh, oy, yulduzlar insonga qiyos qilinib, jonlantirib
berilishi ibtidoiy tushunchalar bilan bog‘liq. Chunki inson hali tabiat
va u n in g sirla rin i t o ‘g‘ri tu s h u n ib y eta o lm ag an , to te m is tik
tushunchalar hukm ron bo‘lgan paytlarda quyosh va oyni otalik va
onalik boshlang‘ichi — ota va ona deb tasaw u r etgan».72 Demak,
to p ish m o q lar bir vaqtlar m uayyan magik vasifalam i ado etg an
zam onlaridan boshlab, aql-zakovat, ziyraklik musobaqasi, ko‘ngil
o c h ish , o ‘y in -k u lg i vositasiga aylangan d av rla rig ach a b o ‘lgan
m urakkab taraqqiyot yo‘lini bosib o ‘tgan. Shuning uchun ham ular
hayotni tasvirlash m ohiyati, tuzilishi, badiiy xususiyatlari jihatidan
turli-tum an b o ‘lib, ko‘p zam onlar izini o‘zlarida saqlaganlar, xalqning
estetik didi, hissiy tuyg‘ulari osha borgan, tabiat va jam iyatni bilish
qudrati kuchaya borgan sari ulardagi mifologik tasaw urlar va qadimiy
tu sh u n c h a la r susaya borib, poetik bosim b irin ch i planga ch iq a
boshlagan. N atijad a, to p ish m o q tu rli-tu m a n m aro sim lar b ila n
bog‘liqligi va boshqa m aishiy funksiyalarini yo‘qotib, sof badiiy-
estetik vazifa o ‘taydigan janrga aylanib qolgan.
0 ‘zbek xalq topishmoqlarining asosiy qismini metaforik topishmoqlar
tashkil etadi. Qadimiyatning ulkan olimi Aristotel, topishm oqlam ing
m etaforalardan tashkil topganligini alohida ta ’kidlaydi: «Amalda
topishm oqning mohiyati haqiqatan mavjud b o ‘lgan narsa to ‘g‘risida
so‘zlash, Shu bilan birga, butunlay mumkin b o ‘lmagan narsalam i
birlashtirishdir. Bunga (ko‘p qo‘llanadigan) so‘zlar vositasida erishib
bo‘lmasa. m etaforalarorqalim um kin».73 Chindan ham metafora narsa
va hodisalar, predmetlaming u yoki bu belgisi o ‘xshashligiga asoslangan
p o etik k o ‘ch im b o ‘lib, a n ’anaviy to p ish m o q lam in g m o h iy atin i
b elgilayd i. M a salan , sabzi haqidagi «Yer ta g id a o ltin qoziq»
topishmog‘ini olaylik. Bunda sabzining rangi (sariqligi) oltinga, ko‘rinishi
(shakli) qoziqqa o ‘xshashligi hisobga olingan. D em ak, m azk u r
topishm oqning javobi sabzi bo‘lsa, uning ko‘chim i oltin qoziqdir.
M azkur topishm oqning «Yer tagida qator qoziq» variantida esa,
sabzining faqat ko‘rinishi (shakli) nazarda tutilgan. «Qizil qiz yer ostida,
sochlari yer ustida», «Sariboy akam ichkari, Soqollari tashqari» kabi
variantlarda jonlantirish priyomi bilan birgalikda metaforik ko‘chimning
turli jihatlari ham nam oyon b o ‘lgan.
0 ‘zbek xalq topishm oqlarining yana bir tu rin i so‘ro q (savol)
topishm oqlar tashkil etadi. Bunday topishm oqlarda predm etlam ing
o ‘xshash belgilari bir-birlari bilan solishtirilmaydi, balki topuvchi
oldiga m a ’lum so‘roqlar, m uayyan vazifalar q o ‘yiladi. M etaforik
topishm oqlarda javob yashiringan predmetning nom idangina iborat
b o ‘lsa, bu xil to p ish m o q lard a javob keng izohlanadi. M asalan,
«D unyoda to ‘rt narsa yo'q» topishm og‘ining javobi shunday:
O sm onning ustuni yo‘q,
Hovuzning qopqog‘i yo‘q,
K o‘rpaning yengi yo‘q.
Oshpichoqning qini yo‘q.
S o 'ro q (savol) topishmoqlarning juda murakkab ko‘rinishlari ham
mavjud. Masalan:
— U nimadir, havodagi do‘langan?
U nim adir, yer yuzini suv olgan?
U nim adir, orqasida og‘zi bor?
U nim adir, o ‘rtasida mag‘zi bor?
U nimadir, suv ichida jo n i bor?
- Bulut b o ‘lar havodagi d o ‘Iangan,
Yomg‘ir b o la r yer yuzini suv olgan,
Tegirmondir, orqasida og‘zi bor,
Bug‘doy b o ‘lar o ‘rtasida m ag‘zi bor.
Baliq bo‘lar suv ichida jo n i bor.
Bu xildagi topishm oqlarning yuzaga kelishida yozma adabiyot
nam unalarining, qissalaming muayyan ta ’siri ham b o llgan. shuning
uch un ham bunday nam unalar «Oshiq Oydin», «Oshiq Alvand»,
«Xirmondali» kabi kitobiy dostonlarga yaqin asarlarda, Maxtumquli
va D urdi qilich aytishuvlarida ham uchraydi.
Savol-topishm oqlarning javobi birgina so‘zdan iborat bo‘lgan,
yuqoridagilarga o ‘xshab keng izoh talab qilmaydigan nam unalari
ham mavjud. Bu jihatdan javobi sham ol b o lg a n va sham olning
tilidan aytilgan topishmoq xarakterlidir:
Aqqa o‘tdim , bildingmi?
Baqqa o ‘tdim , bildingmi,
Oq quvrayning boshini —
Chertib o ‘tdim , bildingmi?
0 ‘zbek xalq topishm oqlarining yana shunday xillari borki, ularda
sanoq sonlar ishtirok etadi, ya’ni u yoki bu narsa va hodisa shu
sonlar yordamida jum boqlanadi. Bunda narsa va hodisalar orasidagi
0
‘xshashliklar ham hisobga olinadi, albatta. Masalan:
B ir daraxtda o ‘n ikki shoxa,
H a r shoxada o ‘ttiz yaproq,
Y aprog‘ining bir yoni qora, bir yoni oq.
Bu topishm oqning javobi bir yil, o ‘n ikki oy va o ‘ttiz kecha-
kunduzdir.
Xalqimizning topishm oq repertuarida yana shunday nam u nalar
borki, ularning javoblari sanash, hisob-kitob qilish orqali chiqariladi.
Bir misol:
«Bir to ‘da g‘oz uchib borar ekan, bir g‘oz ro‘para kelib:
—
Ey, yuz g ‘oz, salom at borm isiz,— debdi. S hunda uiardan
biri:—Biz yuz g‘oz emasmiz. Yana biz miqdori g‘oz b o ‘lsa, yana
bizning yarm im iz m iqdori va yarmimizning yarmi b o is a , u vaqtda
sen ham q o ‘shilsang, yuz g‘oz b o ‘lamiz, — debdi. Havodagi g‘ozlar
qancha ekan?» Javobi: 36 (36 + 36+18 + 9 + 1 = 100).
Bu xil nam unalam i masala-topishm oqlar deyish mum kin. Ammo
u la r x a lq o r a s id a n ih o y a td a k a m ta rq a lg a n . 0 ‘z b e k x alq
topishm oqlarining topishm oq-m aqol, topishm oq-o‘yin, topishm oq-
tez aytish, top ish m oq -qo 'sh iq , topishm oq-ertak kabi tu rlari ham
mavjud. A m m o ularning nam unalari nihoyatda ozchilikni tashkil etadi.
0 ‘zbek xalq topishm oqlari tem atik jihatdan g‘oyatda boy va rang-
barangdir. X alqim iz ijtim oiy-m aishiy turmushining m am lakatim iz
tabiati, geografiyasi, ekologiyasi, nabotot va hayvonot olam ining,
inson va koinotning biror sohasi yo‘qki, ular haqida bir-biridan go‘zal,
g‘oyatda ixcham va siqiq topishm oqlar yaratilmagan b o ‘lsin. Yer va
osm on, daryo va ko‘llar, tog ‘-u toshlar, dov-daraxt va o ‘rm onlar,
m evazor bog‘lar va keng dalalar, oila-ro‘zg‘or jihozlari va m ehnat
qurollari, m o m aqaldiroq va chaqm oq, sel va b o ‘ron, zulm at va
yorug‘lik, oy va fasllar, hayvonot va o ‘simliklar olami, o ‘quv qurollari
va musiqa asboblari, zam onaviy texnologiya va texnika vositalari,
inson va uni o ‘rab olgan m uhit haqida ko‘plab topishm oqlar to ‘qilib,
avloddan avlodga o ‘tib, bizning kunlarimizgacha aytilib kelinmoqda.
T opishm oqlarda xalqning kundalik hayoti, yurish-turishi va yashash
tarzi, isho nch -e'tiq od i, tasaw u rlari va olamga qarashi aks etgan.
Shu bilan birga topishm oqlarda tarixiy voqealar, ijtimoiy-siyosiy
masalalar, sinfiy m unosabatlar ham qisman o ‘z ifodasini topgan.
M asalan, bit haqidagi «Abdullaxon— beustixon», «O sm oni resmon,
M ulla A b d u rah m o n —beustixon» topishm oqlarining birinchisida
Buxoro xoni A bdullaxon (XVI asr), ikkinchisida qo‘qon xonligida
xalqqa zulm o 'tkazgan A bdurahm on oftobachi (XIX asr) ko‘zda
tutilayotganligini payqash qiyin emas.74 Ayrim topishm oqlarda sotsial-
sinfiy m unosabatlar yanada yorqinroq aks etgan. «H am m aga to ‘n
tikadi, o ‘zi yalang‘och» (igna) topishm og‘i xuddi shunday chuqur
ijtimoiy mazmunli jum boqlardandir.
Topishmoq kontekstidan boshqalar, ya'ni boy va amaldorlar uchun
ertayu kech m ehn at qilib, o ‘zi ya!ang‘o ch qolgan k am b ag ‘al
hunarm and nazarda tutilayotganligi sezilib turibdi.
Topishmoqlar ham m a davrlarda yaratilgan. Ijtimoiy hayotga yangi
narsa va hodisalaming kirib kelishi bilan ular haqida topishm oqlar
ham yaratila borgan. Natijada, hayotimizga kirib kelgan samolyot,
poezd, avtomashina, tramvay, traktor, patefon, radio, televizor,
y ery o ‘ldoshi, telefon, lampochka haqida qator topishmoqlar yaratildi:
Kechasi oftobdek,
Kunduzi koptokdek.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |